va AQSH bilan sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorligi”




Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/34
Sana16.12.2023
Hajmi1,6 Mb.
#120570
TuriReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Bog'liq
o579hZGjXwYk6WO

va AQSH bilan sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorligi” birinchi paragrafi 
“Yevropa Ittifoqi davlatlarining О‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi rivojiga 
qo‘shgan hissasi” deb nomlanadi. 
O‘zbekiston hukumati va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida hamkorlik 1992-yil 
15-aprelda memorandum imzolanishi bilan boshlandi
42
. Yevropaning yetakchi 
xorijiy firmalar bilan ko‘plab bitimlar tuzildi. Masalan, mustaqillikning 
dastlabki yillarida Sirdaryo viloyatida Shvetsiya davlatining “Farmadul AB” 
firmasi, Qashqadaryo viloyatida Italiyaning “Sayko” firmasi, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida Germaniyaning “Nibeso” firmasi bilan birgalikda infuzion 
aralashmalar ishlab chiqaradigan zavod qurish to‘g‘risidagi masalalar o‘rtaga 
qo‘yildi
43
. 1992-1997-yillarda O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan 
hamkorlikda dori-darmonlar ishlab chiqarish bo‘yicha 9 ta qo‘shma korxona 
tashkil etdi. Birgina 1997-yilda mazkur qo‘shma korxonalarda 873,0 mln. so‘mlik 
vaksina va zardob ishlab chiqarildi
44
.
Yevropa Ittifoqi davlatlari doimiy ravishda O‘zbekistonga insonparvarlik 
yordamini ko‘rsatdi. 1993-yili O‘zbekistonga muruvvat yordami yo‘li bilan Buyuk 
Britaniya, Gollandiya, Germaniya, Finlandiya kabi Yevropa davlatlaridan 60 mln. 
AQSH dollariga teng dori-darmonlar va tibbiyot ashyolari olib kelindi
45

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan hamkorligida farmatsevtika 
sohasi asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. O‘zbekiston dori-darmonlar ehtiyojlarini 
yanada to‘laroq qondirish maqsadida Germaniyaning “Xyoxst”, “Sanovita”, 
Chexiyaning “Lechiva”, Shveytsariyaning “Treyding”, Ukrainaning “Intergexfarm” 
firmalari bilan qo‘shma korxonalar tuzildi
46
.
Keyingi yillardan Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan hamkorlik ko‘lami yanada 
kengayib bordi. Masalan, 1997-yili O‘zbekiston Turkiya va Chexiya Respublikalari 
40
Ўзбекистонда соғлиқни сақлаш, 2021 йил 28 май.
41
https://review.uz/oz/post/osiyo-taraqqiyot-bankining-ozbekistondagi-vakolatxonasi-ozbekistonda-pandemiyani-
yengib-otish-uchun-hamkorlikni-chuqurlashtirish
42
Юн С. Политика Европейского союза в Центральной Азии в 1992-2001 гг.: Автореф. дисс. канд. ист. наук. 
– Томск, 2005. – С. 3. 
43
O‘z ITTH MA, M-372-fond, 1-ro‘yxat, 85-ish, 83-varaq.
44
O‘z ITTH MA, M-372-fond, 1-ro‘yxat, 3391-ish, 32-varaq.
45
O‘z ITTH MA, M-372-fond, 1-ro‘yxat, 166- ish, 284-varaq.
46
O‘z ITTH MA, M-372-fond, 1-ro‘yxat (davomi), 407-ish, 121-varaq. 


18 
bilan sog‘liqni saqlash sohasida bitimlar imzoladi. O‘zbekistondan 60 nafardan 
ortiq tibbiyot xodimlari tajriba almashish uchun Yevropa davlatlariga yuborildi
47
.
1999-yil 27-avgustda O‘zbekiston Respublikasi hukumatining dori-darmonlar 
ishlab chiqaruvchi xorijiy kompaniyalarning investitsiyalarini jalb etish bo‘yicha 
“O‘zmedeksport” Respublika tashqi iqtisodiy korxonasi kechiktirilgan to‘lov sharti 
bilan yetishmaydigan dori-darmonlarni sotib olish uchun shartnomalar tuzdi. 
Sloveniyaning “Lek”, Germaniyaning “Berlin-Xemi Ag” firmalaridan to‘liq hajmda 
dori-darmonlar keltirildi
48
. Bundan tashqari, xorijdan ko‘plab tibbiy asbob-uskunalar 
olib kelindi. Masalan, 2000-yilda Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash muassasalari 
Germaniyaning 23,4 mln. nemis markasi hajmida tibbiy asbob-uskunalar bilan 
ta’minlandi. Natijada soha moddiy-texnik bazasi sezilarli darajada yaxshilandi
49

