• Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
  • Tadqiqotning amaliy natijalari




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/34
    Sana16.12.2023
    Hajmi1,6 Mb.
    #120570
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
    Bog'liq
    o579hZGjXwYk6WO

    Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: 
    O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasidagi xalqaro tashkilotlar va xorijiy 
    mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarining huquqiy-me’yoriy asoslarini mustahkamlash 
    va takomillashtirish, xorijiy davlatlar tibbiyot muassasalari va o‘quv yurtlari 
    filiallari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va tibbiyot ta’limi sohasida qo‘shma ta’lim 
    dasturlarini tashkil etish, tibbiyot xodimlari malakasini oshirish tizimi bo‘yicha 
    aloqalar ko‘lamini kengaytirish, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda ekologik 
    jihatdan vaziyati jiddiy bo‘lgan Orolbo‘yi mintaqasida “yashil tibbiyot” loyihalarini 
    kengroq amalga oshirish, “O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasini tashkil etishda 
    xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 
    tashkil etish bo‘yicha xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan; 
    sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlik tarixiga oid oid arxiv ma’lumotlari, 
    davriy matbuot materiallarini o‘rganish va taqqosiy tadqiq qilish asosida tibbiyot 
    tizimidagi xalqaro aloqalar tarixini o‘rganishning nazariy jihatlari aniqlangan. 
    O‘zbekistonda JSSTning DOTS, LEANING va boshqa qator dasturlari bilan 
    sog‘liqni saqlash sohasining yo‘lga qo‘yilishida yirik mamlakatlar bilan hamkorlik 
    aloqalari ketma-ketligi ko‘rsatib berilgan; 
    Jahon bankining Salomatlik-1, Salomatlik-2, Salomatlik-3 dasturlari va Osiyo 
    taraqqiyot banklari bilan O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasida turli xil 
    yuqumli kasalliklarga qarshi kurash masalasi ochib berilgan. 
    O‘zbekistonda aholi salomatligini muhofaza qilish sohasini yo‘lga qo‘yishda 
    g‘arb davlatlari bilan hamkorlik aloqalari tarixi batafsil yoritib berilgan. 
    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi dissertatsiyada qo‘yilgan vazifalar 
    1991-2021-yillarda O‘zbekistonda sog‘liqni salqash sohasida xalqaro tashkilotlar 
    va xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarining shakllanishi va rivojlanishiga 
    doir arxiv hujjatlari, jumladan, respublika Milliy arxiv fondlaridagi hujjatlar, davriy 
    matbuot materiallari asosida yozilgani, tadqiqot natijalari vakolatli tuzilmalar 
    tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi. 

    Download 1,6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish