• Tadqiqot natijalari
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/34
    Sana16.12.2023
    Hajmi1,6 Mb.
    #120570
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
    Bog'liq
    o579hZGjXwYk6WO

    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ishning ilmiy ahamiyati 
    shundaki, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik aloqalari tarixiga 
    oid tadqiqot usullari va sog‘liqni saqlash sohasi tarixiga doir ma’lumotlarni 
    boyitishga hamda o‘rganishga doir nazariy xulosalar hamda uslubiy yondashuvlarni 
    ishlab chiqishga xizmat qiladi.
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati. Respublikada sog‘liqni saqlash 
    sohasini yo‘lga qo‘yishda nufuzli xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan 


    12 
    hamkorlik aloqalarining tarixi, amalga oshirilgan islohotlar, muammolar tarixiy 
    nuqtai nazardan xolisona tahlil qilinganligi, xulosa, taklif va tavsiyalardan soha 
    tarixiga doir tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash hamda sog‘liqni saqlash tizimiga oid 
    davlat dasturlarini ishlab chiqishda bevosita qo‘llanilishi mumkinligi bilan 
    izohlanadi. 
    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash 
    sohasini yo‘lga qo‘yishda xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan hamkorlik 
    aloqalari tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida: 
    mustaqillik yillarida JSSTning O‘zbekiston aholi salomatligini muhofaza 
    qilish tadbirlariga ko‘magi, “Salomatlik” loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik 
    aloqalari, xorijiy davlatlar bilan tibbiy kadrlar tayyorlash tadbirlari, shuningdek, 
    sog‘liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish uchun xorij tajribalarini o‘rganish 
    va O‘zbekiston sharoitiga ma’qul jihatlarini amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy 
    tibbiyot asbob-uskunalarini xorijdan keltirilishini rag‘batlantirish, xususan, 
    sog‘liqni saqlash tizimi moddiy texnika bazasini kuchaytirish bo‘yicha tarixiy 
    dalillar va ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 
    “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2021-yil 14-aprelda efirga uzatilgan “Taqdimot” 
    ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy 
    teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 
    2021-yil 5-maydagi 02-40-669-son ma’lumotnomasi). Bu esa O‘zbekistonda aholi 
    salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan hamkorlik aloqalarining 
    qanchalik muhim vazifalardan biri ekanligini ko‘rsatib berishga xizmat qilgan. 
    O‘zbekistonda aholi salomatligini muhofaza qilish ishini yo‘lga qo‘yish va 
    rivojlantirishda BMT ixtisoslashgan tashkilotlarining o‘rnini ko‘rsatib berish, 
    JSST va Xalqaro bolalar jamg‘armasi (YuNISEF)ning O‘zbekistonda aholi 
    salomatligini muhofaza qilish tadbirlaridagi ishtirokini yoritish, O‘zbekiston 
    sog‘liqni saqlash sohasiga Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki loyihalarining 
    tatbig‘ini ochib berish, Yevropa Ittifoqi davlatlarining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash 
    sohasi rivojiga qo‘shgan hissasi hamda O‘zbekiston va AQShning sog‘liqni 
    saqlash sohasidagi aloqalarini yoritib berish, shuningdek, sohani rivojlantirishda 
    Osiyo va MDH davlatlari bilan hamkorlikning o‘rnini yoritish kabi ilmiy 
    natijalaridan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” darsligini tayyorlashda 
    foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 
    (guvohnoma №302-0330) 2022-yil 9-sentabrdagi 302-sonli buyrug‘i). Bu 
    ma’lumotlar Yangi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimida hamkorlik aloqalari tarixi 
    bugungi kunda ham dolzarb masala ekanligini talabalar ongiga yetkazishga xizmat 
    qilgan. 

    Download 1,6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati

    Download 1,6 Mb.
    Pdf ko'rish