• Ключевые слова: Эволюционная, популяция, оценка, сбалансированный эксперт. Abstract
  • Aholining salomatlik darajasini baholashda balanslangan ko‘rsatkichlar tizimi.
  • AHOLINING SALOMATLIK DARAJASINI BAHOLASHDA QO‘LLANILADIGAN USULLAR




    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet169/551
    Sana15.05.2024
    Hajmi15,84 Mb.
    #234763
    1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   551
    Bog'liq
    Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20

    AHOLINING SALOMATLIK DARAJASINI BAHOLASHDA QO‘LLANILADIGAN USULLAR 
     
    Raufov Rufat Ulfat o‘g‘li
    Qarshi davlat universiteti, Matematika va kompyuter ilmlari fakultiteti, Informatika 
    o‘qitish metodikasi yo‘nalishi IV-kurs talabasi 
     
    Annotatsiya: 
    Ushbu maqolada aholi salomatligini baholaydigan tizim algoritmi 
    keltirilgan.Aholining o‘sish darajasini va salomatlik holatini baholaydigan dastur loyihasi 
    haqida so‘z boradi. 
    Kalit so‘zlar:
    Evolyutsion, aholi,baholash,balanslangan ekspert. 
    Аннотация:
    В данной статье представлен алгоритм системы оценки здоровья 
    населения. 
    Ключевые слова:
    Эволюционная, популяция, оценка, сбалансированный эксперт. 
    Abstract:
    This article presents the algorithm of the system for evaluating the health of 
    the population. 
    Key words:
    Evolutionary, population, assessment, balanced expert. 
    Ko‘p o‘lchamli murakkab hodisalar va jarayonlarning tadqiq qilishda dolzarb 
    muammolardan biri – bu shu jarayonlarni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kompleksi bo‘yicha 
    jamlovchi, umumlashgan baholarini qurishdir. Umumlashgan ko‘rsatkichlar asosida 
    korxonalar va tashkilotlarni boshqarish, ularni moliyaviy barqarorligini baholash, 
    shaxsning psixologik holatini baholash, bemorning kasallik darajasini aniqlash va shu kabi 
    boshqa masalalarni yechishda qo‘llanishi mumkin. 
    Umumlashgan ko‘rsatkichlarni qurishning turli xil yo‘llari mavjud. Shulardan ayrimlarini 
    keltiramiz. 
    Aholining salomatlik darajasini baholashda balanslangan ko‘rsatkichlar tizimi. 
    Tizimda eng muhim va jamlovchi ko‘rsatkichlarni birinchi o‘ringa chiqarishga harakat 
    qilinadi. Hodisa yoki jarayonning balanslangan ko‘rsatkichlari asosida uning umumlashgan 
    bahosini berish bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi: 
    Ko‘rsatkichlarni, ular muhimligini kamayishi bo‘yicha tartiblanadi; 
    Ekspert so‘rovlar asosida ko‘rsatkich chegaralarini aniqlanadi. Masalan, 4 ta qiymat 
    diapazoni (guruhlarini) ajratib ko‘rsatish mumkin – kritik, past, maqbul va kutilgan. Har bir 
    diapazon o‘zining pastki va yuqori chegaralariga ega. 
    Ko‘rsatkichlarning ballari aniqlanadi. Ko‘rsatkichlarni ularning muhimligini kamayishi 
    bo‘yicha tartibiga (vazniga) mos ballari aniqlanadi; 
    Ballar darajalar bo‘yicha taqsimlanadi. Ko‘rsatkich uchun aniqlangan diapazonlar 
    chegaralariga mos balllar aniqlanadi; 
    Ballar hisoblanadi. Hisoblangan ballarning mos ko‘rsatkichlar uchun aniqlangan 
    guruhning qaysi biriga tushishi aniqlanadi; 


    210 
    Berilganlar umumlashtiriladi. Yuqori bosqichlarlar natijalari bo‘yicha hodisa yoki 
    jarayon haqidagi xulosalar qilinadi. Umumlashtiruvchi xususiyatni o‘zida ifodalovchi 
    ko‘rsatkichlar guruhlari bo‘yicha o‘rta arifmetiklar topiladi. 
    Keltirilgan usul ko‘rsatkichning o‘lchov birligiga va uning qiymatining dispersiyasiga 
    bog‘liq emas. Usulning samaradorligi ko‘rsatkichning u yoki bu guruhga tegishligining qay 
    darajada asoslanganligiga bog‘liq bo‘ladi. 

    Download 15,84 Mb.
    1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   551




    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    AHOLINING SALOMATLIK DARAJASINI BAHOLASHDA QO‘LLANILADIGAN USULLAR

    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish