IV bob.
TRIBOTEXNIK MATERIALLAR VA ULARNI
TANLASH
4.1. T R IB O T E X N IK M A T E R IA L L A R N I V A Z IF A S IG A
Q A R A B T U R L A S H
Ishqalanuvchi detallar vazifasiga qarab konstruksion, friksion,
yeyilishga chidamli va antifriksion materiallardan tayyorlanadi. K o ‘p
hollarda ishqalanuvchi materiallar detaining asosiy materiali ustiga
qoplama, parda tarzida qoplanadi yoki o ‘ matiladi. Ba’zan elektr o ‘t-
kazuvchanlik, kimyoviy ta’ sirga chidamlilik kabi maxsus talabalar
q o ‘ у Uganda ishqalanuvchi detallar po‘ lat va boshqa maxsus qotish-
malar, metallo-keramik va nometal materiallardan tayyorlanadi.
Konstruksion materiallar mustahkam va bikr yoki elastik b o‘ lishi
lozim bo'lgan val, o ‘q, barmoq, tishli g ‘ ildirak, porshen, halqalar,
korpus kabi detallarni tayyorlashda ishlatiladi. Konstruksion material
sifatida asosan p o‘ lat va cho'yanlar ishlatiladi. Friksion materiallar
dan ishqalanish koeffitsiyenti katta bo‘ lishi talab etilgan: tormoz,
friksion mufta va uzatma detallari tayyorlanadi. Friksion materiallar
organik (yoq'och, charm, p o‘ k, namat), metall (cho'yan, maigensli
po'latlar) asbestkauchukli, plastmassa (tekstolit, asbestekstolit, fibra),
metallokramik (mis va temir asosida) tarkibli b o‘ lishi mumkin.
Yoyilishga chidamli materiallar og‘ ir yuklangan sharoitda ham kam
yeyiladi. Ekskovator va yuklagich cho'michining tishlari, kon, quri-
lish, yerga ishlov berish va birkator texnologik mashinalarning ishchi
organlari yeyilishiga chidamli materiallardan tayyorlanadi. Toblangan
konstruksion po'latlar, maxsus p o‘lat va cho‘yanlar, porshenli mate-
rialar, rezina va plastmassalar yeyilishga chidamli b o‘ ladi.
Ishqalanish qismlarida eng ko‘p q o ‘ llaniladigan materiallar me-
tallar b o‘lib, bunga ularning har xil talablarga boshqa materiallardan
ko‘ ra to ‘ laroq javob berishi sababdir. Chunki metallar mustahkam va
egiluvchan, o ‘zaro va nometal materiallar bilan qattiq qotishmalar va
brikmalar hosil qila oladilar.
C h o‘yan va p o‘ latlarning yeyilishga chidamliligi ularning tarkibiy
tuzilishiga bog‘liq. Tarkibida uglerod ko‘ payishi bilan ulaming qattiq
ligi va yeyilishga chidamliligi ortadi. Kristall panjarasining buzilishi va
anizotrop xossasi hamda nuqsonlarning qanday tarqalishi ham aha-
miyatga ega.
P o ‘ lat va cho'yanlarning yeyilishiga chidamUligini oshirish uchun
termik va kimyoviy-termik (sementitlash azotlash, nitrotsementa-
tsiyalash, sianlash, sulfitlash, borlash) ishlovlar qo'llaniladi, xrom,
nikel, marganes, molibden, vannadiylar q o ‘ shib legirlanadi, sirt qat-
lamini soqqalar bilan ezib, xo‘ rdalab, kalibrlab mustahkamligi oshi-
riladi.
Ishqalanish jarayonida materiallaming faol qatlami (sirtiga yaqin
joylari)ni tuzilishi o ‘ zgarib, qatlam xossasini va birinchi navbatda
uning mikroqattiqligining o ‘zgarishiga sabab bo‘ ladi.
Masalan: Traktorlar yon to ‘sig‘ ini zichliligi ishqalanishi tekshiril-
ganda uning sirt qatlamida mikroqattiqlik 9460 n/mm2, sirt qatla-
midan 0,05 mm chuqurlikda esa 7960 n/mm2 bo'lishi tekshirish-
lardan aniqlangan.
Metall faol qatlamining tuzilishini o ‘ zgarishiga asosiy sabab bu
qatlamning yuklanish oqibatida deformatsiyalanishi va mexanik ener-
giyaning issiqlik energiyasiga aylanishi hisoblanadi. Mexanik ta’sir va
issiqlik ta’ sirida sirt qatlami mahalliy kimyoviy tarkibini o'zgarishi
ikkilamchi toblanish yoki bo'shalish, rekristallanish jarayonlari ro‘y
berishi mumkin.
Ishqalanishda hosil bo‘ lgan ikkilamchi austenit va ikkilamchi
martensitning mikroqattiqligi va yeyilishga chidamliligi metalining
boshlang'ich holatidagidan yuqori bo‘ ladi. Yeyilishga chidamlilikga
grafit q o ‘ shimchalar va ferritli evtektiod hal qiluvchi ta’ sir etadi. Fer-
rit bir tomondan mustashkam birikma bo‘ lmagani uchun tez yeyiladi,
lekin ikkinchi tomondan yeyilgan ferrit keyinchalik moy vazifasini
o ‘taydi, g'ovaklam i to ‘ ldirib yuzadagi nisbiy bosimning ozayishiga
sabab bo‘ ladi.
|