• Iroqisimon chok
  • Kashtachilikda quyidagi chok turlari ishlatiladi




    Download 2,48 Mb.
    bet5/17
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,48 Mb.
    #233696
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Ollaberganova Rohatjon kurs ishi metodika

    Kashtachilikda quyidagi chok turlari ishlatiladi.
    Qaytma chok (1-rasm, a). Bu chok bir xil yiriklikdagi qaviqlarning uzluksiz qatoridan iborat bo‘ladi. Ignani o‘ngdan chapga yuritib, birinchi qaviq bilan shu qaviq yirikligidagi oraliq hosil qilinadi. Ikkinchi qaviqni tushirish uchun ip chapdan o‘ngga yotqizib birinchi qaviq tugagan joydagi nuqtaga igna sanchiladi-da, qaviq yirikligida o‘ngiga chiqariladi. Uchinchi va undan keyingi qaviqlarni tushirishda, ularning o‘zidan oldingi qaviq tugagan joyga igna sanchiladi. Qaytma chokni (1-rasm, b) qaviqlar orasida ochiq joy qoldirib tiksa ham bo‘ladi.

    1-rasm. Qayma chok.
    Suv chok (2-rasm). Bir-biriga zich joylashgan qator qiya qaviqlardan iborat bo‘ladi. Bu chokni chapdan o‘ngga tomon yoki o‘zidan oldinga qaratib yo‘naltirib tikish mumkin. Suv chokni tikayotganda ip doimo bir tomonda – chapda yoki o‘ngda bo‘lishi kerak. Tikayotganda ip yo‘nalishini o‘zgartirib bo‘lmaydi, chunki chokning tuzilishi buzilib qoladi.
    Iroqisimon chok (3-rasm). Gazlamadan sug‘urib chiqarilgan ikkita ip izi bo‘ylab yoki ixtiyoriy konturli kashta gulining chizig‘idan tikiladi. Bunda kashta gulining goh u, goh bu tomoniga navbatma-navbat igna sanchib, qaviqlar chapdan o‘ngga tomon joylashtirib boriladi. Gazlamaga igna sanchilgan joylar oralig‘i bir xil bo‘lishi kerak. Yo‘lning o‘rtasi bo‘ylab qaviqlar chalishib boradi. Har bir yangi qaviq oldingi qaviq ustiga tushadi.

    2-rasm. Suv chok. 3-rasm. Iroqisimon chok.
    Yo‘rma chok (4-rasm). Ba’zan ziy chok ham deyiladi, chunki bu chok bilan gazlamaning chetlari tikiladi. Gazlamani teskari tomoniga 3–4 sm bukib, gazlama rangidagi ip bilan ko‘klab chiqiladi.

    4-rasm. Yo’rma chok 5-rasm. Popop chok
    Petlya chok qaviqlari chapdan o‘ngga tomon gazlama ziyiga perpendikular joylashtirib tikiladi. Bu choklar gardishsiz tikiladi. Chok qaviqlarining yirikligi bir xil bo‘lishi kerak.
    Popop chok (5-rasm). Chok bir-birining ichidan chiqib keladigan uzluksiz qator petlyalardan iborat bo‘ladi. Bu chokni gardishda va gardishsiz tikish mumkin. Ikkala holda ham ignani o‘zi tomon yuritib qaviq tushiriladi. Kashtani gardishsiz tikayotganda gazlama tortilib qolmasligini, chok petlyalari yumaloq shaklda bo‘lishini kuzatib borish kerak. Popop chokni siniq chiziq tarzida tikish ham mumkin. Bunday chokning teskari tomonidan qaviqlari va o‘ng tomonidagi petlyalari chokning o‘rta chizig‘idan navbatma-navbat bir chapga, bir o‘ngga joylashgan bo‘ladi.
    O‘rta Osiyoda kashtachilik juda keng tarqalgan bo‘lib, oilada har bir ayol kashta tikishni bilishi kerak bo‘lgan. Shuning uchun har bir oila o‘zi uchun zardevor, palak, gulko‘rpa, kirpech, so‘zana, dorpech, oynaxalta, choyxalta, parda, belbog‘, takyapo‘sh (yostiq ustiga yopiladigan), do‘ppi, ko‘ylak, dastro‘mol, hamyon, joynamoz, sumka, nimcha, mahsi-kavush, turli o‘lchamdagi xaltachalarni badiiy did bilan matolarga tikib tayyorlaganlar. Qiyiqcha-belbog‘ erkaklar beliga bog‘lanadigan ro‘mol (6-rasm).

    6-rasm. Qiyiqcha-belbog’.
    Belbog‘ bizda juda qadim zamonlardan beri foydalanib kelinadi. Hali tugmalar ishlatilmagan zamonlardayoq choponning oldi yopilib turishi uchun belbog‘ bilan mahkam bog‘lab qo‘yishgan. Payti kelganda belbog‘, joynamoz, dasturxon, peshonabog‘, dastro‘mol, tugun o‘rnida ham ishlatilgan. Qiyiqcha-belbog‘ tikish uchun gulsiz sidirg‘a surp, satin, selon, atlas va tovar matolar ishlatilgan. Belbog‘ni gullari ilma, yo‘rma, suv, bosma choklarida tikilgan va turli o‘lchamli bo‘lgan. Hozir ham belbog‘ o‘zbek xalqining turli marosimlarida ishlatiladi (7-rasm).

    7-rasm. Qiyiqcha uchun naqsh.



    Download 2,48 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 2,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kashtachilikda quyidagi chok turlari ishlatiladi

    Download 2,48 Mb.