20
sessiyasi bo‘lib o‘tdi. “AQSH hukumat silga qarshi kurashda O‘zbekiston hukumati
bilan
doimiy hamkorlik qilib kelib, bu kabi ko‘p yillik sheriklikdagi sa’y-
harakatlarimiz natijasida biz sil kasalligi ta’sirini yumshatishga va o‘zbekistonlik
oilalarning farovonligini oshirishga o‘z hissamizni qo‘shishiga muvaffaq
bo‘lmoqdamiz”, – deb ta’kidladi Xalqaro press-klubning jonli efirida ishtirok
etgan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi missiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari
Alan Meltser JSSTning ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston ftiziatriya xizmati
bo‘yicha 53 ta mamlakat orasida kuchli uchtalikda o‘rin oldi
64
.
O‘zbekiston AQSh bilan sog‘liqni saqlash sohasining eng jiddiy muammolaridan
biri hisoblangan saraton kasalligiga qarshi kurash bo‘yicha
hamkorlikda qator
loyihalarni amalga oshirdi. 2009-yil 29-iyunda taniqli amerikalik onkolog,
“Maunt Cinay” Tibbiyot maktabi rahbari, Klinik onkologiyasi Amerika jamiyatining
a’zosi Eliot Belenkov “Tibbiy jihatlar va sut bezi saratoni muammosini hal etishda
jamoatchilik tashkilotlarining roli” Xalqaro forumida qatnashdi. Forum O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni
saqlash vazirligi, Sut bezi saratoni bilan kurash bo‘yicha
“Hayot uchun” xotin-qizlar hamjamiyati va Respublika Onkologiya ilmiy markazi
tomonidan tashkil etilgan edi. 2011-yil 6-7-oktabrda Toshkentda II Onkologlar
kongressi o‘tkazilib, anjumanda AQSh vakillari ham faol ishtirok etdi
65
.
O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash choralarini qo‘llab-
quvvatlash uchun 2020-yil 28-iyulda AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va
profilaktikasi markazlari (CDC) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash
vazirligiga qiymati 902000 dollarga teng tibbiyot
vositalari va laboratoriya
jihozlarini hadya qildi. AQShning bu borada O‘zbekistonga ko‘rsatgan umumiy
yordami 6 million dollardan oshdi
66
.
Demakki, AQSH hukumati bu sohada asosiy e’tiborni O‘zbekistonda aholi
orasida ijtimoiy kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish, xususan,
sil kasalligiga
qarshi kurash, bu mavzuda turli anjumanlar o‘tkazish, ushbu yo‘nalishdagi davolash
muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ftizatorlar malakasini oshirish,
kasallikka qarshi vaksina va boshqa tibbiy anjomlar yetkazib berish xarakterida
bo‘ldi.
Xullas, o‘rganilayotgan davrda Yevropa Ittifoqi davlatlari va AQSH bilan
sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik aloqalari respublikamizda aholi salomatligini
muhofaza qilishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Dissertatsiyaning uchinchi bobi – “
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasini