|
Aholining salomatlik darajasini baholashda potensiallar nazariyasi usuli Pdf ko'rish
|
bet | 170/551 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 15,84 Mb. | | #234763 |
Bog'liq Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20Aholining salomatlik darajasini baholashda potensiallar nazariyasi usuli.
Ixtiyoriy obyekt ko‘rsatkichlar majmuasi bilan tavsiflanganligi uchun uni ko‘p o‘lchamli
dinamik obyekt deb qarash mumkin. Har bir obyektnining rivojlanish jarayonini
o‘rganishda, uning ko‘rsatkichlar kompleksi bo‘yicha baholanadigan rivojlanish darajasini
(potensialini) aniqlash va bu potensialni o‘lchash shkalalarini qurish alohida dolzarblik
kasb etadi.
Evolyutsion jarayon obyektlar rivojlanish darajasining o‘zgarib turishini taqoza etadi.
Haqiqatdan ham, turli rivojlanish darajasiga ega bir jinsli obyektlar o‘zining ichki
tuzilmasida, hamda tashqi muhitda o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun turli xil potensial
va imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Bu mulohazalarga asoslangan holda ixtiyoriy tabiatga ega bo‘lgan obyektning potensiali
tushunchasini umumlashtirish va quyidagicha ta’riflash mumkin: “Dinamik obyekt
potensiali – bu obyektni tasviflovchi ko‘rsatkichlar majmuasi bo‘yicha baholanadigan,
uning rivojlanish darajasining miqdoriy o‘lchovidir”.
Tabiiyki, bu holda potensialni o‘lchaydigan analitik usuli uchun formal apparat zarur
bo‘ladi. Boshqacha aytganda, potensial hisoblaydigan formula zarur bo‘ladi. Matematikada
potensial qiymatini topadigan funksiyalarga potensial funksiyalar yoki potensiallar
deyiladi.Faraz qilaylik, tadqiqot obyekti ko‘rsatkichlar tizimi bilan tavsiflansin. Kuzatuvni
vaqt oralig‘i dinamikasida olib borgan holda, bu ma’lumotlarni “vaqt-ko‘rsatkich”
ko‘rinishidagi massivga joylashtirish mumkin. Massivning elementi – bu ko‘rsatkichning
vaqt momentidagi qiymati.
Potensialni qurish uchun potensial tashuvchisini yoki etalon obyektni tanlash zarur
bo‘ladi. Bizning holda dinamikadagi bitta obyekt qaralayotgani uchun ko‘rsatkichlarning
etalon qiymatlarini aniqlash zarur bo‘ladi.
Etalon qiymat sifatida ularning o‘rtacha qiymatlarini, normativ qiymatlar yoki eng
ma’quli – maqsad qiymat bo‘lib, u qaror qabul qiluvchi shaxs nuqtai-nazaridan eng exshi va
bu qiymatlarga erishish obyektni raqobatbardoshligini, barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.
Etalon holat sifatida barcha ko‘rsatkichlarning nol qiymati bo‘lgan holat hisoblanadi. U
holda, potensialni belgilovchi shkala tizimning nol holatiga mos keluvchi boshlang‘ich va
tizimning maqsad holatini belgilovchi 100 qiymatli oxirgi ega deb qaraladi.
Taklif qilingan shkala masshtabidagi obyekt rivojlanish darajasi quyidagi formula bilan
hisoblanadi:
Bu yerda:
- ko‘rsatkichning o‘rtacha kvadrat cheklanishi;
- ko‘rsatkichning maqsad qiymati;
- ko‘rsatkichning umumlashgan bahodagi vazni va .
Potensiallar nazariyasiga asoslangan usulning ijobiy tomoni shundaki, u qaralayotgan
masala bo‘yicha mutaxassislarning subyektiv fikrlarini minimallashga imkon beradi. Ular
vazifasi ko‘rsatkichlarning etalon qiymatlarini aniqlash bilan cheklanadi. Shu bilan birga bu
usul obyektlarning (korxonalarning) raqobatbardoshliklarining jamlovchi baholarini
chiqarish va qiyosiy tahlil o‘tkazish imkonini beradi.
|
| |