• Qiyiqchani bichish, nusxa tushirish va tikish.
  • Professional ta’lim” fakulteti “texnologik ta’lim metodikasi” kafedrasi




    Download 2,48 Mb.
    bet8/17
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,48 Mb.
    #233696
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
    Bog'liq
    Ollaberganova Rohatjon kurs ishi metodika

    "BBB" metodi-bu B-B-B sxemasi bo'yicha o'quvchilar bilan mavzuni mustahkamlash uchun ijodiy ishlash metodi.
    O`quvchilar guruhlarga bo`linishadi. O`tilayotgan mavzu yoki tushuncha yuzasidan har bir guruh o`zaro hamkorlikda «Taxminan nimani bilamiz?» ustunini to`ldirishadi. Doskadagi birinchi ustunga esa barcha guruhlarning javoblari jamlanadi. Berilgan javoblar toifalar bo`yicha guruhlanadi.
    Keyin har bir guruh a'zolari o`zaro kelishilgan holda «Bilishni xohlayman» ustuniga mavzu yuzasidan o`zini qiziqtirgan savollarni yozib chiqishadi. Doskadagi ikkinchi ustunga esa barcha guruhlarning savollari jamlanadi. Shundan so`ng talabalar mavzu yuzasidan matn (ma'ruza) bilan to`liq tanishib chiqadilar va jadvalning ikkinchi ustuniga qaytib, o`zlari bilishni xohlagan savollardan qaysilariga javob topganligini belgilab chiqishadi. Savollarga topilgan javoblar uchinchi «Bildik» ustuniga yoziladi. Talabalarni qiziqtirgan qaysidir savolga javob chiqmay qolgan bo`lsa, uni o`qituvchi to`ldirishi yoki uyga vazifa sifatida bilib kelishni topshirishi mumkin.
    Qiyiqchani bichish, nusxa tushirish va tikish.
    O‘rta Osiyoda kashtachilik juda keng tarqalgan bo‘lib, oilada har bir ayol kashta tikishni bilishi kerak bo‘lgan. Shuning uchun har bir oila o‘zi uchun zardevor, palak, gulko‘rpa, kirpech, so‘zana, dorpech, oynaxalta, choyxalta, parda, belbog‘, takyapo‘sh (yostiq ustiga yopiladigan), do‘ppi, ko‘ylak, dastro‘mol, hamyon, joynamoz, sumka, nimcha, mahsi-kavush, turli o‘lchamdagi xaltachalarni badiiy did bilan matolarga tikib tayyorlaganlar. Qiyiqcha-belbog‘ erkaklar beliga bog‘lanadigan ro‘mol (8-rasm).



    8-rasm. Qiyiqcha uchun naqsh nusxalari.


    Bel-bog‘ bizda juda qadim zamonlardan beri foydalanib kelinadi. Hali tugmalar ishlatilmagan zamonlardayoq choponning oldi yopilib turishi uchun belbog‘ bilan mahkam bog‘lab qo‘yishgan. Payti kelganda belbog‘, joynamoz, dasturxon, peshonabog‘, dastro‘mol, tugun o‘rnida ham ishlatilgan. Qiyiqcha-belbog‘ tikish uchun gulsiz sidirg‘a surp, satin, selon, atlas va tovar matolar ishlatilgan. Belbog‘ni gullari ilma, yo‘rma, suv, bosma choklarida tikilgan va turli o‘lchamli bo‘lgan. Hozir ham belbog‘ o‘zbek xalqining turli marosimlarida ishlatiladi. Qiyiqchaning o‘lchami 110x110 sm bo‘ladi (54-rasm).




    Download 2,48 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




    Download 2,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Professional ta’lim” fakulteti “texnologik ta’lim metodikasi” kafedrasi

    Download 2,48 Mb.