“PEDAGOGS”   international research journal ISSN




Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/194
Sana17.12.2023
Hajmi5,34 Mb.
#121843
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   194
Bog'liq
98-71-PB

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 
Volume-26, Issue-2, January - 2023
 
133 
uzviy tizim asosida olib boriladi. Pedagogik texnologiyaning asosiy tushunchasi
soʻzsiz, oʻquv jarayoniga tizim sifatida yondashishdir. Noan’anaviy ta’lim berish usuli 
ta’limiy maqsadni amalga oshirish boʻyicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi bilan 
hamkorlik faoliyatining asosi hisoblanadi. Usullar: ta’lim oluvchi bilishi, udallashi va 
qadrlashi lozim boʻlgan koʻzlanayotgan natijalarga erishishni ta’minlaydi. Bunda 
ta’limtarbiyada ishtirok etuvchi barcha narsa va hodisalar oʻzaro funksional bog’liqda 
boʻlib, bir butunlikni, ya’ni pedagogik jarayon majmuini tashkil qiladi.
Biologiya fanini o’qitishda ta’lim samaradorligini oshirish yo’llarini tahlil etib 
o’rganar ekanmiz. Biologiya mutaffakirlarimiz ta’lim jarayonini samarali yo’llarini 
tashkil etishni quyidagicha izohlashgan: Ibn Sino bolani maktabda oʻqitish va 
tarbiyalash masalasiga katta ahamiyat berib, «Tadbir ul manozil» asarining maxsus 
boʻlimini ana shu masalaga bag’ishlagan. Kitobning «Bolani maktabda oʻqitish va 
tarbiyalash» boʻlimida bolani maktabga jalb qilish haqida toʻxtalgan. Uning 
ta’kidlashica, maktabga barcha kishilarning bolalari jalb etilishi va hamma bolalar 
birga oʻqitilishi va tarbiyalanishi lozim. U bolani uy sharoitida yakka oʻqitishga qarshi 
boʻlgan, bolani maktabda jamoa bilan oʻqitishning foydasini quyidagicha ifodalagan:
1. Agar bolalar birga oʻqisa, zerikmaydi, ularda fanni egallashga qiziqish yuzaga 
keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat qilishadi, musobaqalashish istagi 
rivojlanadi. Bularning hammasi oʻqishning yaxshilanishiga yordam beradi.
2. Oʻzaro suhbatda bolalar bir-birlariga kitobdan oʻqib olganlarini, kattalardan 
eshitganlarini hikoya qiladilar.
3. Bolalar birga toʻplanganlarida bir-birlarini hurmat qila boshlaydilar
doʻstlashadilar, oʻquv materiallarini oʻzlashtirishda bir-birlariga yordamlashadilar, bir-
birlaridan yaxshi odatlarni oʻrganadilar. Ibn Sino oʻz asarlarida oʻquvchiga ta’lim-
tarbiya berishda quyidagi tamoyillarga amal qilish kerakligini ta’kidlaydi: birdaniga 
darslik bilan band qilib qoʻymaslik; yengildan og’irga oʻtish; jamoa boʻlib oʻqitishga 
e’tibor berish; bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi, qobiliyatini hisobga olish va 
hokazolar haqida oʻz fikrini yozib qoldirgan. Burxoniddin az-Zarnujiy «Ta’lim 
oluvchiga ta’lim berish va ta’lim berish yoʻllari» risolasida ilm va kasb-hunar 
oʻrganishning asosiy shartlari sifatida oʻquvchida jiddiy istak, kayfiyat boʻlishi 
lozimligini, shundan keyin yaxshi muallim hamda yetarlicha vaqt zarurligini yozgan. 
Yapon olimi T. Sakamoto tomonidan “oʻqitish texnologiyasi - bu oʻqitishning 
maqbulligini ta’minlovchi yoʻl-yoʻriqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi” ekanligi 
e’tirof etiladi. Rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani “belgilangan oʻquv maqsadiga 
erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat“ deb tushuntiradi pedagogik 
texnologiyani fan sifatida e’tirof etish. K.K Selevko tomonidan ham ma’qullandi: 
“Pedagogik texnologiya oʻqitishning birmuncha oqilona yoʻllarini taqdim qiluvchi fan 
sifatida ham ta’limda qoʻllaniladigan usullar, printsiplar va regulyativlar sifatida ham



Download 5,34 Mb.
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   194




Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“PEDAGOGS”   international research journal ISSN

Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish