Pikolin kislota va uning xossalari Mundarija Kirish I bob. Pikolin kislotasi




Download 252 Kb.
bet2/6
Sana27.04.2023
Hajmi252 Kb.
#54229
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pikolin kislota va uning xossalari Mundarija Kirish I bob Pikol
maqolaaaaa, Fan mavzu test4tadan-ШАБЛОН-1 , B Grammatik, 7-Ma'ruza, Mavzu arbolit betonning fizik mexanik xossalari betonning fizik-fayllar.org, Safarova Zebiniso Muhriddin qizi, Mavzu ms-excel 2010 dasturining stastik tahlillar qilish va yec, 1-Seminar, web dizayn -- , Papka yuziga, Ko\'rish o\'tkirligini aniqlash va ovqat rejimi, атхам, Нефт Yangi qo`llanma, 4-laboratoriya mashg\'uloti. Oksalat kislotaning kaliy permanganat bilan oksidlanish issiqligini aniqlash, 1-ma\'ruza
I Bob. Pikolin kislotasi.

    1. Kislota va asoslar

Kislota va asoslar - kimyoviy birikmalarning katta guruhlari. Odatda, tarkibida vodorod bo`lgan ( HNO3, H2SO4, CH3COOOH va h. k.) va suvda erigan (aralashgan)da dissotsiatsiyalanib, ionlar N+ (protonlar), yoki aniqrog`i, gidroksoniy ionlari hosil qiladigan moddalar kislotalar deyiladi. Ajralib chiquvchi protonlar soniga qarab bir asosli (mas, nitrat, xlorid, sirka kislotalar — HNO3 HC1
, CH3COOOH), ikki asosli (sulfat, karbonat kislotalar — H2SO4, H2CO3), uch asosli (ortofosfat kislota — H3PO4) kislotalar mavjud. Kislotaning suvdagi eritmasida gidroksoniy ionlari qancha ko`p bo`lsa, yaʼni kislota qancha ko`p dissotsiatsiyalansa, u shuncha kuchli bo`ladi. Ionlanish konstantasi 105 dan kam kislotalar kuchsiz kislota hisoblanadi. Kislotalarning suvdagi eritmalari elektr tokini o`tkazadi, indikatorlar rangini o`zgartiradi (mas, kislota ta`sirida ko`k lakmus qizaradi). Organik kislotalar haqida karbon kislotalar ga qarang .
arkibida gidroksil guruhi OH~ [KON, NaOH va boshqa] bo`lgan hamda suvdagi eritmasida gidroksil ionlar OH~ hosil qiladigan moddalar asoslar deyiladi. Ko`pgina asoslar suvda erimaydi. Suvda eriydigan asoslar ishqorlar deb ataladi. Ishqorlar ham indikatorlar rangini o`zgartiradi. Tarkibidagi gidroksil guruhi soniga qarab bir, ikki, uch kislotali asoslar bo`ladi. Suvda to`la dissotsiatsiyalanmaydigan asoslar kuchsiz asoslar (mas, ammoniy gidroksid NH4OH), kaliy gidroksid KOH, natriy gidroksid NaOH, bariy gidroksid kuchli asoslardir.
Kislota va asoslar ta`rifiga doyir turli fikrlar mavjud. Shved olimi S.Arreniusning elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasiga ko`ra (1887), suvda dissotsiatsiyalanganda vodorod N+ ionlari va anionlar hosil qiladigan birikmalar kislotalar deb, dissotsiatsiyalanganda gidroksil ionlari OH va kationlar ajratib chikaradigan birikmalar asoslar deb ataladi. K. va a. tushunchasini elektrolitik dissotsiatsiya nazariyayen asosida tushunish amaliy ishlar uchun kifoya qiladi. Lekin K. va a. xosslariga ega bo`lgan ko`pgina birikmalar tarkibida vodorod ham, OH" guruhi ham yo`qligi ancha ilgari aniqlangan. Bundan tashqari, bir moddaning o`zi baʼzi reaksiyalarda kislota, boshka reaksiyalarda esa asos sifatida namoyon bo`ladi. Modsalarning