!
2
J
s 6
7
a
3.8-rasm.
M etall sirtlam i fretting korroziyada yeyilish m exanizm i:
1 ,2 — tutashuvchi detallar; 3 — yuzalarni tutashgan nuqtalari; 4, 5 — hosil
b o la y o tg a n m ayda kavemalar; 6 — yoriqlar; 7 — sinib ko'chgan m etall
b o ‘lakchalar; 8 - qattiq tuzilishli ko'chayotgan b o ‘lakchalar.
Yuklama ortganda nisbiy siljish amplitudasi kamayadigan bikrligi
yclarli bo'Imagan tutashishiarda dastlab ishqalanish zonasiga kislorod
oson kirolmagani sababh fretting-korroziyaga xos toliqish korroziyalanish
jurayoni tez kechadi (3,8-rasm). L-ekin yuklama kritik qiymatga yetganda
lulashadigan bikrlik buzilib toliqish-korroziyalanish sur’ati pasayadi va
yu/nlami yopishib qolishi kuchayadi (egri chiziq
2
ning pasayish zonasi)
Siljish chastotasining ko'payishi yeyilishni kuchaytiradi, lekin
m u'lm n ehastotadan so‘ng oksidlanish jarayonining ta ’siri susayganligi
IK liuii yeyilish tezligini o ‘sishi kamayadi. Tadqiqotlar barcha m etal-
Iniltii kislorodli m uhit salbiy ta ’sir etishini ko'rsatdi.
(Yv.
navbatida fretting-korroziyadan havoda yeyilish vakuum ,
4
iiv
114
azot va vodorod m uhitlarida yeyilishga nisbatan ko‘p. M asalan,
suvda, N a O H eritmasida yeyilish havodagiga nisbatan bir necha
marta kam bo'ladi. Chunki suyuq muhitda oksidli himoya pardalari
tez hosil bo‘ ladi, yeyilish mahsulotlari yumshoqroq va qisman tutash
zonadan suyuq muhit vositasida tashqariga chiqarib tashlanganligi
uchun abraziv yeyilish sur’ ati pasayadi. Shu sababga ko‘ ra havo
namligi oshgan sari fretting-korroziyada yeyilish susayadi.
Fretting-korroziyani kamaytirishi uchun suyuq, konistent va
qattiq moylar ishlatiladi.
Suyuq moy ishqalanuvchi yuzalarni to ‘ liq qoplasa, yuzani kislo-
roddan himoya qiladi.
Fretting-korroziyaga uchraydigan qismlarda kislorodni kam erita-
digan, oksidlanishga qarshiligi yuqori, katta bosimlarga chidamli,
moylash qobilyati yaxshi va vaqt o'tishi bilan xossasini o ‘ zgartirmay-
digan moylar q o ‘ llanilishi kerak.
Kam qovushqoq (urchuq, transformator kabi) moylar fretting-
korroziyani kamaytirolmaganligi uchun q o ‘llanilmaydi.
Asosan, V N I I N P -5 0 -l- 4 f tipidagi trikrezilfosfat q o ‘ shimchali
sintetik diefir moylar va V N I I N P -6 tipidagi sintetik asbob moylari
ishlatiladi.
Suyuq moylarni ishqalanish zonasida tutib turish qiyin b o‘ lganligi
uchun ba’zan konsistent moylar biroz suyultirilib q o ‘llaniladi. Kalsiy
sovun asosli shilinishga qarshi q o ‘shimchali moylar, qattiq metall
(q o ‘ rg‘ oshin, indiy) va nometall (grafit, molibden disulfidi) moylash
materiallaridan ham foydalanishi mumkin.
Fretting-korroziyada tutashish tebranma b oig a n i sababli mahalliy
joylarda oniy temperatura 700-800°C ga qadar ko‘tariladi.
Natijada, yuza qatlam strukturasi o ‘zgaradi, yopishish jarayoni
faollashadi. Tajribalardan fretting-korroziyadan p o‘ latning yeyilishi
muhit temperaturasi 50°C dan 150°C ga qadar ko‘tarilganda deyarU
o ‘zgarmasligi, lekin —140°C ga qadar pasaysa oshishi aniqlangan. Bunga
sovuqda oksid pardalar m o‘rtligi va gazlaming, jumladan, kislorodning
ishqalanuvchi yuzalarga adsorbsiyalanishi oshishi sabab deyiladi.
Quruq sharoitda ishlaydigan qismlarda po'latning fretting-korro-
ziyalanishi uch bosqichda o ‘tadi. Dastlab yuzalar mustahkamlanada,
so'ng toliqishdan shikastlanish nvmbalari to‘ plana boshlaydi va ni-
hoyat shikastlangan joylarning buzilishi ro‘ y beradi.
Fretting-korroziyadan barcha metall va nometallar ishqalanish
juftligi tarkibidan qat’ iy nazar turli tarzda shikastlanadilar. Lekin
materiallaming ba’ zi bir kombinatsiyalarida fretting bardoshroq b o‘ -
lishligi ham aniqlangan va ishqalanish juftligini quyidagicha olish
tavsiya etilgan:
- cho‘ yan va cho‘yanni, cho‘yan va zanglamas p o‘ latni molibden
disulfid bilan moylab;
- toblangan asbobbop p o‘ lat bilan;
- po'latni qalinligi 1,5 mm neylon qopiamali p o‘ lat bilan;
- q o ‘ rg‘ oshinni p o‘lat bilan;
- fosfat qoplamli p o‘ lat, po'lat bilan;
- kumush qoplamli materialni po‘ lat bilan.
3.6.3. FRETTING-KORROZIYAGA QARSHI KURASH
Fretting-korroziyaga qarshi kurashning universal usuli y o ‘q. Biz
elastik materialli detallar yuk ostida albatta deformatsiyalanishini
nazarda tutib fretting-korroziyani kamaytirish usullariga asosiy e’tibor
berishimiz kerak. Bu usullar quyidagilar.
1. Mikrosiljishni kamaytirish.
2. Ishqalanish kuchini kamaytirish.
3.
Siljishni oraliq muhitda o ‘tkazish.
Nisbiy mikrosiljish detalni kerakli tarzda konstruksiyalash (ma-
salan, g'ildirak gupchagiga o ‘yiq ochib) yoki ishqalanish koeffitsi
yentini ko‘ paytirish hisobiga kamaytirilishi mumkin. Ishqalanish
kuchini ko‘paytirish uchun tutashish yuzalarini kamaytirib, bosimni
ortirish yoki sirtni g'adirroq qilib ishqalanish koeffitsiyentini oshirish
kerak. Bosimni ortirish siljishni sezilarli darajada kamaytirsagina
samarali natija olinadi, aks holda butunlay zararli natija olish mum
kin. Ishqalanish koeffitsiyentini sirt g ‘ adir-budirligini oshirish yoki
sirtga mis, qalay, kadmiy, kumush pardasini qoplash hisobiga oshirish
mumkin.
Agarda qism titrashini yo'qotish yoki mikrosiljishini kamaytirish
imkoni b o‘ lmasa ikkinchi va uchinchi usullardan foydalanish mum
kin. Y a ’ ni bu holda ishqalaaish kuchini ozaytirish yoki siljishni oraliq
muhitdan o‘tkazish kerak. Ishqalanish kuchini ozaytirish uchun bo
sim va ishqalanish koeffitsiyentini kamaytiriladi. Fretting-korroziya
sharoitida oddiy moylash materiallari ishqalanish koeffitsiyentiga
ta’sir etmaydi, chunki chegaraviy moy pardasi to ‘la bo'lmaydi va
tezda buziladi.
Molibden disuffidi sirt shikastlanishini, fosfatli suv emulsiyasida
ishlash yoki parafin qoplash ishqalanish kuchini ozaytiradi. Qo‘rg‘o-
shin va indiyli qoplamalar surilishga qarshilik kam bo'lgan hollarda
qattiq moylash materiali vazifasini o'taydi. Bu holda siljish asosiy
materialda bo'lmay qoplangan qatlam ichida sodir bo'ladi, ishqala
nish kuchi ham kamayadi. Fretting-korroziyaga po'lat-politetraf-
toretilen yoki po'lat-poliamid juftligi yaxshi qarshilik ko'rsatadi.
Rezinali qistirmalar ham yaxshi oraliq material hisoblanadi.
Fretting-korroziyaga qarshilikni ishqalanish juftligidagi detaldan
bittasining qattiqligini oshirish yo‘li bilan ham yaxshilash mumkin.
Chunonchi, po'lat qattiqligi oshirilganda detallaminig o ‘zaro botishi
kamayib, yeyilish susayadi, yeyilish mahsulotlarining o'lchami kichik
bo'lgani uchun ularning abrazivlik ta’siri ham kam bo‘ladi. Sirtlami
toblanish va azotlash foydali, xromlash esa uning qattiq oksidlari
yuzani shikastlanganligi sababli zararli hisoblanadi.
3.7. VODORODLI YEYILISH
Detallarda vodorodli yeyilish mavjudligi nisbatan yaqinda avia-
tsiyada kerosin bilan moylanadigan toblangan po'lat-bronza juftli
ishqalanish qismlarida aniqlandi. Ya’ni ishqalanish jarayonida po‘lat
sirti vodorodlashib juda qattiq po'lat zarralari bronza sirtiga o'tishi
ma’lum bo‘ldi. Keyinchalik bu hoi tormozli qunlmalarda ham
kuzatildi. Po'lat yoki cho'yandan tayyorlangan tormoz barabanidan
polimerli friksion kolodka sirtiga zarralar o‘tib yopishadi.
Vodorodli yeyilish suv bilan moylanadigan ishqalanish qismlarida
va titan hamda titan qotishmalaridan tayyorlangan detallar mineral
moy bilan yoq'langanda ham sodir bo'ladi. Vodorodli yeyilish mexa-
nizmini quyidagicha tushuntirish mumkin, ishqalanish jarayonida
vodorod moylash materialidan, yonilg'i, suv yoki plastmassadan kato-
litik va elektrokimyo jarayonlar oqibatida ajralib chiqishi mumkin.
Hosil bo‘lgan vodorod metall ichiga singiydi. Ishqalanishda metall
sirti to'yinganlik darajasiga qarab, vodorodli yeyilish asta-sekin va
biidaniga sodir bo‘lishi mumkin. Vodorodli yeyilishga moyillik detal
qo'yilganda yoki galvanik qoplanganda metallda qolgan vodorod
sababli ham bo‘ladi.
Umuman ishqalanish qismi uchun material tanlanayotganda
ularmng vodorodlanish darajasini inobatga olish kerak. Po'lat tar-
kibiga xrom, titan, vanadiy qo‘shilsa vodorodlanish kamayadi, pux-
talanishda esa aksincha oshadi. Ferritli po'latlar austenitli po'latlarga
nisbatan oson vodorodlanadi. Tezda parchalanib vodorod ajratadigan
plastmassalardan imkon boricha foydalanmaslik kerak. Vodorodlanish
ehtimoli bo'lgan ishqalanish qismlarida ham degidrogenizatsiya-
lashadigan materialli moylarni ishlatish kerak. Moylarga vodorod
oson birikadigan xlor atomlari mavjud bo‘lgan kremneoiganik birik-
malar qo'shish tavsiya etiladi. Vodorodli yeyilishni qismda haroratni,
sirpanish tezligi va nisbiy bosimni pastlatish hisobiga kamaytirish
mumkin. vodorodlanadigan po'latli qismlarda ishqalanish zonasiga
CaF
2
poroshogini kiritilsa ajralib chiqqan vodorod ftor bilan reak-
siyaga kirishib, H F birikmasini hosil qiladi va vodorodli yeyilish sodir
bo‘lishining oldini olinadi. Hozir vodorodlanmaydigan friksion plast-
massalar ishlab chiqilmoqda.
