|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN Pdf ko'rish
|
bet | 128/194 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 5,34 Mb. | | #121843 |
Bog'liq 98-71-PB“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
131
soliq qarzi yuzaga kelishining iloji boricha oldini olish va ular yuzaga kelgandan keyin
samarali undirish orqali amalga oshiriladi. Aytish joizki, O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida bu masalaga alohida e'tibor qaratilgan bo'lib, uning 51-moddasida
"Fuqarolar qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar va mahalliy yig'imlarni to'lashga
majburdirlar". deb belgilangan. Shu bois soliq to'lovchilarning soliq qarzlarini
qisqartirish va yangi qarzlar paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik, ularni tahlil qilish. Bir
qator xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan mamlakatimiz moliya va soliq tizimini
takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari, jumladan, soliq undirishning ayrim
masalalari o'rganildi. Bu borada tadqiqot olib borgan xorijlik olim Margherita Ebraiko
mamlakatda soliq va yig'imlarni undirishni rivojlantirish va rag'batlantirish bilan birga
soliq qarzi bo'lgan soliq to'lovchilarga nisbatan qattiq choralar ko'rish zarurligini
ta'kidlagan. Bu undirish bo'yicha soliq qarzlarini kamaytirish va ularning yuzaga
kelishining oldini olishga ijobiy ta'sir ko'rsatishi ta'kidlangan. Martin Tompsenning
so'zlariga ko'ra, so'nggi yillarda yirik kompaniyalarning soliq to'lashdan bo'yin tovlash
holatlari ko'payib bormoqda. Bu mamlakatda soliq yukining yuqoriligi bilan
izohlanadi. Korxonalarning soliq to'lovlari bo'yicha qarzdorliklarining mavjudligi ham
bevosita soliq yukining yuqoriligi bilan bog'liq hisoblanadi. Masalan, AQShda soliq
yuki 29,8 foiz, Buyuk Britaniyada 34,6 foiz, Germaniyada 37 foizni tashkil etadi.Yillar
davomida soliq yukining kamayishi kelajakda soliq to'lashdan bo'yin tovlash va soliq
qarzlarini kamaytirish imkonini beradi. O'zbek iqtisodchilaridan I.Niyozmetov, "QQS
va mol-mulk solig'i yuki asosan sanoat korxonalari zimmasiga yuklanganligi, bu soliq
yukining notekis taqsimlanishiga, sanoat korxonalariga nisbatan og'ir soliq yuki
tushishiga olib kelishini ta'kidl adi. Bu xo'jalik yurituvchi subyektlarning soliqlarni
to'lashini osonlashtiradi. Bu soliq yukining shunchalik og'irligidan, soliq
to'lovchilarning moliyaviy faoliyatiga umumiy belgilangan tartibda salbiy ta'sir
ko'rsatayotganidan dalolat beradi.[4]
Xulosa:
Shu bilan birga, A.G'iyosov o'z ilmiy tadqiqotlarida davlat soliq xizmati organlari
tomonidan asosiy hisobraqamga qo'yilgan inkasso topshiriqnomasi bir oy muddatda
to'liq bajarilmagan taqdirda, xo'jalik yurituvchi subyektning barcha hisobraqamlariga
qaratilishini belgilab qo'yish tartibini joriy etish orqali soliq to'lashdan qochishni oldi
olishini hamda soliq qarzdorligi ma'murchiligini takomillashtirish uchun birinchi
navbatda soliq madaniyati darajasini oshirishga yo'naltirilgan soliqqa oid qonun
hujjatlarining normalarini takomillashtirish zarurligini ta'kidlagan.
|
| |