Volume-8, Issue-4, April - 2022




Download 30,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/275
Sana13.05.2024
Hajmi30,71 Mb.
#228485
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   275
Bog'liq
20-5-PB

 
Volume-8, Issue-4, April - 2022
 
131 
Topishmoq – narsa yoki hodisalarning ataylab yashiringan belgisi, shakli, xatti-
harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash asosida 
topishga asoslangan she’riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlar. 
Topishmoqlar o’zbeklar o’rtasida topishmoq, jumboq, ushuk, top-top kabi atamalar 
bilan yuritiladi. Topishmoqlar xalq turmushi bilan chambarchas bog’liq holda 
yaratiladi. Ularning zaminida kishilarning qadimiy e’tiqod va tasavvurlari, ularning 
olamni bilish va idrok etishga bo’lgan intilishlari yotadi.
Topishmoqda yechilishi mumkin bo’lgan so’roq ma’joziy ma’noda ifodalanib, 
uning ma’nosi yashirin bo’ladi. Odamlar, ayniqsa bolalar, topishmoqda yashiringan 
narsani topishga, jumboqni bilishga qiziqadilar. Topishmoqlarda narsa yoki 
hodisaga o’xshatish, o’zaro qiyoslash, taqqoslash orqali gavdalantiriladi. 
Topishmoqlar ba’zan nasriy, ko’pincha, she’riy shaklda bo’ladi. 
Topishmoqlar bolalarning so’z boyligini oshirish hayot va uning hodisalari 
haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini, idroki va mulohaza qobiliyatlarini 
kengaytirishda tarbiya vositasi hisoblanadi. Topishmoqlar mavzusi tabiat va 
kundalik hayotda, ro’zg’orda, uchrab turadigan aniq hodisa yoki narsa yohud boshqa 
tushuncha haqida bo’ladi. Masalan: Dum-dumaloq jajji oy, chaqib yesang g’ij-g’ij 
moy (Yong’oq). Qo’li yo’q, oyog’i yo’q uy poylar. (Qulf) 
MTTda topishmoqlarni topish va uni o'ylashga o'rgatish mashg'uloti alohida 
o‘rin tutadi. Topishmoq bolani o‘ylashga, o‘z fikrini to‘liq, aniq bayon qilishga 
o‘rgatadi, uning tasavvurini, tafakkurini, barqaror diqqatini rivojlantiradi. 
Topishmoq bolalarga yangi bilim beribgina qolmay, balki ular olgan bilimlarni 
to‘g‘ri idrok qilishga, uni o'z o‘rnida qo‘llashga o'rgatadi. Topishmoqlarni topish 
jarayonida bolalar bir qancha aqliy operatsiyalarni bajarishga, ya'ni tahlil qilishga, 
umumlashtirishga o'rganadilar. Topishmoqlarni topishda uning maqsadi nima 
ekanligini o’ylab topish, har bir belgisini mulohaza qilib ko’rish kerak bo’ladi. Bu 
faoliyat turi bolalar nutqini o‘stirishga katta ta'sir qilib, so‘zlarni aniq aytishga, 
jumlalarni to‘g‘ri tuzishga, barcha lug‘at ishi vazifalarini amalga oshirishga yordam 
beradi. Har bir topishmoq buyumning obrazli tasvirini va uning xarakterli belgilarini 



Download 30,71 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   275




Download 30,71 Mb.
Pdf ko'rish