24
ham jo‘natildi. Qirg‘iziston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Elvira
Surabaldiyeva COVID-19ga qarshi kurash choralari doirasida ko‘rsatilayotgan
yordam uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi
91
. “Bu koronavirus
infeksiyasiga qarshi kurashga qaratilgan birinchi gumanitar yordam emas.
Shuni ta’kidlashni istardimki, qiyin damda O‘zbekiston tomonining qo‘llab-
quvvatlashi o‘z vaqtida bo‘lmoqda va bu mamlakatlar o‘rtasidagi chinakam
qardoshlik munosabatlarining dalilidir”, – dedi Surabaldiyeva. Tibbiy yuk tarkibida
himoya kiyimlari va ko‘zoynaklari, bir martali ishlatiladigan niqob va qo‘lqoplar,
dori vositalari, COVID-19 ni aniqlash testlari, shpritslar va tomizgichlar o‘rin
oldi
92
.
Ko‘rinadiki, 1991-2021-yillarda O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan
sog‘liqni saqlash sohasining turli yo‘nalishlaridagi aloqalari o‘zining ijobiy
natijalarini berdi.
Xullas, mustaqillik yillarida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasida Turkiya,
Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Koreya Respublikasi va boshqa Janubi-Sharqiy Osiyo
kabi davlatlari bilan keng ko‘lamdagi hamkorlik aloqalarini olib bordi.
Shuningdek, O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan hamkorligida tibbiyot
sohasi asosiy yo‘nalishlardan birini egalladi.
XULOSA
Mazkur
“O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro tashkilotlar