O‘zbekistonda aholini salomatligini mustahkamlash doirasida tibbiyoti 
rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda 100 taga yaqin xususiy klinikalar ochildi. 
Ularning aksariyati Yevropa davlatlari hisobiga to‘g‘ri keldi
50

2006-yilda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi o‘zbekistonlik 
19 nafar bolani Germaniyaga yubordi. Loyiha doirasida Toshkent Tibbiyot akademiyasi, 
“Alisher tibbiyot” xususiy stomatologiya klinikasi, Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo, 
Farg‘ona viloyatlari shaharlarining markaziy shifoxonalarida 180 nafar bemor bola 
operatsiya qilindi
51

O‘zbekiton va Yevropa Ittifoqi davlatlarining tibbiyot sohasidagi hamkorligining 
asosiy yo‘nalishlaridan biri bu tez tibbiy yordam xizmatiga qaratildi. 2009-2010-yil 
Yevropaning qator davlatlaridan O‘zbekiston (RSHTYoIM) va uning viloyat 
filiallariga 6,2 mln. AQSH dollariga teng jihozlar va dori-darmonlar keltirildi
52

Shuningdek, 2010-yili O‘zbekistonning 130 ta tumanidagi tez tibbiy yordam 
bo‘limi va shoxobchasida 3,1 milliard so‘mlik ta’mirlash ishlari bajarildi
53

1992-2013-yillar davomida tibbiyot xodimlari malakasini oshirish dasturlari 
doirasida O‘zbekistonning turli tibbiy markazlari, klinikalari, shifoxonalaridan 
jami 500 nafar tibbiyot xodimlari Yevropa mamlakatlarining yetakchi tibbiyot 
markazlari va klinikalarida malaka oshirishdan o‘tdi
54
.
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning koronavirus pandemiyasiga qarshi tizimli 
kurashini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 million yevro ajratdi
55
. Shuningdek, 
2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Gollandiyaning 
“Philips Healthcare” kompaniyasi hamkorlikda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli 
47
O‘z ITTH MA, M-372-fond, 1-ro‘yxat, 3391-ish, 31-varaq.
48
O‘z ITTH MA, M-372-fond, 1-ro‘yxat, 3430-ish, 58-varaq.
49
O‘z ITTH MA, M-372-fond, 1-ro‘yxat, 527- ish, 110-varaq.
50
Action Strategy Inplementation Outcomes on Five Priority Development Areas of Uzbekistan 2017-2021 
[Factbook]: Publication co-authors: B.Bekmurodov, A.Mamatkhanov, Sh.Saparov, D.Turakhanov, U.Muhammadiyev, 
U.Radjabov, Sh.Yunusov. – Toshkent: Baktria press, 2021. – P. 108.
51
Германияда даволаниш учун // Тошкент оқшоми, 2006 йил 14 август. 
52
O‘z SSV IA, M-233, 7-ro‘yxat (davomi), 3727-ish, 144-varaq.
53
Соғлом авлод – миллат келажаги // Ўзбекистон овози, 2013 йил 25 апрель.
54
O‘z ITTH MA, 1-fond, 1-ro‘yxat, 996-ish, 48-varaq. 
55
Раҳмонов Б. Вакциналардан фойдаланиш жараёни қандай ташкиллаштирилмоқда // Ўзбекистонда соғлиқни 
сақлаш, 2021 йил 22 январь. 


19 
tibbiyot markazi qoshida kardiologiya bo‘limini tashkil etish loyihasini amalga 
oshirdi
56

Xullas, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash taraqqiyotiga Yevropa Ittifoqining 
yetakchi davlatlari sezilarli hissa qo‘shdi. 
Ushbu bobning ikkinchi paragrafi “О‘zbekiston va AQShning sog‘liqni 

Download 1,6 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



va AQSH bilan sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorligi”

Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish