“PEDAGOGS”   international research journal ISSN




Download 30,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/275
Sana13.05.2024
Hajmi30,71 Mb.
#228485
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   275
Bog'liq
20-5-PB

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 
Volume-8, Issue-4, April - 2022
 
112 
tilda, nomlarda, jumladan, atoqli otlarda ham oʼz ifodasini topgan. Oʼzbek tili 
zoogidronimlari ham tabiatdagi ana shunday bogʼliqdik mahsulidir. Uy, zoologik 
bogʼ, sirk, qoʼriqxonalardagi hayvon va parrandalarga qoʼyilgan maxsus laqab 
nomlar zoonimlar hisoblanadi. Hayvon, parranda va jonivorlar nomi asosida 
yaratilgan gidronimlar. Obyektga hayvon, parranda va jonivorlar nomini berish shu 
hayvon yoki parrandaning obyektda mavjudligi, nisbatan koʼpligi va baʼzan ularning 
tasodifiy oʼlimi bilan bogʼliq boʼladi. Bu tipdagi joy nomlari koʼpincha geografik 
terminlar olmagan holda baʼzan olgan holda qoʼllaniladi: 
1. 
Yovvoyi hayvonlar nomi bilan bogʼliq boʼlgan gidronimlar: 
Choʼchqabuloq (Sherobod tum.), Quli Gurkxona (koʼl) (Sherobod tum. Vandob q.), 
Boʼrilisoy (Sherobod tum. Maydon q.), Jayronxona (Termiz tum.), Kiyikmozor 
buloq (Oltinsoy tum.), Kiyikqoʼton (soy), Bursuq (Sherobod tum.), Ilonsoy (Denov 
tum. Choʼntosh q.). 
2. 
Uy hayvonlari nomi bilan bogʼliq boʼlgan gidronimlar: Tuyaqir 
(Oltinsoy tum.), Tuyakoʼl (Sherobod tum. Xomkon q.), Qoʼchqorbuloq (Boysun 
tum. Sayrob q.), Aygʼirkoʼl (Sherobod tum.). 
3. 
Qush va parrandalar bilan bogʼliq gidronimlar: Chumchuqli (soy), 
Bulbulli (soy) (Sherobod tum. Kampirtepa q.), Gʼurraksoy (Sherobod tum. Gʼurjak 
q.), Qargʼalisoy (Sherobod tum. Gʼurjak q), Joʼja buloq. 
Qargʼalisoy – Surxondaryo viloyati Sherobod tum. Gʼurjak qishlogʼidagi soy 
nomi. Atrofida patlari tim qora koʼchmanchi qush – qargʼa (qora qargʼa) koʼp 
boʼlganligiga nisbat berib, soy shunday atalgan.
Gʼurraksoy – Sherobod tum. Gʼurjak qishlogʼidagi soy nomi. Gʼurrak 
(qashqaldoq). Kaptarsimonlar oilasiga mansub, musichaga oʼxshash qush; oddiy 
gʼurrak yoki qumri. Shu turdagi qushlari koʼp soy. 
4. 
Turli jonivorlar nomi bilan bogʼliq gidronimlar: Koʼlimohi (Boysun 
tum. Darband q.), Shuluk//Zuluk (buloq) (Sherobod tum. Xomkon q.). 
Tahlildan koʼrinadiki, zoogidronimlarning lisoniy tadqiqi ular mansub 
boʼlgan hudud tabiatini, hayvonot dunyosini oʼrganishda muhim ahamiyatga yega. 



Download 30,71 Mb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   275




Download 30,71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“PEDAGOGS”   international research journal ISSN

Download 30,71 Mb.
Pdf ko'rish