221
2. Amjad Naveed and Muhammad Ali "Technology Adoption and Innovation in
Manufacturing
Enterprises:
Evidence
from
a
Developing
Country"
(
https://www.mdpi.com/2071-1050/12/18/7472/pdf
)
3. H. K. R. Perera and H. M. T. M. Herath "Small Manufacturing Enterprises in Developing
Countries:
A
Literature
Review"
(https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2405452617304639)
4. Sh.A. Abdullayev "Ishlab chiqarish korxonalarining xususiyatlari va ularning yagona
tashkilotlariga ta'siri" - O‘zbekiston milliy universiteti ilmiy jurnali "Iqtisodiyot va
menejment" (2020).
5. N. Tursunova "Ishlab chiqarish korxonalarida korxonalarning markaziy va mahalliy
boshqaruv tizimlari" - O‘zbekiston milliy universiteti ilmiy jurnali "Iqtisodiyot va
menejment" (2018).
Nurmatova D.J. Termodinamikaning qonunlari va ularning biologik sistemalarga
nisbatan qoʻllanishi
TERMODINAMIKANING QONUNLARI VA ULARNING BIOLOGIK SISTEMALARGA
NISBATAN QOʻLLANISHI
Nurmatova Dildora Jumaboyevna
Qarshi davlat universiteti
Maʼlumki, fizika fani biologiya faniga bog‘liq hisoblanadi. Barcha tirik mavjudotlar
singari biz ham ochiq tizim hisoblanamiz, chunki modda va energiyani atrof-muhit bilan
almashamiz. Biz va atrof-muhit bilan bogʻliq boʻlgan energiya almashinuvlari, shuningdek,
tanamizda sodir boʻladigan barcha energiya almashinuvlari (misol uchun, metabolik
reaksiyalar) ham biz fizika darsliklarida uchratishimiz mumkin boʻlgan gaz molekulalari
yoki issiq va sovuq jismlar oʻrtasidagi energiya almashinuvlari kabi fizika qonunlari
jihatidan bir xil taʼriflanadi. Bu yerda biz ikkita fizikaviy qonun – termodinamikaning
birinchi va ikkinchi qonunlarini koʻrib chiqamiz va ular biz kabi biologik tizimlarga qanday
tegishli boʻlishini bilib olamiz.
Biologiyada termodinamika molekulalar yoki molekulalar jamlanmasida sodir
boʻladigan energiya almashinuvlarini oʻrganadi. Termodinamika haqida soʻz borganda, biz
qiziqqan muayyan bir narsa yoki narsalar (masalan, bitta hujayra yoki katta ekotizim ham
boʻlishi mumkin) toʻplami tizim, tizimdan tashqarida boʻlgan barcha narsalar esa atrof-
muhit deb ataladi. Termodinamikada uch xil tizim mavjud: ochiq, yopiq va
izolyatsiyalangan.
Ochiq tizim
oʻzining atrof-muhiti bilan energiya va modda almashadi. Gaz plitasi
ochiq tizimga misol boʻladi, chunki issiqlik va suv bugʻlanib, havoda yoʻqolib ketadi.
Yopiq tizim
oʻzining atrof-muhiti bilan faqat energiya almashadi, modda emas. Agar
yuqorida berilgan misoldagi qozon qopqogʻini zich yopsak, u deyarli yopiq tizim boʻladi.