“PEDAGOGS”   international research journal ISSN




Download 30,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/275
Sana13.05.2024
Hajmi30,71 Mb.
#228485
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   275
Bog'liq
20-5-PB

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 
Volume-8, Issue-4, April - 2022
 
109 
yaratiladi. Bunday paytda bir obyektni boshqa obyektdan farqlash uchun 
predmetning aniq soni, miqdori boʼlmasa-da, koʼpincha oʼzbekcha bir, uch, besh, 
yetti, toʼqqiz, qirq, yuz, ming; tojikcha yak, du, se, chor, panj, haft, chil, hazor kabi 
miqdor va son bildiruvchi soʼzlar ishtirokida gidronimlar yaratiladi. Son va miqdor 
bildiruvchi nomlariga misol tariqasida quyidagilarni koʼrsatamiz: Beshbuloq 
(Sherobod tum. Xomkon q.), Chilmurob, Shashju//Shaju//Shaijoʼy (ariq) (Sherobod 
tum. Sherjon q.), Yettikoʼl (Sherobod tum. Xatak q). 
II. 
Obyektning hajmi asosida yaratilgan gidronimlar. Hajm asosida 
yaratilgan joy nomlarida, asosan bir obyektning belgisi, ikkinchi obyektning belgisi 
bilan qiyoslanadi, chogʼishtiriladi. Bunday paytda joy nomlari tarkibida uzun, qisqa, 
keng, tor, ingichka, kichik, mayda, daroz, buzurg, kalon, kalta kabi oʼzbekcha-
tojikcha soʼzlar boʼladi: Uzunsoy (Sherobod tum. Qizilolma q.), Kattasoy (Sherobod 
tum. Oqtosh q.), Qoʼldaroz (soy), Ichaksoy (Sher. tum. Pashxurt q.). 
III. 
Obyektning tashqi koʼrinishi va joylashish oʼrniga nisbat yetib 
yaratilgan gidronimlar. Xalqlar koʼchmanchilikdan oʼtroqlashishga oʼtishda dastlab 
daryo boʼylarida, togʼ etaklarida joylasha boshlaydilar. Natijada dastlabki atamalar 
koʼpincha koʼl, daryo, jilgʼa, soy kabi geografik terminlar bilan bogʼliq holda 
qoʼllangan. 
Vaqtlar oʼtishi bilan aholi soni oshib, chorva mollari koʼpayib boradi va yangi-
yangi qishloqlar, yaylovlar vujudga keladi. Eskisiga nisbat yetib yangi paydo 
boʼlgan geografik atamalarning tarkibida ularning joylashuv oʼrnini koʼrsatuvchi 
baland, past, quyi, yuqori, oʼrta, yon, chuqur, bosh, xilvat, sar, miyona, bolo, doʼng, 
chet, ora, miyon kabi oʼzbekcha-tojikcha soʼzlar va tomon bildiruvchi shimol, sharq, 
janub, gʼarb kabi soʼzlar qoʼllanadi: Darasoy, Orabuloq (Sherobod tum. Pashxurt 
q.), Yonabuloq (Sariosiyo tum.), Xilvatsoy, Narigisoy (Boysun tum. Machay q.). 
Suv obyektlarining joylashuv oʼrniga koʼra nomlanishi koʼproq ariq, buloq, 
soy, quduq nomlari doirasida kuzatiladi. 
IV. 
Suv obyektidagi yer qatlamining ustki tuzilishi, belgisi asosida 
yaratilgan gidronimlar. Obyektning tuproq tuzilishi, yongandagi oʼt-oʼlanlarning 



Download 30,71 Mb.
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   275




Download 30,71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“PEDAGOGS”   international research journal ISSN

Download 30,71 Mb.
Pdf ko'rish