Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/551
Sana15.05.2024
Hajmi15,84 Mb.
#234763
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   551
Bog'liq
Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20

NAV - norm of absolute value
) va Liliyen 
indeksidan foydalanadi. 
Absolyut qiymat normasi tarkibiy o‘zgarishlarni o‘lchash uchun eng sodda 
ko‘rsatkichdir. Ushbu indeks quyidagi formula orqali hisoblanadi: 
∑| 
|
(1) 
bunda 
va 
s
va 
t
vaqtda 
i
– tarmoqning (yoki ish bilan bandlar)ning jami yalpi ichki 
mahsulot (bandlar)dagi ulushi. 
NAV nol va bir oralig‘ida bo‘ladi, shuning uchun uni sharhlash juda oddiy. Bu esa tarkibiy 
o‘zgarish tarmoqlarning butun iqtisodiyotdagi ulushi harakatiga aynan teng ekanini 
ko‘rsatadi. Agar tarkibiy tuzilma o‘zgarishsiz qolsa, indeks nolga teng bo‘ladi. Agar barcha 


145 
tarmoqlardagi o‘zgarish eng yuqori darajada bo‘lsa – bu butun iqtisodiyotning to‘liq 
o‘zgarganini anglatadi va indeks birga teng bo‘ladi. 
Liliyen indeksi iqtisodiy tadqiqotlarning bir qator sohalarida tarkibiy o‘zgarishlarning 
muhim o‘lchovidir. Liliyen indeksidan tarkibiy ishsizlikning determinantlari tadqiqi 
bo‘yicha adabiyotlarda ish bilan bandlik tarkibining tuzilmaviy o‘zgarishi o‘lchovi sifatida 
keng foydalaniladi. Bilvosita, u ishchi kuchiga talabning mahsulot (iqtisodiyot) tarkibidagi 
tarmoq siljishlariga ta’sir qilish darajasini o‘lchaydi. 
Liliyen tarmoq o‘sish sur’atlarining 
t – 1
davrdan 
t
davrgacha bo‘lgan standart og‘ishini 
o‘lchaydigan indeksni ishlab chiqqan. Mamlakatning har bir mintaqasi uchun Liliyen 
indeksi tarmoq ulushi ortishidagi farqqa bo‘lgan talabning tarkibiy o‘zgarishini o‘lchaydi. 
Tarkibiy o‘zgarish darajasini o‘lchashda 
Liliyen indeksi
asosida 
takomillashtirilgan Liliyen 
indeksi
(MLI – 
modified Lilien index
) quyidagicha hisoblanadi: 
√∑
(
)
(2) 
MLI darajasining past bo‘lishi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar sekin sur’atdaligi, 
uning yuqori darajasi esa o‘zgarishlar sur’ati yuqori ekanini anglatadi. 
Indikativ rejalashtirish usuli – bu barcha darajadagi prognozlar, dasturlar, rejalar va reja 
ko‘rsatkichlarini hisob-kitob qilish tizimining vaqt chegaralarini ishlab chiqish, asoslash va 
tahlil qilish usullarining yig‘indisidir. Indikativ rejalashtirish usuli deganda uning 
yordamida rejalashtirishning qandaydir muammosi hal etilib, prognozlar, dasturlar va 
rejalar ko‘rsatkichlarining son qiymatlari hisoblab chiqiladigan muayyan usul, texnik usul 
tushuniladi. 
Indikativ rejalashtirish muammolarining tarkibida farqlar mavjudligi tufayli prognozlar, 
dasturlar va rejalar ishlab chiqishning bir necha usullaridan foydalaniladi. Ular jumlasiga 
quyidagilar kiradi: ekspert (baholash) yoki evristik usullar; ijtimoiy-iqtisodiy tahlil usullari; 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri muhandislik-iqtisodiy hisob-kitoblar usullari; balans usuli; iqtisodiy-
matematik usullar va modellar; tizimli tahlil va sintez usullari. 
Shunday qilib, iqtisodiy hisob-kitoblarda axborot texnologiyalarini qo‘llash oqilona 
yondashuv chog‘ida qishloq xujaligiga va firmaga jalb etiladigan axborot oqimlari 
maydonini kepaytirish, axborot oqimlarini tezlashtirish, zararlarni kamaytirish va o‘z 
faoliyatini xavfsizlantirish imkonini beradi. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumot va ko‘rsatkichlarga asoslanib, aytish mumkinki, ushbu 
sohada ham zamonaviy milliy innovasion tizimlarni avtomatlashtirish, yuqori 
texnologiyalardan foydalanish raqamli va innovasion rivojlanish hamda ma’lum soha 
takomillashishining asosiy omillaridan biridir. 

Download 15,84 Mb.
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   551




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming

Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish