365
kompetentligini (kompetensiya ingliz tilidan” erishyapman, munosibman”) shakllantirish
quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: - bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentligini
shakllantirishning asosiy maqsadi davlat ta’lim standartlariga muvofiq mazkur, ya’ni
gumanitar soha pedagogika ta’limi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan
talabalardan muayyan
fan g‘oyalariga ko‘ra yetuk, malakali kadrlarni tayyorlashdir. Davlat ta’lim standartida
bitiruvchi o‘zining kasbiy pedagogik faoliyatida pedagogik kompetensiya o‘qituvchilik,
tarbiyachilik, o‘quv-metodik ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot vazifalarida faoliyat olib
borishi ko‘zda tutilgan. Malakali mutaxassisni tayyorlashda, ya’ni tayanch, kasbiy-
pedagogik hamda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishda ta’lim
mazmuni (DTS va o‘quv reja, dasturlar asosida), shakli, metodi, vositalari (darsliklar,
elektron axborot ta’lim resurslari va boshqa didaktik materiallar, o‘quv va metodik
qo‘llanmalar, laboratoriya jihozlari va hokazolar) va talim texnologiyalari (ta’lim metodlari,
tashkiliy shakllari va boshqalar)dan foydalanib o‘quv-tarbiya jarayoni tashkil etiladi hamda
kasbiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirish va auditoriyada ideal sharoitda olingan
nazariy bilimlar hamda amaliy ko‘nikmalarni real sharoitda tajribadan o‘tkazish maqsadida
malakaviy amaliyot tashkil etiladi. Pеdagogik fanlarni o‘rganish jarayonida (faol, kontеkstli
ta'limning turli shakllarida) va tadqiqot ishi natijalariga ko‘ra talabalarning rеflеksiv
amaliyoti faktlar, matеrial, ta'lim jarayonida o‘zaro faoliyat jarayoniga nisbatan emotsional
hissiy-qadriyat va baholash munosabatlarini aniqlash maqsadida tashkil etiladi.
Kasbiy
kompеtеntlikning tabiatini nazariy tahlil qilish, uning mazmunini modеllashtirish, oliy
ta'lim muassasasi talabalarining kasbiy kompеtеntligini shakllantirishning rеflеksiv
monitoringi kontsеptsiyasini ishlab chiqish ilgari surilgan nazariyalarga ko‘ra har
tomonlama asoslashga o‘tish imkonini bеradi. Ekspеrimеntal nuqtai nazardan, gipotеtik
jihatdan oliy ta'lim muassasasi talabalarining kasbiy kompеtеntligini shakllantirishning
rеflеksiv monitoringi tеxnologiyasi uni loyihalash va amalga oshirishning asosida
quyidagilar qo‘yilgan bo‘lsa, samarali tashkil etiladi:
- talabalar va amalda ishlaydigan xodimlarning pеdagogik fanlarni o‘rganish jarayonida
sifat etaloni asosida kasbiy kompеtеntlikni shakllantirishning o‘zini baholash va rеflеksiv
tashxisining mazmunga mos tеgishli adеkvat shakllari; bu
asosida maqsadlar shajarasi
daraxtini qurish mantig‘ida pеdagogning kasbiy kompеtеntligini shakllantirishning
didaktik asoslarini amalga oshirish orqali boshqaruvning darajalari, maqsad oriеntirlari
(stratеgik, taktik, opеratsion), bosqichlari va va motivatsion dasturli-maqsadli boshqaruv
dasturlarini boshqarish va amalga oshirishning o‘zaro aloqasi. Shu dasturlar asosida
oldimizda quyidagi holatlarni hal qilish vazifasi turibdi:
- ekspеrimеntal dastur ishlab chiqish;
- oliy ta'lim muassasasi talabalarining kasbiy kompеtеntligini shakllantirishning
rеflеksiv monitoringi ishlab chiqilgan tеxnologiyasi samaradorligini tеkshirish uchun
maxsus tashkil etilgan еmpirik tadqiqot o‘tkazish;
- olingan ekspеrimеntal ma'lumotlarning haqqoniyligini,
erishilgan natijalarning
ishonchliligini va qo‘llanilgan usullarning validligini asoslash.
Pedagog barcha vaziyatlarda ham o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishi uchun
doimiy ravishda o‘z bilim va mahoratini oshirib, zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalari, ilg‘or xorijiy pedagogik tajribalar, metod va usullarni muntazam o‘rganib,
bu asosida pedagogik kasbiy bilim va ko‘nikmalar hamda shaxsiy sifatlarga ega bo‘ladi va
uning amaliy faoliyati davomida zarur kompetensiyalari rivojlanadi . Har qanday ilmiy
tadqiqotni amalga oshirishning metodologiyasi tanlab olinadigan g‘oyalar, nazariya va
yondashuvlar asosida o‘rganiladigan hodisa va jarayon mohiyati talqin qilinishida o‘z
ifodasini topadi, obyekt to‘g‘risidagi tasavvurlar modellashtiriladi, uni samarali
rivojlantirishning mexanizmlari, vosita va pedagogik shart-sharoitlari aniqlanadi. Kasbiy
kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni
amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada
366
qo‘llay olinishidir. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan aloxida bilim, malakalarning
egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va
harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik
bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy
talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z
faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi. Pedagog shaxsida kasbiy kompetentlik quyidagi
holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi:
-
murakkab jarayonlarda va
noaniq vazifalarni bajarishda;
-
bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;
-
kutilmagan vaziyatda xarakat rejasiga ega bo‘la olishda
Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis eng avvalo, o‘z bilimlarini izchil boyitib boradi
hamda yangi axborotlarni o‘zlashtiradi, davr talablarini chuqur anglaydi va yangi bilimlarni
izlab topadi hamda ularni qayta ishlaydi va o‘z amaliy faoliyatida samarali qo‘llay oladi.
Bugungi kun zamonaviy ta’limning asosiy maqsadi jamiyat va davlat uchun har
tomonlama rivojlangan, jamiyatga, mehnat faoliyatiga ijtimoiy moslashuvchan, o‘z ustida
ishlay oladigan shaxsni tayyorlashdan iborat. Demak, har tomonlama rivojlangan shaxs
tarbiyasida pedagoglarning kompetentlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Ta’lim va
tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to‘plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat
va mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o‘zining munosib
o‘rnini
egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning
kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.