• Asbob va moslamalar
  • Savol-javob” metodi
  • Milliy kiyimlardan qiyiqchani tayyorlash




    Download 2,48 Mb.
    bet7/17
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,48 Mb.
    #233696
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
    Bog'liq
    Ollaberganova Rohatjon kurs ishi metodika

    Milliy kiyimlardan qiyiqchani tayyorlash
    Belbogʻ, chorsi, qiyiqcha — belga bogʻlanadigan toʻrtburchak shakldagi mato, milliy kiyimning tarkibiy qismi. Turkistonda erkaklar kiyimi (toʻn, yaktak va boshqalar) ustidan belga bogʻlanadi, baʼzan ikki va undan ortiq belbog’ bogʻlab yurish odati bor. Qiyiqcha gulli, gulsiz matolar (boʻz, las, shoyi, atlas va boshqalar)dan tayyorlanib kashta bilan bezatiladi. Belbog’ bogʻlash qadimdan mavjud boʻlgan, kishilar uchun zeb, milliy urfodat tusiga aylangan. Marosimlarda, jumladan toʻyda kuyovga tun kiydirib belbog’ bogʻlanadi. Erkaklar, ayollar ham yaqin kishilaridan biri vafot etganda belbog’ bogʻlashadi. Yoshlar bezakli, rangdor belbog’, qariyalar esa oq matodan tikilgan sidirgʻa belbog’ bogʻlaydilar. Belbog’ asosiy vazifasidan tashkari boshqa vazifalarni ham oʻtagan: orasiga maydachuyda narsalar solib bogʻlangan; uzoq safarlarda dasturxon yoki sochiq vazifasini oʻtagan, joynamoz vazifasini ham bajargan.
    Qiyiqchani bichish va zanjir chokda tikish.
    Qiyiqchada uning naqshi, asosan, 4 ta chetki qismida joylashgan bo‘ladi. Avval naqsh guli qiyiqchaga tushirib olinadi va zanjir chokda gazlama rangidan farq qiluvchi rangli ipda tikib chiqiladi (11-rasm).

    11-rasm. Zanjir chok


    Asbob va moslamalar: stol, stul, zanjirsimon popop chok namunalari, 110 x 110 sm o‘lchamdagi sidirg‘a gazlama bo‘lagi, igna, angishvona, qaychi, santimetr lenta, turli xildagi mulina iplar, gardish.
    Ishni bajarish ketma-ketligi:
    1.110 x 110 sm o‘lchamdagi sidirg‘a gazlama bo‘lagining qirqimlariga tikuv mashinasida ishlov beriladi.
    2.Belbog‘ning to‘rt tomonidan bir xil kenglikdagi hoshiya chiziladi. Belbog‘da gulning naqshi, asosan, 4 ta chetki qismining hoshiyasida joylashgan bo‘ladi. (Hoshiyaning kengligi tikiladigan chokning kengligiga mos bo‘lishi kerak).
    3.Avval naqsh guli qiyiqchaga tushirib olinadi, belbog‘ bo‘lib-bo‘lib gardishga tortiladi va zanjir chokda gazlama rangidan farq qiluvchi rangli ipda tikib chiqiladi. Bunda mulina iplarini ikki qavat qilib ishlatish tavsiya qilinadi.
    4.Belbog‘ga hoshiyadan tashqari uning 4 ta uch tomoniga (hoshiyadan ichkarida bo‘ladi) naqsh gulini tushirib tikish ham mumkin.
    5.Nusxa tikib bo‘lingach, belbog‘ning avval teskari, so‘ngra o‘ng tomonidan dazmollanadi.
    4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
    Savol-javob” metodi- o’quvchilargan mavzu yuzasidan savollarga javob berishni nazarda tutadigan metoddir.
    Shubhasiz, savollar turli maqsadlarni ko'zlab beriladi, lekin bu maqsadlar alohida ko'rinishlarga ega bo'ladi va ular quyidagi maqsadlarda beriladi:

    • tekshirish uchun - o'quvchilarning bilimini imtihon qilish orqali;

    • o'rgatish uchun- javobni o'quvchining o'zi mushohada etishiga majbur qilish orqali;

    • faoliyat yuritishga erishish uchun- o'quvchini aqlan tetik tutish orqali;

    • turlicha bo'lgan fikr-mulohazalarni aniqlab olish uchun;

    • o'xshashlik jihatlarni aniqlab olish uchun;

    • kishining maxsus tajribasiga yaqinlashish uchun;

    • tortinchoq o'rganuvchilarni jarayonga jalb etish uchun;

    • o'quvchilarni dars jarayoniga jalb etish uchun.


    Download 2,48 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




    Download 2,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Milliy kiyimlardan qiyiqchani tayyorlash

    Download 2,48 Mb.