muhofaza qilishda Osiyo va MDH davlatlari bilan hamkorlikning o‘rni”




Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/34
Sana16.12.2023
Hajmi1,6 Mb.
#120570
TuriReferat
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Bog'liq
o579hZGjXwYk6WO

muhofaza qilishda Osiyo va MDH davlatlari bilan hamkorlikning o‘rni”ning 
birinchi paragrafi “O‘zbekistonning Osiyoning yetakchi mamlakatlari bilan aholi 
salomatligini muhofaza qilish sohasidagi hamkorligi” deb nomlanadi.
O‘zbekiston Osiyoning Turkiya, Hindiston, Xitoy, Koreya Respublikasi, 
Yaponiya, Malayziya, Singapur kabi yetakchi davlatlari bilan sog‘liqni saqlash 
sohasida hamkorlik qildi. Masalan, O‘zbekistonning Turkiya bilan tibbiyot sohasidagi 
64
Соатова И. Тиббиёт соҳасида халқаро ҳамкорлик // Ўзбекистонда соғлиқни сақлаш, 2021 йил 26 март.
65
O‘z R SSV joriy arxivi materiallari.
66
https://uzpharmagency.uz/uz/news/aqsh-ozbekistonga-tibbiyot-vositalari-va-laboratoriya-jihozlarini-hadya-qildi.


21 
hamkorligi 1991-yil 19-dekabrda imzolangan hukumatlararo bitimlarga muvofiq 
olib borildi
67
. O‘zbekiston 1993-yildan Turkiyaning hamkorlik va muvofiqlashtirish 
agentligi (TIKA)
68
bilan tibbiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik 
aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. 1993-2017-yillar davomida TIKA tomonidan O‘zbekistonga 
30 million AQSH dollaridan ziyod mablag‘ ajratildi
69
. 2008-2009-yillar davomida 
Turkiya tomonidan O‘zbekistonga yordam sifatida umumiy miqdori 2.72 million 
AQSH dollari miqdoridagi vaksinalar yetkazib berildi
70

Ikkala davlatning tibbiyot o‘quv yurtlari o‘rtasida ham aloqalar yo‘lga 
qo‘yildi. Masalan, 1992-1998-yillar davomida O‘zbekistondagi tibbiyot institutlarida 
turkiyalik 17 nafar talaba tahsil oldi. 2009-2017-yillar mobaynida O‘zbekistonda 
turk mutaxassislari 760 nafar bemor bolalarda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdi. 
2014-yilda Toshkentda Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi ko‘magida 
Markaziy Osiyodagi ilk Suyak iligi transplantatsiyasi markazi ochilgan bo‘lsa, 
2015-yilda esa Respublika Ginekologiya va akusherlik ixtisoslashtirilgan ilmiy 
markazi qoshida Simulyatsiya o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi
71

O‘zbekistonning Hindiston bilan sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorligida 
farmatsevtika tarmog‘i yetakchilik qilib, 1997-yilda shu sohada Hindistonning 
“Soche” firmasi bilan qo‘shma korxona tuzildi va dori-darmonlar ishlab chiqarish 
yo‘lga qo‘yildi
72
.
Toshkent Farmatsevtika instituti qoshida 2002-yildan Dori vositalarni 
standartlash ilmiy markazi (DVSIM) tashkil etildi
73
. Ilmiy markaz xodimlari 
Hindistondagi NIPER farmatsevtika instituti bilan aloqlar o‘rnatdi. Markaz 
Hindistonning “Meditab Specialities PytLik” “UZPHARMLCFRE”, “Shayana 
Farm”, t “Gufic Avicenna”, “Nabros Pharma Pyt. Ltd”, “OMNI LENS PVT. LTD” 
kabi kompaniyalari bilan turli loyihalarda hamkorlik qildi
74
.
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishda Koreya tajribasi 
ancha qo‘l keldi. 2007-yili Koreya Respublikasining “UNIDUS” korporatsiyasi 
tomonidan O‘zbekistonga muruvvat yordami yuklari yuborilib
75
, ularining katta 
qismini tibbiy anjomlar tashkil etdi. 
2012-yil mayda Toshkent shahrida o‘tkazilgan 17-Xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasida 
Koreya Respublikasining “BIOVISION” tibbiyot kompaniyasi umurtqa pog‘ona 
kasalliklariga tashxis qo‘yib, uni davolashga mo‘ljallangan uskunalarni namoyish 
qilishdi
76
.
67
Уз.А. Документы, подписанные в Турции // Народное слово, 1991 год, 21 декабря. – №245. – С. 1. 
68
TIKA – Turkiya Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti.
69
Халқ сўзи, 2018 йил, 28 апрель. 
70
Соатова И. Мақсадлар муштараклиги // Ўзбекистонда соғлиқни сақлаш, 2009 йил 4 декабрь.
71
Imamov B.X. O‘zbekiston va Turkiya davlatlari o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar (1991-2018 yy.). 
Monografiya. – Qarshi: Intellekt nashriyoti, 2021. – Б. 105-115. (166 b.).
72
O‘z ITTH MA, M-372-Fond, 1-ro‘yxat (davomi), 407-ish, 121-varaq.
73
Тошкент Фармацевтика институти. – Тошкент, 2007. – Б. 32. 
74
Toshkent Farmatsevtika instituti joriy arxivi materiallari, Institut kutubxonasida ta’lim muassasi tarixiga doir 
saqlanayotgan ma’lumotlar jamg‘armasi materiallari. 
75
O‘zR MA, M-37-fond, 1-ro‘yxat, 8124-ish, 13-varaq. 
76
Баратов Ҳ. Замонавий тиббиётнинг бугуни ва эртаси // Ўзбекистонда соғлиқни сақлаш, 2012 йил 4 май.


22 
Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) 1993-yili O‘zbekistonga 
1 mlrd. AQSH dollari miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatdi. Shu yilda Yaponiyadan 
O‘zbekistonga birinchi tibbiyot sohasidagi texnik mutaxassislar keldi
77
.
Yaponiya O‘zbekistonga onalik va bolalikni muhofaza qilish tadbirlarida ham 
yaqindan ko‘mak berdi. 1995-2002-yillar davomida Yaponiya O‘zbekistonning 
tug‘uruq va bolalar muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha 
katta yordam ko‘rsatdi. Masalan, 1996-yilda Yaponiya granti asosida Toshkent 
Pediatriya tibbiyot institutining klinikasi va Pediatriya ITI umumiy qiymati 650 
million yapon iyeniga teng bo‘lgan tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi
78

O‘zbekistonning Xitoy bilan sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorligi ayniqsa, 
pandemiya sharoitida kuchaydi. O‘zbekiston Xitoyning “Zhifei Logcom 
Biopharmaceutical Co.,Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda “ZF 2001” vaksinasini 
klinik sinovlardan o‘tkazdi. O‘zbekistonga 8 nafar xitoylik mutaxassis tashrif buyurdi 
va 3133 nafar ko‘ngillida vaksinatsiyaning klinik sinovlari amalga oshirildi
79
.
Xullas, O‘zbekistonning Osiyo yetakchilari bilan aholi salomatligini saqlash 
sohasidagi hamkorlik aloqalari o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatdi. 
Uchinchi bobning ikkinchi paragrafi “O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan 

Download 1,6 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



muhofaza qilishda Osiyo va MDH davlatlari bilan hamkorlikning o‘rni”

Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish