= 8
mPa, cho'yan bilan R
= 6
mPa, toblanmagan po‘lat
babbit bilan R
= 6
mPa, bronza bilan R=5 mPa, Pv bo'yicha
tekshirish tezlik va harakat yuqori bo'lganda amalga oshiriladi.
Vtulka diametri 60,4 mm, moy qovushqoqligi 3,68VU, sarfi
51—soat, tashqi muhit harorat 28°C bo'lganidagi tajriba natijalari
ko‘rsatilgan.
4.4. FRIKSION MATERIALLAR VA ULARNI
TANLASH
Friksion qurilmalar harakatdagi massaning kinematik energiyasini
issiqlik energiyasiga aylanishi hisobiga ishlaydi. Y a’ni qurilma (tor
moz, mufta, tishsiz uzatma) ishlashi uchun uning yetaklovchi va
yetaklanuvchi qismlari orasida ishqalanish kuchi hosil qilinishi kerak.
Hosil qilinadigan ishqalanish kuchi tormozlarda harakatni to ‘xtatish,
mufta va uzatmalarda esa harakat uzatmalarda esa harakatni uzatish
uchun xizmat qiladi, har ikki holda ham bosim ostida o'zgaruvchan.
Friksion material bosim, ishqalanish kuchi va issiqlik ta ’sirida ishlay
di. Shuning uchun friksion materiallarning ishqalanish sirti mikro-
relefi, fazaviy tarkibi, ishqalanish koeffitsiyenti o ‘zgarib turadi. Quril
ma ishonchli ishlashi uchun friksion material katta va ustuvor ishqa
lanish koeffitsiyentli, ezilishga, yeyilishga, issiqlik va kimyoviy ta ’sir-
larga chidamli hamda yopishib qolmaydigan bo‘lishi kerak.
Friksion materiallar metall va nometall turlaiga bo‘linadi. Metall
friksion materiallarga konstruksion (сталь 10, сталь 45), Olegirlangan
(30 XGSA), (65 T), zanglamaydigan (12X 18 NAT) po'latlar, kul-
rang cho‘yanlar, bronzalar (BrAJMs 10—3—1,5), pishirilgan friksion
materiallar (temir, mis va alumin asosli), xrom metall, berilliy, molib-
denlar kiradi.
Nometall friksion materiallarga asosan asbofriksion formalash
materialli (kauchukli smolali, aralash bog‘lovchili), asbofriksion elas
tik material, karton-tekstolit material, karton-bakelitli material, to ‘qi-
ma bakelitli material, uglegrafit, tabiiy polimerlar (charm, yoq‘och)
kiradi.
Friksion materialni tanlash asosan to ‘rtta bosqichdan iborat.
Dastlab friksion qismni ishlash sharoitlarini va unga qo'yiladigan
tnlablami tahlil qilinib unda quyidagilar aniqlanadi:
• ulanadigan boshlang‘ich va oxirgi tezlik:
• friksion qismga ta ’sir etuvchi kuchlar:
• taxminiy nisbiy yuklama va ishqalanish koeffitsiyentining
o'rtacha qiymati:
•
ishqalanish koeffitsiyentining barqarorligi:
• sirpanishning davomiyligi:
• friksion juftlik elementlardagi hajmiy harorat:
• friksion juftlik elementlarning o ‘rtacha harorati:
• ishqalanish sirtdagi o ‘rtacha harorat:
• bir soatdagi ulashlar soni:
• yuritmaning yetaklovchi va yetaklanuvchi qismlari maxovoy
massalari inersiyasining momenti:
•
issiqlik o ‘tkazish koeffitsiyenti:
• ishqalanish quwatining o ‘rtacha qiymati va uning o ‘zgarish
qonuni.
Friksion qismdan foydalanish sharoitlari tahlil qilinib unga qo‘yi-
ladigan talablar o ‘rganilgach qismni loyihalashga kirishiladi. Qismni
loyihalash friksion materialni xomaki tanlash, qismning ishchanligini
hisobiy-konstruktiv baholash va materialni yakuniy tanlashdan iborat.
Birinchi bosqichda m a’lumotnomalardan ishqalanish juftligining
materiallari tanlanadi. Bunda yeyilishga chidamlilik, friksion toliqish
ishqalanish koeffitsiyenti va yeyilish sur’ati va ularni haroratga bog‘-
liqligi inobatga olinadi.
Ikkinchi bosqichda friksion qurilmaning konstruksiyasi, friksion
juftlikni o ‘zaro qoplanish koeffitsiyenti va o'lcham lari, sovitish usuli
tanlanadi. Ishqalanish jarayonning issiqlik dinamik tenglamasi tuzilib
yechiladi va ishqalanish kuchi tezligi va issiqligini vaqt b o ‘yicha
o'zgarishi aniqlanadi. Hisob natijalariga ko‘ra qism konstruksiyasiga
tegishli o ‘zgarishlar kiritiladi.
U chinchi bosqichda hajmi tanlangan material dasilab standart
sinov mashinalarida, keyin laboratoriya stendlarida so‘ng loyihalan-
gan friksion qism natijasida va nihoyat sanoat sharoitida sinalib
ko'riladi va tegishli xulosalar qilinadi.
|