4-LABORATORIYAISHI
1. Ishning nomi: mashina detallarining yeyilish kattaligini aniq-
lash.
2. Ishning maqsadi: Ishqalanish qismlari detallarining yeyilish
kattaligini mikrometrlash usuli bilan aniqlash.
1. ISHNING NAZARIY ASOSI
Mashinalardan foydalanish davrida uning ishqalanuvchi detallari-
ning yeyilish miqdorini muntazam aniqlab turish, yeyilish miqdori
ruxsat etilgan miqdordan ortib ketmasdan turib detallami almashtirish
yoki tiklash hamda yeyilish tezligini aniqlab olib uni kamaytirish
tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish imkoniyatlarini beradi. Ma’-
lumki, yeyilish natijasida detaining chiziqli o ‘lchamlari, hajmi va
massasi o‘zgaradi. Agarda detaining yeyilishdan oldingi va keyingi
o‘lchamlari solishtirilsa chiziqli, hajmlari solishtirilsa hajmiy, massa-
lari solishtirilsa massaviy yeyilish miqdori aniqlanadi. Mashina
detallarining yeyilish miqdorini mashinani to ‘xtatib yoki to'xtatmas-
dan aniqlash mumkin.
Yeyilish miqdorini mashinani to ‘xtatib aniqlash mikrometrlash,
torozilash profilograflash va sun’iy bazalash usullari bilan amalga
oshiriladi.
Yeyilish miqdorini mashinani to'xtatmasdan aniqlash ishchi
moddalar sarfi bo'yicha, moy tarkibini tekshirish, radiaktiv izotoplar
va pnevmatik mikrometrlarni qo'llash usullari bilan bajariladi.
Yeyilish miqdorini aniqlash usuli unga oz vaqt sarflash, qisqa
vaqt oralig'idagi yeyilishni aniqlay olish, qismni yig'ish va ajratish
sonini kam bo'lishi hamda oichashning aniqlik darajasi va tannarxiga
qo‘yilgan talablar asosida o'quv yurtida (korxonada)gi mavjud imko-
niyatlardan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Mikrometrlash usulida yeyilish miqdori chiziqli o‘lchov asboblari
vositasida aniqlanadi.
Bu usul oddiy, oson va yuzaning turli joylaridagi yeyilishlarni
umumlashtirish mumkinligi bilan afzallikka ega. Lekin o'lchash as-
boblaridagi xatolikni kattaligi, qismni har safar ajratish kerakligi kabi
kamchiliklaiga ega.
Torozilash usulida ishqalanuvchi sirtning umumiy yeyilish
miqdori, ya’ni yo‘qotilgan massa aniqlanadi.
Bu usul oson va oddiy, nisbatan o‘lchash aniqligi yuqori, lekin
bu usulda yuzaning alohida joylaridagi yeyilishini aniqlab bo‘lmaydi,
detalni tortib ko‘rish uchun uni har safar qismdan ajratib olish kerak,
bu usuldan sirtiga yeyilish mahsulotlari yopishadigan hamda nam
yoki moyni shimuvchi materialli detallarga nisbatan foydalanib
bo'lmaydi.
Yeyilish miqdorini moy tarkibi bo‘yicha aniqlash usulida vaqti-
vaqti bilan ishqalanish qismidan moy olinib uning tarkibidagi yeyilish
mahsulotlari kimyoviy yoki spektral analiz qilinib tekshiriladi. Bu
usulda detalni qismdan ajratib olinmaydi hatto qurilmani to‘xtat-
masdan ham moydan namuna olish imkoniyatlari bo'lishi mumkin,
|