|
Tarbiya jarayonida pedagogik talab
|
bet | 3/5 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 103,34 Kb. | | #135079 |
Bog'liq Jamoani shakllantirishning istiqbol rejalari Qahramonova Madinabonu - Tarbiya jarayonida pedagogik talab
- Pedagogik talab tarbiya jarayonida boshlangʻich usuli boʻlib, tarbiyalanuvchining muayyan faoliyatini ragʻbatlantirishni yoki toʻxtatishni va aniq amaliy hamda insoniy sifatlarni namoyon qilishni ta’minlaydi.
- Talab qilish usuli oʻquvchilarning koʻpgina axloqiy sifatlarini shakllantirishga yordam beradi, shu bilan birga tarbiyalanuvchilarda oʻziga nisbatan mas’uliyat va talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi.
- Yagona pedagogik talablarni qarab chiqar ekanmiz, faqat bizning jamiyatimizdagina xalqning ma’naviy-siyosiy birligini mustahkamlashda pedagogik talab tarbiya jarayonining ta’sirchan usuliga aylanishi mumkin.
- Oʻqituvchi oʻquvchilar bilan ishlar ekan, ularni faoliyatini tashkil etar ekan, oʻz koʻrsatmalari bilan oʻquvchilarning ayrim harakatlarini ragʻbatlantiradi. Oʻquv va tarbiyaviy ishlar jarayonida ularga muayyan mulohazalar bildiradi, tanbeh beradi yoki ragʻbatlantiradi, yakun yasaydi. Uning ayrim buyruqlari qisqa va loʻnda boʻlib, sezilar-sezilmas majbur qilishga oʻxshab ketsa-da boshqalari acha keng tushintirish yoʻl-yoʻriqlar shakliga ega boʻladi. Bir xillari oʻquvchilarni faqat ishga jalb qilish zaruriyati tufayli, boshqalari bolalarning ayrim koʻnikma va malakalarini oʻzlashtirishga tuzatish kiritish ehtiyoji bilan vujudga kelgan; ayrimlari oʻquvchilarning keraksiz va notoʻgʻri harakatlarini toʻxtatsa, boshqalari muvaffaqiyatli harakatlarni mustahkamlaydi va qoʻllab-quvvatlaydi. Pedagogning talabisiz oʻquvchilarning oʻquv va ijtimoiy foydali faoliyatini tashkil etishni tasavvur etib boʻlmaydi.
- Tajribali pedagog bolalar huzuriga keng harakatlar dasturi bilan birga boradi, oʻz tarbiyalanuvchilaridan har biri qachon nima qilinishini aniq, muayyan tarzda biladi. Zero, talablar ana shu dasturni ularning ishlari va xatti-harakatlarida amalga oshirish vositasidir, xolos. Tarbiya jarayonida pedagogik talablarning asosiy turlari va shakllarini qarab chiqamiz.
- Pedagogning talablari vositasiz talablar boʻlishi mumkin, bunda tarbiyachi ulardan muayyan harakatlarga erishishni kutadi.
|
| |