sharioitini, ishlayotganda sirt strukturasida tashqi va ichki omillar
ta’ sirida bo'ladigan o ‘zgarishlarni ham inobatga olish kerak b o ‘ ladi.
Tribotexnikada ishqalanish juftligi materialini
tanlash usuli va
tamoyillarini ishlab chiqish bo'yicha katta tajriba to ‘plangan.
Material tanlash tartibi quyidagicha, dastlab ishlatish sharoiti
tahlil qilinadi, geometrik va konstruktiv, qismdan foydalanish, iqtiso-
diy va texnologik talablar o ‘ rganiladi. So‘ ngra material turi xomaki
tanlanadi. Bunda bir qator materiallar (qora
metallar, babbit, bronza,
polimerlar va hokozo) ish sharoitiga moslik jihatdan taqqoslanadi.
Xomaki tanlangan 2-3 xil material asosida ishqalanish qismining
loyihalash va ishonchlilik mezonlari bo'yicha tekshirish hisoblari
bajariladi. Hisoblash-loyihalash natijasida qoniqarli deb topilgan
materiallar tajribada sinab ko‘ riladi. Dastlab laboratoriya sharoitida
model va haqiqiy namunalar, so‘ ng ishlab chiqarish sharoitidagi
sinovlar amalga oshiriladi. Material tanlashda bu borada to ‘plangan
tajribalami, tavsiyalami oldin o ‘ rganib chiqish kerak. Jumladan,
quyidagi qoidalarga amal qilish lozim.
1. Qattiq materialni ish davomida ishqalanish yuzasida hosil b o‘ -
ladigan temperaturadan past temperaturada rekristallashadigan yum-
shoq material bilan birga qo'llash.
2. Kichik va o ‘ rta tezliklarda detallarni
yuqori aniqlikda tayyor-
lash va o'matish, sifatli moylash, iloji b o‘lganda ishqalanuvchi juft-
likni ikkalasini ham qattiq (toblangan, xromlangan, toblangan p o‘lat-
lar) materialdan tayyorlash.
3. Juftlikning ikkalasini ham yumshoq materialdan ayniqsa, ular
bir xil materialdan bo‘ lsa olish mumkin emas (toblanmagan p o‘lat,
aluminli qotishma, xrom, nikel, plastmassa). Bunday juftliklar yeyi
lishga chidamsiz va ishda puxta emas. Yuklanish ozgina oshsa juftlik
da yopishish sodir bo‘ lib, sirtlarda o'yiqlar hosil b o‘ ladi.
4. Y o q ‘ lash qiyin konstruksiyalarda g ‘ ovakli, kukunli materiallar
va antifriksion qotishmalami q o ‘ llash kerak.
5. Friksion va antifriksion material sifatida plastik massalardan
foydalanilsa ishqalanish qismini puxtaligi
va ishlash muddati oshadi,
konstruksiya massasi va rangli metall sarfi ozayadi, mashinaning
akustikasi yaxshilanadi.
6
. Materialni imkoni bo‘lganda «saylanma o ‘tish» rejimi hosil
boiadigan qilib tanlash kerak,
7. P o‘lat detallarini tayyorlash yakunida uning ishqalanuvchi
yuzasiga finishli antifriksion abrazivsiz ishlov (FAASH) berish lozim.
4.3. ANTIFRIKSION MATERIALLAR VA ULARNI
TANLASH
Texnikada ko‘p qo‘llaniladigan antifriksion materillarining tasnifi
4.1-rasmda berilgan. Babbitlar qattiqligi (NV-32)
va erish harorati
(300—400°C) past bo‘lsada, yaxshi xo‘rdalanadigan, po‘lat bilan
ishqalanish koeffitsiyenti kichik va chegaraviy moy pardasini yaxshi
ushlab turuvchi materiallar bo‘lgani uchun nisbiy bosim 10—15 т П а
va tutash sirtdagi harorat 100-200°Cdan oshmaydigan sirpanma
podshipnikdagi po‘lat yoki cho‘yan taglikka 1—3 mm qalinlikda
qo‘yib ishlatiladi.
Ishlatiladigan babbitlar strukturasi bir jinsli, xo‘rdalanish yaxshi
o ‘tishi uchun qattiqligi NV 15—30, toliqishdan
shikastlanishga qarshi-
iigi katta, po ‘lat tanglikka mustahkam birikishi kabi talablarni qon-
dirishi kerak.
Siф anm a podshipnik sifatida mis asosidagi bronza va qisman
iatunlar ham ishlatiladi. Bronza va latunlar podshipniklarda mono-
metall sifatida yoki p o ‘lat tangUk ustiga qatlam tarzida qoplanib
tayyorlanishi mumkin.
Bronzalar p o ‘lat, ayniqsa, toblangan p o ‘lat materiallar bilan ish-
qalanganda yaxshi antifriksion ko‘rsatkichlarga ega. Bronzalar babbit-
larga nisbatan yuqori haroratlarga chiday oladi,
lekin plastikligi past
va xo‘rdalanishi yomonroq bo‘lganligi uchun, ishqalanish qismini
tayyorlash va yig‘ish ishlari aniq bajarilishi, val bo‘yinlari yuqori qat-
tiqlikka ega bo‘lishi kerak.