13
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya ishi kirish, uchta bob,
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat bo‘lib, ishning
umumiy hajmi 144 betni tashkil etadi.
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Kirish qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zaruriyati asoslanib,
ishning
maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti aniqlangan. Shuningdek,
dissertatsiyaning fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga
mosligi, ishning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari ko‘rsatib berilgan. Olingan
natijalarning ishonchliligi asoslangan hamda ularning nazariy va amaliy ahamiyati
yoritilgan. Bundan tashqari, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi,
ishning aprobatsiyasi, natijalari, e’lon qilingan ishlar
hamda dissertatsiyaning
tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning “
O‘zbekistonda aholi salomatligini muhofaza qilish va
rivojlantirishda BMT ixtisoslashgan tashkilotlar va jahonning yetakchi
banklarining o‘rni” deb nomlangan birinchi bobining birinchi paragrafi
“Jahon
sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Xalqaro Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF)ning
O‘zbekistonda aholi salomatligini muhofaza qilish tadbirlaridagi ishtiroki deb
nomlanadi.
Jahonda tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona yo‘nalishini aniqlash bo‘yicha
200 dan ortiq tashkilot va uyushmalar faol ishlamoqda. Bunda Jahon sog‘liqni
saqlash tashkiloti (JSST)
10
va Xalqaro Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF
11
) yetakchi
o‘rinni egallab kelmoqda. Jumladan, JSSTning asosiy vazifasi dunyo aholisining
sog‘liqni saqlash muammolarini
hal qilishdan iboratdir
12
. O‘zbekiston 1992-yilning
25-may kuni JSSTga a’zo bo‘ldi
13
. 1993-yildan boshlab JSST BMTning tarkibiy
qismi sifatida O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash sohasidagi xalqaro
va milliy maqsadlariga erishishida katta yordam berib keldi
14
. YuNISEF xalqaro
tashkiloti O‘zbekistonda 1994-yildan boshlab faoliyat ko‘rsatdi
15
.
JSST va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasining turli yo‘nalishlar bo‘yicha
hamkorlik qilib keldi
16
. Masalan, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash, turli
kasalliklarga qarshi kurashish, onalik va bolalikni muhofaza
qilish, hamshiralik ishini xalqaro standartlarga moslashtirish, tibbiyot kadrlarini
10
Основные сведения об Организации Объединённых Нации 2014. – М., 2015. – С. 3-20.
11
UNICEF (United Nations International Children's Emergency Fund) – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar
jamg‘armasi.
12
Устав (Конституция) Всемирной организации здравоохранения: принят в г. Нью-Йорке 22 июля 1946 г. //
Международные организации: материалы и док. / Сиб. ин-т междунар. отношений и регионоведения; сост.:
О.B.Плотникова, Ю.И.Дубровин, В.С.Плотников. – Новосибирск, 2004. – С. 121-131.
13
O‘zbekiston Milliy Arxivi (O’zMA), M-77-fond, 1-ro‘yxat, 1-ish, 7-varaq.
14
O‘z MA, M-77-fond, 1-ro‘yxat, 1-ish, 7-varaq.
15
Luk Van Wassenhove; Joachim Mikalsen; Charles Delagarde: Agility Under Pressure. Insead (27 апреля 2017).
https://advice.uz/uz/document/2678keyword.
16
Ҳакимов Р. Ўзбекистон ва Бирлашган Миллатлар Ташкилоти. – Тошкент, 2001. – Б. 10-55.
14
tayyorlash va ularning malakasini oshirish, tibbiyot fanini rivojlantirish, yuqumli
kasalliklarga (sil, difteriya) qarshi kurashish, xalq tabobati, OIV bilan kasallangan
emizikli chaqaloqlar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarda hamkorlik
qildi.
O‘zbekistonda JSST va YuNISEF tashkilotlarining 1992-yilda “Kasalxona
bolaga mehribondir”
dasturiga muvofiq, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va ular
rivojlanishida yaqindan yordam berish targ‘ib etildi. Mazkur dastur doirasida
“Bolaga mehribon” davolash muassasalari dunyoning 150 dan ortiq davlatlari
qatori respublikamizda ham ochildi
17
.
O‘zbekistonda mustaqillikning ilk yillaridan boshlab, tibbiy kadrlar masalasida
JSST bilan yaqindan hamkorlik qilib, yurtimizda xalqaro kengashlar,
seminarlar,
ilmiy anjumanlar va JSSTning sayyor yig‘ilishlari o‘tkazildi. Bunda tibbiy kadrlar
masalasi keng muhokama etildi. 1993-yilda O‘zbekiston Respublikasida hamshiralar
ishini isloh qilish bo‘yicha ilk chora-tadbirlar olib borilib, hamshiralar tayyorlashga
ham alohida e’tibor berildi
18
.
JSST tibbiyot yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan ham yaqindan
hamkorlik qilib keldi. 1997-2000-yillarda Markaziy Osiyo mintaqasida yagona
bo‘lgan tibbiy parazitologiya ITIda JSST dasturlari asosida leyshmanioz
19
va
bezgak
20
kasalligi ustida ilmiy ishlar olib borildi
21
.
O‘zbekistonda YuNISEF bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda onalik va bolalikni
muhofaza qilish xizmatlarini takomillashtirish”
loyihasi amalga oshirilib, u Yevropa
Ittifoqi va YuNISEF ishtirokida moliyalashtirildi. Loyiha doirasida 8000 nafardan
ortiq tibbiyot xodimlarining malakasi oshirilib, loyiha budjeti 5 mln. yevrodan
ortiq bo‘ldi
22
.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarning ijobiy natijalarida
JSSTning xizmatlarini doimiy e’tirof etib bordi. 2010-yilda tashkilotning
O‘zbekistondagi vakolatxonasiga 2006-2011-yillarda rahbarlik qilgan Shvetsiyalik
Mishel Tayd “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
23
.
17
Xalmatova B. Tibbiyot kasbiga kirish, Bolalar davolash-profilaktik muassasalari ishini tashkillashtirish – Toshkent,
2018. – B. 127.
18
Зокирова К.Ў., Тўхтаматова Д.О., Мирзаҳоева С.А. Ҳамширалик иши асослари. Ўқув қўлланма. – Тошкент,
2012. – Б. 7.
19
leyshmanioz
– odam va hayvonlarda uchraydigan kasallik. Koʻproq tropik va subtropik iqlimli mintaqalarda qayd
etiladi. Leyshmaniyalar qoʻzgʻatadi va iskabtoparlar orqali yuqadi. Infeksiya manbai kemiruvchilar hisoblanadi.
20
Bezgak (
ital. malaria, mala aria – badboʻy havo) – bezgak plazmodiylari qoʻzgʻatadigan invazion kasallik; isitma
tutishi, qonda jiddiy oʻzgarishlar sodir bo’lishi, kamqonlik, jigar va taloqning kattalashuvi bilan kechadi.
21
Джуманов С. Ўзбекистонда соғлиқни сақлаш тизими асосий йўналишларининг
ривожланиши тарихи
(1991-2015 йй.) Tарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган
диссертацияси. – Тошкент, 2019. – Б. 58.
22
Ўзбекистонда оналик ва болаликни муҳофаза қилиш хизматларини такомиллаштириш. – Тошкент, 2016.
– Б. 20-24.
23
Рахимов М., Абдимўминов О. Ўзбекистон ва БМТ: муносабатлар тарихи ва барқарор ривожланиш омиллари.
– Тошкент: Ҳамкорнашр. – 2021. – Б. 133.
15
2012-yilda Yevropaning “Salomatlik – 2020” dasturi qabul qilinib, ushbu
dastur doirasida ham JSST va O‘zbekiston hamkorligi davom ettirildi
24
.
2019-yil 20-may kunida Jenevada JSST Assambleyasi (JSSA)ning 72-sessiyasida
O‘zbekiston dunyoning oz sonli mamlakatlari qatorida o‘z hududida bezgakni
to‘liq yo‘q qilishga erishgani e’tirof etildi
25
.
2020-yil fevralda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va JSSTning
Yevropa mintaqaviy byurosi o‘rtasida 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan ikki yillik
hamkorlik kelishuvi imzolandi. Ushbu hujjat o‘zaro maslahatlashuvlar asosida
ishlab chiqilgan bo‘lib, mustahkam hamkorlik uchun asos bo‘lib xizmat qiladi
26
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev pandemiya sharoitida
davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeks loyihasini JSSTga
taqdim etdi. Ushbu loyiha 2020-yil 17-19-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining
75-sessiyasida ilgari surildi
27
.
Xullas, O‘zbekistonda istiqlol davrida aholi salomatligini
muhofaza qilish
tadbirlarida JSST va YuNISEF tashkilotlari faol ishtirok etib, sohani rivojiga
sezilarli hissa qo‘shdi.
Ushbu bobning ikkinchi paragrafi “
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasiga