Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/551
Sana15.05.2024
Hajmi15,84 Mb.
#234763
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   551
Bog'liq
Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20

Ключевые слова
: педагогические технологии, образовательный процесс, 
компетентность, инновация, метод, конструкция, механизм, содержание 
образования. 
Abstract.
The article discusses the importance and use of pedagogical technologies
mechanisms for the development of educational and cognitive activities by means of the 
project method in the effective teaching of lesson processes among future teachers. 
Recommendations are given on the formation of the competence that the teacher should 
have to use various interactive methods in the educational process. 
Key words
: pedagogical technologies, educational process, competence, innovation, 
method, design, mechanism, educational content. 
Ma'lumki, ta'limda ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish 
o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini 
amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol 
yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv 
jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining 
sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni 
egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni 
egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, 


331 
hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi [1. 67-b]. O‘qituvchi bu 
jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi 
va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. 
Bo‘lajak o‘qituvchilar o‘quvchilarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish usullari va 
vositalariga ta'sir qiluvchi muhim omillardan biri o‘qituvchi-o‘quvchilar hamkorligi 
ekanligiga alohida e'tibor qaratildi. Ma'lumki, ta'lim jarayoni ikki yoqlama xarakterga ega 
bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilarning teng munosabatlaridan tashkil topadi. Bu jarayonga 
rahbarlik qiluvchi o‘qituvchi ta'lim jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi, ta'lim 
maqsadlarining to‘g‘ri amalga oshirilishi va ta'lim natijalari uchun javobgar shaxs 
hisoblanadi. Ammo bu, ta'lim jarayoni o‘qituvchining to‘liq hukmronligi ostida amalga 
oshadigan jarayon, degan noto‘g‘ri fikrning tug‘ilishiga asos bo‘la olmaydi [2. 38-b]. 
Hozirgi davr talabi ham kimnidir bo‘ysundirish orqali emas, balki hamkorlik munosabati 
yordamida ijobiy natijaga erishishdir. Ta'lim jarayonida o‘quvchilar faoliyatining 
shakllanishi fan asoslarini o‘zlashtirishga oid mexanizmgina bo‘lib qolmasdan, balki 
shaxsning umumiy ijtimoiy-madaniy qobiliyatlarini tarkib toptirishga ham qaratilishini 
unutmaslik lozim. Bizningcha, o‘quv vaziyati ta'lim jarayonini tashkil qiluvchi o‘zgaruvchan 
tizim sanalib, u quyidagicha ikki qismdan iborat: - o‘qituvchi bilan o‘quvchilar hamkorligi; - 
o‘quvchilarning o‘zaro bir-birlari bilan hamkorligi. 
O‘qituvchi bilan o‘quvchilarning hamkorligi o‘qituvchining o‘quvchilarga ko‘rsatadigan 
yordamidan boshlanadi. U asta-sekin faollashib o‘quv harakatlariga aylanadi. Natijada, 
o‘qituvchi bilan o‘quvchilar munosabati hamkorlik pozitsiyasiga o‘sib o‘tadi. Materiallar 
tahlilining ko‘rsatishicha, mantiqiy topshiriqlar hamkorlikda bajarilgandagina bilimlarni 
o‘zlashtirish mahsuldor bo‘ladi. Ilmiy manbalarda ta'limning shunday tashkil etilishini 
hamkorlikdagi mahsuldor faoliyat vaziyati, deb atash qabul qilingan. Pedagogik adabiyotlar 
tahlili va ijodiy tajribalarimiz natijalariga ko‘ra hamkorlikdagi mahsuldor o‘quv faoliyati 
vaziyatini tashkil qilishning 2 asosiy tamoyilini ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiqdir: 
l. Ta'limda mazmunning izchilligi tamoyili. Unga ko‘ra shaxs o‘z faoliyatini muayyan 
maqsad asosida tashkil qilishida mazkur faoliyatning uzluksiz shakllanishi ko‘zga 
tashlanadi. 
2. O‘qituvchi-o‘quvchilar hamkorligining mustaqil ijodiy faoliyat bilan bog‘liqligi 
tamoyili. O‘quv jarayonida o‘quvchilar bilan hamkorlik qilish katta ahamiyatga ega. 
O‘quvchilarning ta'limga qay darajada ixlos qo‘yishi o‘qituvchining mana shu hamkorlikni 
yarata bilish mahoratiga bog‘liq. O‘qituvchi bilan o‘quvchilarning o‘quv faoliyatidagi 
muhitning to‘g‘ri uyushtirilishi o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, ularni 
butun kuch va g‘ayratini sarflashga undaydi. Bu o‘zaro muloqotning shunday bir 
shaklidirki, bunda o‘quvchi o‘zini pedagogik ta'lim obyekti deb emas, balki mustaqil va 
erkin harakat qiluvchi shaxs deb biladi. O‘qituvchining o‘rganilayotgan fan bo‘yicha 
qaysidir bir ma'lumotga aniqlik kiritish paytida o‘quvchilarga yordam so‘rayotganday 
murojaat qilishi hamkorlik faoliyatini yanada chuqurlashtiradi. O‘quvchilarni o‘rganuvchi 
va tarbiyalanuvchiga aylantirish o‘qish-o‘qitish jarayonini muvaffaqiyatli olib 
borishninggina sharti bo‘lib qolmay, balki ularni har jihatdan barkamol insonlar qilib 
tarbiyalashning ham muhim shartidir. O‘quvchi o‘qitish va tarbiyalash jarayonining 
o‘zidayoq bilim va tarbiya oluvchi shaxsga aylanadi. Sh.A.Amonashvili ta'lim jarayonida 
o‘quvchi bilan hamkorlik 215 munosabatini o‘rnatish lozimligini ta'kidlab, shunday deydi: 
«O‘quvchining o‘quv-biluv faoliyati nafaqat qiziqarli o‘quv materiali va uni tushuntirishning 
turli metodlari vositasida, balki pedagogning ta'lim jarayonidagi muomala xarakteriga 
ko‘ra tartibga solinadi. Mehr, ishonch, hamkorlik, hurmat mavjud bo‘lgan muhitda o‘quvchi 
o‘quv topshiriqlarini oson o‘zlashtiradi. Yutuqlari, mustaqil fikri, ijodiy izlanishlari yuqori 
baholanayotganini ko‘rgan o‘quvchi yanada murakkab bo‘lgan o‘quv topshiriqlarini 
bajarishga intila boshlaydi» [3. 67-b]. 

Download 15,84 Mb.
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   551




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming

Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish