197
Hozirgi zamonaviy gaznachilik tizimi barpo bo‘lguncha axborot kommunikatsiyasi
texnologiyalaridan foydalanilgan holda dasturchilar tomonidan DMBAT (Davlat mablag‘lari
budjetini avtomatlashtirish tizimi) dasturi, keyinchalik DMBAT-1, DMBAT-2, DMBAT-3 va
DMBAT-4 dasturlari dasturchilar tomonidan yaratildi.
Budjet jarayonini samarali tashkil qilishning amaliy ishlarini g‘aznachilik nazoratidan
chetda tasavvur etib bo‘lmaydi. G‘aznachilik tizimi budjet daromadlari va xarajatlarini
yagona g‘azna hisobraqamiga jalb qilish, pul oqimlarini to‘g‘ri va samarali boshqarish,
rejalashtirish, moliyaviy oqimlarning esa ilk va joriy nazoratini amalga oshirish, shu
jumladan, davlat budjetini yuqori operativlikda ijro etish imkoniyatining kengayishiga
xizmat qiladi.
Davlat moliyasini boshqarishni, shu bilan bir qatorda davlat budjetini ijro etishda asosiy
mexanizmlardan biri hisoblangan g‘aznachilik tizimini tashkil etish va uni shakllantirishda
xorij mamlakatlarining tajribasi ham axborot kommunikatsion texnologiyalariga tayangan
holda yaratilgan.
Davlat moliyaviy resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimiga asos solish
davlat moliyasining holati to‘g‘risida tezkor va ishonchli axborotlarga ega bo‘lish uchun
imkoniyatlar eshigini ochib beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishning
ta'minotdir. Yana aytish mumkinki, davlat budjetida mablag‘lardan samarali hamda
maqsadli foydalanish maqsadida ham g‘aznachilik tizimi joriy qilindi. Ushbu tizimning
yaratilishi iqtisodiy soha uchun joriy va yakuniy nazorat jarayonini takomillashtirish
bo‘yicha kattadan-katta o‘zgarishlarning amalga oshishiga olib keladi.
Davlat budjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga joriy qilinishi respublikaning
iqtisodiy sohasidagi bugungi kunda budjet islohotlarining o‘lkan yo‘nalishlaridan biridir.
Sababi davlat moliyasini samarali boshqarish zaruriyati budjet daromadlarini to‘liq va o‘z
vaqtida to‘plash bilan bir qatorda budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish uchun ham
budjet xarajatlarining nazoratiga bo‘lgan ehtiyojning kuchaytirilishini talab qiladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, axborot texnologiyalari kommunikatsiyasi o‘rni
mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va albatta, fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish davrida davlatimizning budjet tizimidagi o‘tkazilayotgan tub
islohotlar mohiyati moliya tizimida davlat budjeti ijrosini takomillashtirish, g‘aznachilik
tizimining joriy qilinishi sanaladi. Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad - budjet
mablag‘larini samarali boshqarish, budjet mablag‘larining moliyaviy nazoratini
kuchaytirish va barcha budjet tashkilotlarining xarajatlarini boshqarishda g‘aznachilik
faoliyatining joriy qilinishiga, amalda bo‘lishiga erishishdir.