64
Yildan yilga aholini o‘sishi hisobiga sug‘oriladigan
yerlarning kishi boshiga
to‘g‘ri keladigan miqdori kamaymoqda. Qurilish, sanoat,
yashash joyi uchun va
boshqa turli maqsadlarga yer ajratilmoqda. Albatta ajratiladigan yer uchun xo‘jalik va
boshqa yer egasi haq olishi kerak. Buni aniqlash uchun ham V.N.Li tomonidan
mukammal bo‘lmasada quyidagi formula tavsiya etiladi.
Yerga to‘lanadigan kompensatsiyalovchi narxi (N
k
) quyidagicha tasvirlanadi.
N
k
=N
YER
+N
YERU
+N
YeRO
+N
DB
+N
KAP
N
YER
- yer narxi;
N
YERU
- yer ustki qurilmalari narxi;
N
YERO
- yer osti qurilmalari, kommunakatsiyalari narxi;
N
DB
- maydondagi daraxtlar va butalar narxi;
N
KAP
- bir gektar yerni o‘zlashtirish uchun sarflangan kapital mablag‘.
Bu formulaga ko‘ra yerga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
ishlab chiqarish
uchun negiz (bazis) tariqasida qaraladi.
Poliz ekinlari, qovun, tarvuz ekish maqsadlari uchun
ajratiladigan yerlarining
narxini aniqlashda qiyinchiliklar soni ortadi, bunga sabab ekiladigan ekin turi, ya’ni
asosiy maydonni egallaydigan ekin turi negizida narx belgilanadi. Bunday
qiyinchiliklar bog‘dorchilikda ham paydo bo‘ladi. Bog‘dorchilikda
qiya tekislik
ekspozitsiyasi, samarali xarajatlar individual tanlanishi kerak bo‘ladi.
Yerni iqtisodiy baholash yo‘llari ko‘p bo‘lib, bu borada tuproqshunoslik va
agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti xodimlari tomonidan
ishlangan usuldan ham
foydalanish mumkin. Bu usulni to‘la va mukammal deb bo‘lmasada, hozirgi kunda
nisbiy baholash maqsadlarida qo‘llasa bo‘ladi.
2200>