kislota yoki asosga mansubligini belgilaydigan mezon hozircha topilgani yo`q. Daniyalik fizik kimyogar I.N. Bryonsted va T. Lourining proton va amerikalik fizik kimyogar G.N. Lyuisning elektron konsepsiyasi keng tarqalgan (1923). Bryonsted tarkibida vodorod bo`lib, reaksiyada proton beradigan moddalarni kislotalar sinfiga, o`ziga elektron qabul qiladigan moddalarni esa asoslar sinfiga kiritadi. Kislotadan asosga proton o`tadigan reaksiya kislota-asosli yoki protolitik reaksiya deyiladi.
Bryonstedning konsepsiyasi bir oz cheklangan. Chunki tarkibida vodorod bo`lmasada, kislota xossalariga ega bo`lgan moddalar ham mavjud. Bo`larga elektroni kam birikmalar, mas, alyuminiy, bor, qalay galogenidlari, ba`zi metallarning oksidlari va boshqa kiradi. Lyuisning fikricha, kimyoviy reaksiya jarayonida o`ziga bir juft elektron biriktirib oladigan moddalar kislota, ikkita elektron beradigan moddalar esa asoslar deyiladi. Natijada kislota molekulasi asos hisobiga elektron bilan to`ladi va barqaror elektron qavatli (qisman oktet) va donor-akseptor bogli yangi birikma (to`z) hosil bo`ladi: Lyuisning fikricha, kislota-asos reaksiyalarning xususiyatlari asos elektron juftining umumiy bo`lib qolishi bilan bog`likdir. Bu reaksiyalar shunisi bilan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalaridan farq qiladi. Chunki oksidlanishqaytarilish reaksiyalarida oksidlovchining molekulalari qaytariluvchi modda molekulasidagi bir yoki bir necha elektronni butunlay tortib oladi. Bryonsteddan farqli ravishda Lyuis kislotaasos xossalarini muayyan kimyoviy element (vodorod) bilan emas, balki atomlar tashqi elektron qobig`ining to`zilishi bilan bog`laydi. Bryonsted va Lyuis nazariyalaridan amaliyotda keng foydalaniladi. Elektron va proton nazariyalarini M.I.Usanovich taklif qilgan nazariya (1939—53) birlashtiradi. Bu nazariyaga asosan kationlarini bera oladigan yoki anionlarni birlashtira oladigan moddalar kislotalar, anionlar ajratadigan yoki kationlarni birlashtira oladigan moddalar asoslar deb ataladi, Ko`pgina kislotalar (sulfat, nitrat, xlorid, ortofosfat) va ishqorlar (o`yuvchi kaliy, o`yuvchi natriy va boshqalar) kimyo sanoatining asosiy xom ashyolaridandir. Tirik organizmdagi bir qancha biokimyoviy jarayonlarda kislota va asoslar ishtirok etadi. Tirik tabiatdagi universal, muhim birikma — nuklein kislotalar va oqsillar polimer K. va a.dir. Ayrim kislota va asoslar organizmga shifobaxsh ta`sir ko`rsatadi. Mas, xlorid kislotaning suyultirilgan eritmalari tibbiyotda me`da shirasini ko`paytirish uchun, borat kislota eritmasi dezinfeksiya maqsadlarida ishlatiladi. Ammo yuqori konsentratsiyadagi Kislota va asoslar organizmga kirganda ichki organlarning qattiq kuyishiga, qonning bo`zilishiga, yurak faoliyatining susayishiga va ba`zan o`limga sabab bo`lishi mumkin.



    1. Download 252 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 252 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pikolin kislota va uning xossalari Mundarija Kirish I bob. Pikolin kislotasi

Download 252 Kb.