• Milliy matolarning turlari
  • Professional ta’lim” fakulteti “texnologik ta’lim metodikasi” kafedrasi




    Download 2,48 Mb.
    bet11/17
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,48 Mb.
    #233696
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
    Bog'liq
    Ollaberganova Rohatjon kurs ishi metodika

    Milliylik


    Har bir davlatning oʻziga xos liboslari, urf-odatlari, marosimlari boʻlib, ularning har biri shu davlatnig oʻtmishini, faoliyatini, aks ettirib turadigan millat koʻzgusidir. Bularni bir tushuncha bila men aytganda milliylik deyiladi.Oʻzbek xalqining oʻtmishdagi kiyim-kechaklari bilan bogʻliq maʼlumotlarni arxeologik qazilmalar jarayonida topilgan qadimiy katta devoriy suratlar, turli buyumlarga tushirilgan tasvirlar, oʻrta asrlardagi kitob miniatyuralari beradi. Oʻrta asrlarga oid miniatyuralar oʻzbek kiyimlarining oʻziga xos uslubi, yaʼni tipi shakllanganligi va ular keyingi davrgacha saqlanganligini koʻrsatuvchi noyob namunalardir. Xalqning kiyim-kechaklaridagi oʻzgarishlar, asosan, XX asr boshlarida sezilarli ravishda namoyon boʻladi va undagi transformasiya, asosan, shaharlarda ochiq koʻzga tashlanadi.XIX asrning birinchi yarmida Oʻrta Osiyoga Rusiyadan ip gazlama va boshqa matolarning keltirilishi sababli XIX asr oxiri va XX asr boshida mahalliy aholi orasida asosan fabrikada tayyorlangan ip gazlamalar: chit, boʻz, xom surpdan tikilgan kiyim-kechaklarni kiyish rasm boʻlgan. boy-badavlat kishilar esa kimxob, ipak, atlas, duxoba, rang-barang movutlarni sotib ola boshlaganlar. Shunga qaramay, kosiblar dastgoxidan chiqqan mahalliy gazlama: mato, boʻz, nimshoyi kabi gazmollar (adras, beqasam, podshoi, kimxob, xonatlas, katakshoyi kabilar)ning turli xillariga ehtiyoj katta boʻlgan.

    Milliy matolarning turlari


    Buxoro, Samarqand, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan va boshqa shaharlarda anʼanaviy oʻzbek ipak (kanovuz, shoyi, xonatlas), nimshoyi (beqasam, banoras, adras) gazlamalardan tikilgan turfa kiyimlar boy-badavlat kishilar orasida rasm boʻlgan. Quyida mana shu matolarning ayrimlariga taʼrif beramiz. Beqasam- yoʻl-yoʻl gazmol boʻlib undan erkak, ayol va bolalar uchun kundalik kiyiladigan toʻnlar, koʻrpa-koʻrpachalar tikishda foydalanilgan. Banoras - beqasamdan rang turlari bilan farqlanib, undan ayollarning ustki kiyimi boʻlmish paranji tikilgan. Parpasha -beqasamdan qalinroq mato boʻlib, u paranji, shuningdek, chopon tikishda ishlatilgan. Adras — abr iplar bilan gul solingan nimshoyi gazmol. Shuningdek, kanovuz, shoyi, xonatlas, guldor kimxob, duxoba kabilar ham keng qoʻllanilgan. Shoyi va nimshoyi matolar -beqasam, adras, yakruyo, kaltak shoyi, tovlanma shoyi, abrshoyi turli-tuman gullar solingan.

    Download 2,48 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




    Download 2,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Professional ta’lim” fakulteti “texnologik ta’lim metodikasi” kafedrasi

    Download 2,48 Mb.