|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSNBog'liq 98-71-PB“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
18
3. Shaxsiy xavfsizlik uchun mas'uliyat tuyg'usini, o'z salomatligi va hayotiga
qadrli munosabatni oshirish.
4. Potentsial xavflarni oldindan ko'ra bilish va ular yuzaga kelgan taqdirda to'g'ri
harakat qilish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish ko'nikmalarini egallash.
5. Maktabgacha yoshdagi bolaning hissiy va muvaffaqiyatli rivojlanishiga hissa
qo'shish.
Bolalarni sog’lom va barkamol shaxs qilib tarbiyalshga ularning ota-nalari va
MTT ning faol ishtirokisiz erishib bo’lmaydi, ota-onalarning MTT ning oila bilan
hamkorligi borasidagi qarashlari turlicha bo’lganligi bois MTT sharoitllaridan ota-
onalarning qoniqish jihatlari o’zgarib bormoqda . Bazi oilalarda ota-onalarning o’z
farzandlarini tarbiyalash va shaxsiy rivojlanish masalalarini hal qilishdan voz kechish
tendensiyasi kuchaygan. Bazi ota-onalar esa faqat bolaning ovqatlanishi bilan
qiziqishadi, ular MTT ni faqat bolalarni boqadigan joy deb hisoblashadi.
Tarbiyachining maslaxatlarini e’tiborsiz qoldiradigan ota-onalar toifasi ham uchraydi.
Bazi ota-onalar, ularning vazifasi faqat bolaning kiyinishini ta’minlash deb qarashadi.
Ota-onalarning pedagogik faoliyat sohasiga jalb etilishi, ularning ta’limiy
faoliyat jarayoniga qiziqishi o’z farzandi uchun juda muhimdir.
MTT lar uchun o’zaro hamkorlik qilish jarayonining inkor qilib bo’lmaydigan
afzallliklari ko’p. Maktabgacha ta’lim tashkilotining oila va mahalliy jamotchilik bilan
hamkorlik aloqalarini o’rnatish zaruriyati hozirgi paytda dolzarb bo’lib qolmoqda.
Demak, oila bilan hamkorlik shaxsni ilk tarbiyalash tizimi sifatida bolaning
dunyoqarashi, ma’naviy olmining rivojlanishida muhim o’rin tutadi.Ota-onalar bilan
hamkorlik borasida avval erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini tahlil qilib,
xilma - xil va o’zaro bog’liq bo’lgan shakl va usullar yordamida rejali va izchil ishlar
olib borish maqsadga muvofiq bo’ladi..
Yuqorida bayon qilingan dolzarb muammolar haqiqatdan ham, Davlat
talablarining bosh tamoyili bo’lgan “ bolaning noyobligi” , “bolaning huquqiarini
himoya qilish va ta’minlashning muhimligi”, “bola ta’limi va rivojlanishida
kattalarning asosiy roli”ni anglagan holda, MTT, oila, tarbiyachi-pedagoglar hamda
ota-onalarning bevosita, doimiy va samarali hamkorligini talab etadi. Darhaqiqat,
shaxs shakllanishida oilaning roli katta. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan
baquvvat farzandlar namunali oilalarda kamol topadilar. Shuning uchun ham
oilada sog'lom muhitni vujudga keltirish va uni mustahkamlash umumdavlat
ahamiyatga molik masaladir.
XULOSA
Zamonaviy hayot hayot xavfsizligini ta'minlash zarurligini isbotladi,
maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarini, ota-onalarni va bolalarni ijtimoiy,
texnogen, tabiiy va ekologik muammolarning og'ir sharoitida xavfsiz turmush tarziga
o'rgatishni talab qildi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida hayot xavfsizligi
|
| |