“PEDAGOGS”   international research journal ISSN




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana30.11.2023
Hajmi0,57 Mb.
#108123
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
75-81 (2)

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-35, Issue-1, June-2023
 
78 
Bugungi kunda ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan ma'ruza va 
amaliy mashg‘ulotlarning matn ko‘rinishiga keltirilganligi, ya'ni talabaning o‘quv-
bilish faoliyati ketma-ketligi aniqlangan o‘quv faoliyati - bilimlarni egallash 
algoritmi(BEA)ni tashkil etadi. Talabaga BEA ni bajarish yoki o‘zgartirish maqsadida 
ta'sir ko‘rsatish uchun o‘quv-bilish faoliyatini boshqarishdir. Demak, talaba faoliyatini 
kuzatish, tuzatish tizimining o‘ziga xos boshqarish algoritmi(BA) bo‘lishi lozim.Agar 
BA ni ko‘rsatmalar tizimi sifatida yozib olish mumkin bo‘lsa, uni BEA bilin birgalikda 
talabaning o‘zi bajarishi mumkin, bunda talaba nafaqat bajaruvchilik, balki nazorat 
harakatlarini ham o‘rganadi. 
Ko‘p yillar o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, an'anaviy dars 
o‘tish ta'limning samarali modellaridan biri bo‘lib qolmoqda. An'anaviy dars – 
muayyan muddatga mo‘ljallangan. Ta'lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga 
qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan 
iborat ta'lim modelidir. 
O‘quv materiali yangi va ancha murakkab bo‘lganda, an'anaviy dars – ko‘p 
hollarda ta'lim jarayonining birdan – bir metodi bo‘lib qolmoqda. Ma'lumki, an'anaviy 
darsda ta'lim jarayonining markazida o‘qituvchi turadi. Shu bois, ba'zida an'anaviy 
darsni markazida o‘qituvchi turgan o‘qitish usuli deb ham atashadi. 
Markazda o‘qituvchi bo‘lgan o‘quv jarayonining, darsning maqsadi va uning 
ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi: 
- o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirib borish; 
- o‘qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish;[4] 
- o‘quvchi tashabbusi va majburiyatini qo‘llab – quvvatlash; 
- amaliyot orqali o‘rganish; 
- ikki tomonlama fikr – mulohazalar bilan ta'minlash; 
- o‘qish jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish; 
- o‘qituvchi – o‘quvchilar uchun o‘quv jarayonini yengillashtiruvchi shaxs; 
- o‘quv jarayonini baholash. 
An'anaviy dars o‘tish modelida ko‘proq ma'ruza, savol – javob, amaliy mashq 
kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an'anaviy dars samaradorligi 
ancha past bo‘lib, o‘quvchilar ta'lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib 
qoladilar. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, an'anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, 
unga turli tuman o‘quvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish 
o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini ko‘tarilishiga olib kelar ekan. 
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o‘qituvchi tomonidan 
o‘quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta'lim jarayonida faolligi muttasil 
rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik – kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning 
mazmunini ochishda bahs, munozara, kichik guruhlarda ishlash, interfaol metodlarni 
qo‘llash, turli qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o‘quvchilarni amaliy mashqlarni 



Download 0,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“PEDAGOGS”   international research journal ISSN

Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish