|
Qiyiqchani bichish, nusxa tushirish va tikish
|
bet | 17/17 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 2,48 Mb. | | #233696 |
Bog'liq Ollaberganova Rohatjon kurs ishi metodikaQiyiqchani bichish, nusxa tushirish va tikish.
O‘rta Osiyoda kashtachilik juda keng tarqalgan bo‘lib, oilada har bir ayol kashta tikishni bilishi kerak bo‘lgan. Shuning uchun har bir oila o‘zi uchun zardevor, palak, gulko‘rpa, kirpech, so‘zana, dorpech, oynaxalta, choyxalta, parda, belbog‘, takyapo‘sh (yostiq ustiga yopiladigan), do‘ppi, ko‘ylak, dastro‘mol, hamyon, joynamoz, sumka, nimcha, mahsi-kavush, turli o‘lchamdagi xaltachalarni badiiy did bilan matolarga tikib tayyorlaganlar. Qiyiqcha-belbog‘ erkaklar beliga bog‘lanadigan ro‘mol.
Bel-bog‘ bizda juda qadim zamonlardan beri foydalanib kelinadi. Hali tugmalar ishlatilmagan zamonlardayoq choponning oldi yopilib turishi uchun belbog‘ bilan mahkam bog‘lab qo‘yishgan. Payti kelganda belbog‘, joynamoz, dasturxon, peshonabog‘, dastro‘mol, tugun o‘rnida ham ishlatilgan. Qiyiqcha-belbog‘ tikish uchun gulsiz sidirg‘a surp, satin, selon, atlas va tovar matolar ishlatilgan. Belbog‘ni gullari ilma, yo‘rma, suv, bosma choklarida tikilgan va turli o‘lchamli bo‘lgan. Hozir ham belbog‘ o‘zbek xalqining turli marosimlarida ishlatiladi. Qiyiqchaning o‘lchami 110x110 sm bo‘ladi
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar:
1. Qiyiqcha nima ?
2. Qiyiqcha bichisg va tikish texnologiyasi?
V. Darsni yakunlash:
Darsda faol qatnashgan o‘quvchilarni baholash, o‘quvchilarda shakllanishi mumkin bo‘lgan kompetensiyalarni tushuntirish, o‘quvchilarda shakllangan kompitentlikni to‘g‘ri yo‘naltirish.
VI. Uyga vazifani e’lon qilish: Yangi mavzuni to‘liq takrorlash. Yangi mavzu yuzasidan savollar tayyorlash.
XULOSA
Men bu kurs ishini ishlash davomida o’quvchilar bilan ishlashni, texnologik ta’lim fani bo’yicha darslarni yangi inovotsion texnologiyalar bilan qiziqarli qilib o’tishni o’rgandim. Mening mavzuyim: O’quvchilarga “Milliy kiyimlardan qiyiqchani tayyorlash” mavzusini o’qitishda kreativ yondashuv edi. Bunda men bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchisi ijodkor bo’lishi ya’ni har bir mavzuga kreativ yondashishi zarurligini bildim, shundagina bu fan mavqeyi yanada ortadi va o’quvchilar qiziqishi kuchayadi.
Kreativlik bizning texnologik ta’lim fanimizni o’qitishda muhim ahamiyat kasb etadi.yordam beradi. Bunda o’qituvchilar dars o’tish davomida o’z kreativligi bilan o’quvchilarni darsga qiziqtiradi.
O’qituvchilar o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi.
Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi bo‘lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo‘yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o‘zini o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, ko‘p asrlar davomida yaratilgan xalq liboslari moddiy va ma’naviy madaniyatning ajralmas qismidir. Xalq ijodiyoti namunalarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, liboslarda maqsadga muvofiq tarzda funksional va estetik fazilatlar birlashtirilgan. Xalq san’ati uzoq tarix davomida shakllanar ekan, mavjud ijod namunalarining eng qimmatli va hayot bilan oqlangan zaruriylari saqlangan. Tasodifiylari inkor etilgan, natijada o‘zida barcha zaruriy xususiyatlarni mujassam etgan milliy liboslargina olib qolingan. Zamonaviy kiyinishda sharm-hayo me’yorlariga amal qilib, o‘zbekona kiyinish madaniyatini targ‘ib qilish, shu orqali urf-odat va qadriyatlarimizni saqlash, albatta milliy madaniyatimizni, milliy o‘zligimizni asrashga xizmat qiladi.
Foydalangan adabiyotlar
Toxirov.O’.O va boshqalar: Texnologiya 5- sinf darsligi.-T.: Sharq.2020 y.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. Mualliflar: Sh. Sharipov va boshq. – T.: «Sharq», 2015. – 240 b.
M.Tilakova “Yuqori sinf o’quvchilarining kreativlik qobilyatlarini rivojlantirish” Toshkent 2016-yil.
G’oniyev.E.G Umumiy psixologiya. Toshent 2010. 1-2 kitob
Mavlonova R., To‘rayeva O. Holiqberdiyev K. Pedagogika. T. ., O‘qituvchi.-2011. – 512 b.
O’qituvchini ijodkorligini shakllantirishning pedagogik asoslari. Otamuratova Gulmira Ergashevna.
|
| |