|
Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming Pdf ko'rish
|
bet | 233/551 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 15,84 Mb. | | #234763 |
Bog'liq Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20Kalit so‘zlar:
MOOC, masofaviy ta’lim, udacity, futurelearn, coursera, edx, khanacademy,
Udemy, Iversity.
Hozirgi vaqtda masofaviy ta’lim olish dunyodagi eng tez rivojlanayotgan ta’lim
texnologiyalaridan biri hisoblanadi. Masofaviy ta’limni tarixini uch davrga boʻlib
oʻrganishimiz mumkin. Birinchi davr an’anaviy didaktik materiallar(bosma)(1890-1920),
ikkinchi davr teleta’lim (1920-2000) hamda uchinchi davr global kompyuter
tarmoqlari(2000-xozirgacha) boʻlgan davrlarni oʻz ichiga oladi.
Internet tarmog‘idan foydalangan holda real vaqt rejimida bilim olishning yangi usuli bu
MOOC hisoblanadi. MOOC atamasi ilk bor 2008 yilda Kanadadagi Prins Edvard oroli
universitet olimi Deyv Kormier tomonidan Connectivism and Connective Knowl Kengashi
deb nomlangan kurs boʻyicha ishlab chiqilgan. Undan 2225 ta ta’lim oluvchilar oʻqigan. Shu
davrdan boshlab masofaviy ta’limda juda katta oʻzgarishlar vujudga kelmoqda. MOOC
atamasi butun dunyo boʻylab juda tez suratda oʻsdi. 2012 yil New York Times jurnali
tomonidan "MOOC yili" deb e’lon qilingan[1].
2015 yilda ommaviy ochiq onlayn kurslar orqali masofaviy ta’limni tashkil etish
koʻrinishidagi aralash taʻlim texnologiyasi norasmiy taʻlim sohasida global ahamiyatga ega
boʻldi va koʻplab mutaxassislar, tadqiqotchilar, oʻqituvchilar hamda olimlarning fikriga
koʻra ta'limni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari roʻyxatiga kiritilgan
[1]. YUNESKO
mutaxassislarining fikricha MOOC platformasi " Ommaviy ochiq onlayn kurslar masofaviy
taʻlim sohasida yangi imkoniyatlar ochib beradi. MOOC konseptsiyasi yangi ta’lim
nazariyasi-konnektivizmning asosiy tamoyillariga asoslanib, yondashuvlarning xilma-
xilligi, tarmoqni shakllantirish va qaror qabul qilish jarayoni sifatida oʻrganishga
yondashuv, dinamik jarayon sifatida oʻrganish va bilish shular jumlasidandir [2].
Shu maqolada biz MOOC tizimining afzalliklari platformalari va ularni solishtirma
tahlillarini keltiramiz. Biz ushbu maqolada MOOC platformalarining yutuqlarini ularning
platformalarining hususiyatlarini oʻrganib tahlilini keltirish masalasini koʻrib chiqamiz.
MOOC afzalliklaridan yana bir muhim jihati dunyoning eng yaxshi oʻqituvchilari darslarini
ommalashtirish orqali bilim oluvchilarga bilim berishdir. Albatta kurs mualliflari etakchi
universitetlarning professor oʻqituvchilari boʻlib, ular orasida haqiqiy raqobatni ta’minlab
beradi. MOOK-bu elektron kurslar (oʻquv-uslubiy majmualar), shu jumladan subtitrli video
289
ma’ruzalar, ma’ruza matnlari, uy vazifalari, testlar va yakuniy imtihonlardan tashkil topgan
ta’lim platformasi hisoblanadi. MOOCning muhim xususiyatlaridan biri bu har bir bilim
oluvchilarning shaxsiy oʻquv muhitiga, identifikatsiya va audentifikatsiyasiga ega
boʻlishidir. Turli xil MOOC-lardan roʻyxatdan oʻtgan bilim oluvchilar soni yuz minggacha
doimiy ravishda oʻzgarib turadi. MOOK kursini tugatgandan so‘ng rasmiy sertifikat olish
imkoniyatiga ega boʻladi.
1-rasm MOOCning imkoniyatlari
Bilim oluvchilarga forumda gaplashish
– Bunda har bir talaba o‘zaro fikr almashinishi
mumkin. Fikr almashinayotgan vaqtda o‘zaro tushunmagan mavzularini soʻrab olishi
mumkin.
Ixtiyoriy vaqtda ta’lim olish
– bu imkoniyatimizda ixtiyoriy vaqtda ta;lim olishi mumkin.
Shu jumladan bu ishliydigan, Yoshi ulug‘ hamda uy bekalariga imkoniyat yaratadi.
Bilim oluvchilarni tanlash
– bu imkoniyatimizda dunyoning taniqli ustozlarini ixtiyoriy
tanlashimiz mumkin
Video orqali subtitle bilan koʻrish
– til bilmagan insonlarga subtitle bilan ko‘rishimiz
mumkin. Bu bir nechta tillarni o‘rganishga ham yordam beradi.
Koʻp tilliligi
- bu imkoniyatimizda juda ko‘plab tillarda darslarni kuzatib borishimiz
mumkin. Bu esa bizga yana ko‘plab imkoniyatlarni ochib beradi.
Bepul talim olish
- bu imkoniyat hozirgi vaqtda juda ko‘plab darslarni o‘rganishga
yordam beradi. Hamda istalgancha bilim olishga imkoniyat yaratadi.
Bilim oluvchini qiziqishlariga qarab ta’lim olish
– MOOC platformalarida ta’lim oluvchilar
qiziqishlariga qarab ta’lim olish imkoniyatlari bor. Bu esa ta’lim oluvchini bilim oʻrganishga
yanada qiziqishini oshiradi.
Eng yaxshi mutaxasislar bilan ishlash
- MOOC-lar, turli sohalardagi eng yaxshi
mutaxassislar va olimlarning kurslariga yozilish imkonini beradi. Bu talabalar uchun eng
yaxshi tajribani va bilimlarni olishga yordam beradi.
Zamonaviylik-
MOOC-lar, zamonaviylikka mos keladigan tajribani taqdim etish orqali,
o‘rganish usullarini va shaxsiy o‘qitish yo‘nalishlarini yanada yaxshilashga yordam beradi.
Dunyoda yuzlab MOOC asosida ishlovchi ta’lim platformalar mavjud.
Masalan: (Quyidagi jadvalga qarang)
1-jadval
MOOC platformalari
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming
|