“PEDAGOGS”   international research journal ISSN




Download 30,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/275
Sana13.05.2024
Hajmi30,71 Mb.
#228485
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   275
Bog'liq
20-5-PB

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 
Volume-8, Issue-4, April - 2022
 
132 
o‘z ichiga qamrab oladi. Bolalar tomonidan topilishi lozim bo’lgan buyum boshqa 
buyumni tasvirlash orqali beriladi. Shuning uchun bola topishmoqni topishda 
buyumning asosiy belgilari, uning xususiyatlarini juda yaxshi bilishi, uni boshqa 
buyumlar bilan taqqoslashni, undagi umumiylikni ko‘ra bilishi kerak. Shuning 
uchun topishmoqlarni topish mashg‘uloti bolalarni buyumlarning xususiyatlari, sifat 
va belgilari bilan tanishtirilgach, rejalashtiriladi. 
Topishmoqlar topishda bolalarda isbotlovchi mulohaza yuritishda ehtiyoj hosil 
qilish uchun ular oldiga topishmoqni faqatgina topish emas, uning to’g’ri 
topilganligini isbotlash maqsadini ham qo’yish zarur. Bolalarda isbotlash 
jarayoniga, mulohazalar yuritishiga, dalillar va sabablarini tanlashga qiziqish hosil 
qilish uchun musobaqa xususiyatiga ega o’yin mashqlari va ko’rgazmali qurollardan 
foydalaniladi, ular bolalarning predmetlar va hodisalarni batamom yaxlit holda idrok 
qilishlariga yordam beradi. 
Agar bolalar biror buyum to‘grisidagi topishmoqni topishda qiynalishsa
buyumni ko‘rib chiqish tashkil etiladi. Yana topishmoqlarni topish mashg‘uloti 
murakkablasha boradi, ya’ni bolalarga ma’lum bo’lgan buyumni ko‘rsatmay turib, 
u haqdagi topishmoqlarni topish taklif etiladi. Ammo hamma mashg'ulot jarayonida 
topishmoqning javobini asoslab berish shart. Topishmoq aytishga bolalarning 
o'zlarini ham jalb etish kerak. Ular o‘zlariga ma'lum bo‘lgan topishmoqlarni 
ko‘rgazmali qurolsiz aytadilar. 
Bolalarni topishmoq o‘ylashga o‘rgatish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar 
dastlabki vaqtlarda buyumlarni tasvirlash mashg‘ulotlari bilan chambarchas bog’liq 
bo’ladi. Tarbiyachi bolalardan birontasiga biron buyumning nomini aytmasdan, uni 
tasvirlashni, boshqalarga esa, bu nima ekanligini tasvirlashiga qarab, topishlarini 
taklif etadi. Bunday mashg'ulot dastlab ko'rgazmali tashkil etilib, keyinchalik 
buyumni ko‘rgazmasiz tasvirlash kiritiladi. Bunday mashg‘ulotning eng 
muvaffaqiyatli shakli o‘yin tarzida o’tkaziladigan mashg‘ulotdir.
Topishmoqlarni topish va o‘ylash bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar oyda bir 
marta, qolgan vaqtda esa mashg'ulotlarning bir qismi sifatida rejalashtiriladi hamda 



Download 30,71 Mb.
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   275




Download 30,71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“PEDAGOGS”   international research journal ISSN

Download 30,71 Mb.
Pdf ko'rish