|
Muratova Munavvar O’rol qiziBog'liq 98-71-PB
Muratova Munavvar O’rol qizi
Nizomiy nomidagi TDPU o’qituvchisi
munavvarmuratova1@gmail.com
ANNOTATSIYА: Maqolada Maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha
katta yoshdagi bolalarda hayot xafsizligi madaniyatini shakillantirishda ta’lim
muhitini pedagogik loyihalashtirishning amaliyotdagi holati bayon etilgan.
KALIT SO‘ZLAR:Pedagog, hayot xavfsizligi, muhit, hamkorlik, faslitator,
ta’lim-tarbiya, tashabbuskorlik, rivojlantirish, hamkorlikdagi yondoshuv.
ANNOTATION: The article describes the practical situation of the pedagogical
design of the educational environment in the formation of the culture of life safety in
preschool children in the preschool education organization
АННОТАЦИЯ:
В статье описывается практическая ситуация
педагогического проектирования образовательной среды при формировании
культуры безопасности жизнедеятельности у дошкольников в дошкольной
образовательной щрганизации.
KIRISH
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali
pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini
tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va
texnologiyalarni tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va
jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida mamlakatimizda tub
islohotlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va
sog’ligini muhofaza qilish ularni yetuk va barkamol shaxs sifatida tarbiyalash hozrgi
kun zamon talabi hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim tizmini takomillashtirish, uni jahon ta’lim standartlari
talablari darajasiga olib chiqish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri bо‘lib
kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, bolalari kamolga erishgan
davlatlar taraqqiyotida bu omil о‘ziga xos о‘rin tutadi.
Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga
qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror
topadi. Zamonaviy ta’lim konsepsiyalari asosida ta’lim- tarbiya jarayonini
yuksaltirish, milliy g‘oyani ro‘yobga chiqaradigan barkamol avlodni voyaga
yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.
|
| |