|
Professional ta’lim” fakulteti “texnologik ta’lim metodikasi” kafedrasi
|
bet | 9/17 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 2,48 Mb. | | #233696 |
Bog'liq Ollaberganova Rohatjon kurs ishi metodikaBELBOGʻ, chorsi, qiyiqcha — belga bogʻlanadigan toʻrtburchak shakldagi mato, milliy kiyimning tarkibiy qismi. Turkistonda erkaklar kiyimi (toʻn, yaktak va b.) ustidan belga bogʻlanadi, baʼzan ikki va undan ortiq Belbogʻ bogʻlab yurish odati bor. Gulli, gulsiz matolar (boʻz, las, shoyi, atlas va b.)dan tayyorlanib kashta bilan bezatiladi. Belbogʻ bogʻlash qadimdan mavjud boʻlgan, kishilar uchun zeb, milliy urfodat tusiga aylangan. Marosimlarda, jumladan toʻyda kuyovga tun kiydirib Belbogʻ bogʻlanadi. Erkaklar, ayollar ham yaqin kishilaridan biri vafot etganda Belbogʻ bogʻlashadi. Yoshlar bezakli, rangdor Belbogʻ, qariyalar esa oq matodan tikilgan sidirgʻa Belbogʻ bogʻlaydilar. Belbogʻ asosiy vazifasidan tashkari boshqa vazifalarni ham oʻtagan: orasiga maydachuyda narsalar solib bogʻlangan; uzoq safarlarda dasturxon yoki sochiq vazifasini oʻtagan, joynamoz vazifasini ham bajargan.
Q iyiqcha-belbog’ erkaklar beliga bog‘lanadigan ro‘mol (28-rasm). Belbog1 bizda juda qadim zamonlardan beri foydalanib kelinadi. Hali tugm alar ishlatilmagan zamonlardayoq choponning oldi yopilib turishi uchun belbog‘ bilan mahkam bog‘lab qo‘yishgan. Payti kelganda belbog‘ joynamoz, dasturxon, peshanabog4, dastro‘mol, tugun o‘rnida ham ishlatilgan. Qiyiqchabelbog6 tikish uchun gulsiz sidirg‘a surp, satin, selon, atlas va tovar matolar ishlatilgan. Belbog‘ni gullari ilma, yo‘rma, suv, bosma choklarida tikilgan va turli o‘lchamli bo‘lgan. Hozir ham belbog6 o‘zbek xalqining turli marosimlarida ishlatiladi. Qiyiqchaning o‘lchami 110x110 sm boMadi.
MILLIY KIYIMLAR
O'zbek milliy liboslari juda yorqin, chiroyli, qulay bo'lib, xalqning boy madaniy an'analari va turmush tarzining bir qismidir. Shaharlarda milliy libosdagi odamlarni topish kamdan-kam uchraydi, bugungi kunda u an'anaviy bayram tadbirlarida kiyiladi, ammo qishloqda u hali ham kundalik va dam olish kunlari liboslarining bir qismi bo'lib xizmat qiladi.
|
| |