23
2012-yil 24-27-aprel kunlari “O‘zekspomarkaz”da “Sog‘liqni saqlash – TIHE”
17-xalqaro, “Farmatsevtika sanoati Pharmacy/Pharmtech Central Asia” 7-xalqaro,
“Stomatologiya Stomatology Uzbekistan” 8-xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tib,
mazkur ko‘rgazma yuksak darajada o‘tkazildi. Unda ko‘plab kompaniyalar o‘z
mahsulotlarini namoyish etib, dunyodagi tibbiyot muassasalari va soha ishtirokchilar
bilan shartnoma tuzish imkoniyatiga ega bo‘lishdi
85
.
2012-yilning 7-8-sentabrda Toshkent shahrida O‘zbekiston ftiziatrlari va
pulmonologlari ilmiy-tibbiyot jamiyati Markaziy Osiyo pulmonologlari uyushmasi
bilan hamkorlikda “Ftiziatriya va pulmonologiyaning dolzarb muammolari”
mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi
86
. Shuningdek, 2015-yil
14-oktabrda Toshkentda “Markaziy Osiyoda onkologik kasalliklarni nazorat qilish
yetakchilari” xalqaro forumi ish boshladi.
Tadbirda AQSH, Belgiya, Rossiya,
Turkiya, Armaniston, Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston,
Qirg‘iziston, Avstraliya mamlakatlari va JSSTdan 250 nafar vakillar qatnashdi
87
.
2021-yilda O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasining qator tibbiyot
universitetlari va ilmiy-tekshirish institutlari o‘rtasida mustahkam hamkorlik yo‘lga
qo‘yildi. Hamkorlikda integral ma’ruzalar, amaliyot seminarlari, ilmiy ishlar
taqdimotlari o‘tkazib kelindi. 2021-yil aprelda Rossiyaning I.Mechnikov nomidagi
Shimoli-G‘arbiy davlat tibbiyot universitetidan bir guruh professor-o‘qituvchilar
Samarqand davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurishdi.
Mazkur universitetning
Patologik anatomiya kafedrasi mudiri, “Genlar va moddalar” jurnali bosh muharriri,
professor Roman Deyev va shu kafedra katta o‘qituvchisi Mixail Mavlikeyev
Samarqand davlat tibbiyot institutida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy seminar
hamda akademik mobillik dasturlarida ishtirok etildi
88
.
Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi va “Laxisam” kompaniyasi
koronavirusga qarshi 35 million dozagacha vaksinani O‘zbekistonga
yetkazib
berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 2020-yili 10 million doza, 2021-yili esa yana
25 million doza vaksina yetkazib berish rejalashtirildi. Rossiyaning to‘g‘ridan
to‘g‘ri investitsiyalar fondiga MDH, Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq va Lotin
Amerikasining 50 dan ortiq mamlakatlaridan 2020-2021-yillar uchun 1,2
milliard
dozadan ortiq vaksinaga buyurtmalar kelib tushgan
89
.
O‘zbekiston Markaziy Osiyo Respublikalariga o‘zaro hamkorlik doirasida
doimiy ravishda insonparvarlik yordamini yuborib turdi. Masalan, 2020-yil mayda
Tojikiston Respublikasiga insonparvarlik yordami jo‘natildi. Bu yuborilgan
dori-darmon vositalari “Samarkand England Eco-Medical” O‘zbekiston-Britaniya
qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan edi
90
. Insonparvarlik yordami Qirg‘izistonga
85
Баратов Ҳ. Замонавий тиббиётнинг бугуни ва эртаси // Ўзбекистонда соғлиқни сақлаш, 2012 йил 4 май.
86
Бозорова Д. Долзарб масалалар муҳокамасига бағишланди // Ўзбекистонда соғлиқни сақлаш, 2012 йил
14 сентябрь.
87