368
konspekt tuzish;
o‘qilgan psixologik manbalarning muhim joylarini ajratishga yo‘naltirilgan;
bevosita o‘qish jarayoniga taalluqli;
ma’ruzani samaralirok konspekt qilishga aloqador;
o‘qilgan o‘quv materiallarini omilkor, mantiqiy esda olib qolish bilan bog‘liq asosiy
fikrlarni umumlashtirish va tezisni tuzish bilan bog‘liq;
ijodiy faoliyatga taaluqli;
referat yozish mazmuni, mohiyati va xususiyati yuzasidan;
kurs ishi yozish qoidasi, talabi va prinsipi bo‘yicha bildiriladigan;
bitiruv ishi yozishga doir fikr mulohazalar;
tezis va maqola tayyorlashga aloqador bo‘lgan;
magistrlik dissertatsiyasiga taalluqli yo‘l- yo‘riqlar majmuasiga yo‘naltirilgan
maslahatlar.
Mustaqil ta’lim faoliyatida asosan turli hujjatlar bilan ishlash talab etiladi. Bunda albatta
bir nechta dasturlaridan foydalanish kerak. Ko‘pgina talabalar esa shaxsiy kompyuteri
yo‘qligi sababli telefon dasturlaridan foydalanadi. Biroq shunda ham ayni qaysi dasturdan
va qay uslubda foydalanish ko‘pgina muammolarni tug‘diradi. Shu sababli ham telefon va
kompyuter dasturlaridan foydalanishda yordam beruvchi qo‘llanma lozim bo‘ladi. Bunda
esa albatta “TMK” nomli kompyuter va telefon dasturlaridan foydalanishda yordam
beruvchi qo‘llanmani joriy etish maqsadga muvofiq deb hisoblayman. Ushbu qo‘llanma
asosan 2 qismda:
1.
Telefon dasturlari haqida;
2.
Kompyuter dasturlari haqida. Unda bir necha dasturlar haqida ma’lumotlar bo‘ladi.