144
ko‘rsatkichlar o‘sishi natijasida ushbu soha yaqin kelajakda yuqori darajada rivojlanishini
prognoz qilish mumkin. Raqamli iqtisodiyot jahon miqiyosida rivojlanayotgan sharoitda
iqtisodiyotni modernizasiyalashtirish, innovasion rivojlantirish, bilimlarga asoslangan
iqtisodiyotni qurish bugungi kunning hamda yaqin kelajakning asosiy vazifalaridan
hisoblanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida korxonalarning ishlab chiqarish tarmoqlarini istiqbolli va
yuqori texnologiyalarga asoslangan mexanizmlarini takomillashtirishda, ishlab chiqarish
potensiali samaradorligini oshirishda ishlab chiqarish jarayonlarini ekonometrik
modellashtirish asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
So‘nggi yillarda aloqa va axborotlashtirish sohasiga hukumat tomonidan katta e’tibor
berilmoqda. Mamlakatda axborot kommunikasiya texnologiyalari vazirligi tashkil etildi,
Aloqa va axborotlashtirishni innovasion rivojlanish strategiyasi amaliyotga joriy etilmoqda.
Shu sababdan mamlakatimizda yangi ilmiy–texnikaviy, intellektual faoliyat evolyusion
ravishda rivojlanmoqda. Aksariyat intellektual mahsulotlar Fanlar akademiyasi, ilmiy
tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, viloyat aloqa axborotlashtirish
davlat unitar korxonalarda yuqori tajribaga ega mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi
va shartnoma asosida aloqa va axborotlashtirish xizmatlar ko‘rsatiladi.
Davlat tashkilotlari, ilmiy tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalarida ishlab
chiqilgan yoki chiqilayotgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari, asosan, indikativ
rejalashtirish usulida shakllanib, axborotlashtirish jarayonlari amalga oshirilishi kuzatiladi.
O‘zbekistonda keyingi yillarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha izchil chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda elektron hujjat
almashinuvi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun elektron tijorat
tizimlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Shu bilan birga, sohadagi ishlar haqiqiy
ahvolining tahlili markazlashgan ma’lumotlar tizimiga integrasiyani ta’minlaydigan yagona
axborot – texnologik platformaning mavjud emasligi natijasida joriy etilayotgan dasturiy
hujjatlar tarqoq ekanini ko‘rsatmoqda.
Tadqiqot jarayonida indekslarni hisoblashda ish bilan band aholining asosiy iqtisodiy
faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi ko‘rsatkichlaridan foydalanamiz. Ular quyidagi 11 ta
asosiy iqtisodiy faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi: qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi; sanoat;
qurilish; savdo; tashish va saqlash; yashash va ovqatlanish xizmatlari; aloqa va
axborotlashtirish xizmatlari; moliyaviy va sug‘urta faoliyati; ta’lim; sog‘liqni saqlash va
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish; san’at, ko‘ngil ochish va dam olish. Asosiy iqtisodiy faoliyat
turlari tarkibiga kiritilmagan faoliyatlar xizmat ko‘rsatishning boshqa turlari sifatida
umumlashtirildi va hisob-kitoblar jami 12 ta iqtisodiy faoliyat turlarida bandlar miqdori
asosida Ditrix usulidan foydalanamiz.
Ditrix iqtisodiy o‘sish va tarkibiy o‘zgarishlar o‘rtasidagi aloqadorlik yuzasidan olib
borgan tadqiqotida absolyut qiymat normasi (