Key words:
chemistry, methodology, System, Professional-pedagogical, principle,
composition and reasoning.
Kirish (Introduction)
Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar
tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining ilovada ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi
bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi deyiladi.Sirtqi ta’lim shakli
bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega
bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev magistraturada o‘qiyotgan barcha qizlarning kontrakt
pullarini to‘liq budjetdan qoplab berish uchun har yili 200 milliard so‘m mablag‘
yo‘naltirilishi hamda doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun, har yili kamida 300
tadan maqsadli kvota ajratilishini ma’lum qilgandi. Aprel oyida esa O‘zbekistonda kamida 5
yil mehnat stajiga ega bo‘lgan ayollar OTMlarga imtihonsiz qabul qilinishi to‘g‘risida xabar
berilgandi.
OTMlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kimyo fani o‘qituvchilari tayyorlab
beriladi va ularning istiqbolda 30-35 yil faoliyat yuritishlari ko‘zda tutiladi. O‘qituvchilik
kasbi, birinchi navbatda insonparvarlik xususiyatiga ega. Kimyo fani o‘qituvchisi kimyo
sohasidagi boshqa mutaxassislardan farqli o‘laroq, nafaqat kimyoni bilishi, balki o‘z bilimni
boshqalarga (to‘g‘rirog‘i o‘quvchilarga) yetkaza olishi hamda ularni tarbiyalay olishi ham
lozim. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, asosiy maqsad – kimyo fani bo‘yicha o‘z
bilimlarini va o‘qitish mahoratini mustaqil ravishda oshirib borishga qodir o‘qituvchilarni
tayyorlashdan iboratdir.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review)
.
OTMlarda o‘qitishning eng muhim kasbiy-pedagogik masalalaridan biri – bu maktabga
mo‘ljallangan va OTMda o‘qitiladigan noorganik kimyo kursi o‘rtasidagi nisbat va
bog‘liqliklarni ochib berishdan iboratdir. A.C. Goncharenkoning fikriga ko‘ra, bunda ikki
holatni imkon boricha chetlab o‘tish lozim:
-dasturdagi materialni yuqori nazariy darajada bayon qilish: bu orqali OTM kimyosi
bilan maktab kimyosi o‘rtasida uzilish paydo bo‘lishi kuzatiladi;
-OTM kimyo kursini maktab kursiga haddan tashqari ko‘p yaqinlashtirib yuborish:
buning natijasida OTM talabasi yetarli darajada o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘lmaydi.
Bundan kelib chiqadiki, noorganik kimyo kursini kasbiylashtirishning eng samarali usuli
maktab kimyo kursida murakkab sanalgan mavzu va masalalarga jiddi e’tibor qaratishdan
iboratdir. Noorganik kimyo kursining ilmiy diapazoni shunday bo‘lishi kerakki, unda kimyo
sohasidagi barcha asosiy qonunlar fanning so‘nggi yutuqlari nuqtai nazaridan qaralishi
hamda dars jarayonida bo‘lajak kimyo o‘qituvchisining kasbiy tayyorlanganlik bo‘yicha o‘z
dunyoqarashi shakllanishi lozim [1]. Shu bilan birga, noorganik kimyo fani mundarijasi va
uni taqdim etish shaklining bo‘lajak o‘qituvchida kasbiy sifatlarning shakllanishiga xizmat
qilishiga erishish muhim sanaladi.
Shunday an’ana shakllanganki, OTMlarida kimyoviy fanlarni o‘rganish jarayonida
talabalar faqat kimyo bo‘yicha bilimga ega bo‘ladilar, kimyo o‘qituvchisida shakllanishi
lozim bilimlar, malaka va kasbiy masalalarni hal etish ko‘nikmalar yuqori kurslar uchun
rejalashtiriladi. Ko‘p yillar davomida talabalar maxsus fan o‘qituvchilarining dars o‘tish
usullari, harakatlari, o‘zlarini boshqarishlari va boshqa jihatlarini o‘rganib boradilar va
aksar hollarda ulardan andaza olib, o‘z faoliyatlariga tatbiq etadilar. Biroq maxsus fanlar
yoki kimyo o‘tish metodikasi kabi fanlarni o‘rganish jarayonida orttirilgan ko‘nikmalar,
o‘zlashtirilgan bilimlar, o‘rganilgan malakalar ularning nazaridan chetda qolib ketadi.
Shuning uchun bo‘lajak kimyo o‘qituvchisining kasbiy faoliyati kontekstini kimyo
majmuasiga kiruvchi maxsus fanlar mundarijasi bilan to‘ldirish orqali OTMlari
bitiruvchilarini kelgusida samarali faoliyat yurtishlarini ta’minlovchi barqaror rezervga
bo‘lishimiz mumkin.
556
- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology).
Turli xil kontekstlar, jumladan, kasbiy kontekstlarning o‘qitishning maqbul tarzda
tashkil etilish jarayoniga metodologik va metodikcheskim jihatdan ta’siri masalasiga V.M.
Shabarshinning [2] tadqiqotlarida keng o‘rin berilgan. Tanlash bo‘yicha o‘zaro bog‘liq
kurslarning kasbiy yo‘naltirilgan majmuaviy tizimini tashkil etish bo‘yicha tadqiqotlar I.V.
Goreva [5] ishlarida o‘z ifodasini topgan. Mohiyatan qaralganda, kontekstli o‘qitish
sohasida bir qator tadqiqotlar olib borilgan. Ularda noorganik kimyoni o‘rganish
jarayonida kimyo bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini tashkil etish va olib borish metodikasini
o‘qitish masalalari keng tadqiq etilgan. Bunday ishlarga I.G. Prisyaginaning noorganik
kimyo bo‘yicha laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari mundarijasiga kasbiy faoliyatga xos
elementlarni kiritishga oid empirik tadqiqotlarini [1] namuna sifatida keltirish mumkin.
Shuningdek, T.A. Borovskixning noorganik kimy bo‘yicha laboratoriya va seminar
mashg‘ulotlariga kasbiy faoliyatga xos elementlar kiritilishining bo‘lajak o‘qituvchilarni
tayyorlash samaradorligiga ta’siriga bag‘ishlangan dissertatsiya tadqiqotlari [3] ham
yuqorida qayd etilgan mavzuning yoritishga qaratilgan ahamiyatli ishlardan hisoblanadi.
Mazkur ko‘rsatib o‘tilgan ishlarda kimyoni o‘rganish metodikasini o‘qitish masalalari bilan
bir qatorda bo‘lajak kimyo o‘qituvchisining kasbiy konteksti (kasbiy faoliyat elementlari,
muammoli va kasbga yo‘naltirilgan topshiriqlar, kasbiy faoliyat davomida yuzaga keladigan
vaziyatlar, o‘quv-kasbiy faoliyat, kontekstli o‘qitishning faol metodlari va hokazo) ham
taqdim etilgan.
- Tahlil va natijalar (Analysis and results).
Maktabda umumiy va noorganik kimyoni o‘rganishga ajratilgan soatlar maktab
dasturida kimyoni o‘rganish uchun ajratilgan vaqtning uchdan ikki qismiga to‘g‘ri keladi.
Shuning uchun, aynan OTM umumiy va noorganik kimyo kurslarini o‘rganishda kontekstli
o‘qitishni joriy etish bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorlanganlik darajasini oshirishga
samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Biroq ilmiy-metodik, monografik va o‘quv adabiyotlari, shuningdek, kimyoni o‘qitish
metodikasining tadqiqiga bag‘ishlangan dissertatsiya ishlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki,
hozirgacha OTMlarida noorganik kimyoni o‘rganish jarayoniga faqat fanni o‘qitish nuqtai
nazaridan qaraladi. Noorganik kimyo fanining mundarijasiga kasbiy kontekstni kiritish
masalasi hozircha tizimli va aniq maqsadli xususiyat kasb etgan deya olmaymiz. Bu
ayniqsa, elementlar kimyosini o‘qitishda yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
“Mazmun” va “tuzilmaviy tarkib” tushunchalarining o‘zaro nisbati, ularning mohiyatini
hosil qiladigan tushuncha va fikrlarni mantiqiy tuzilmaning elementlari sifatida alohida
ajratib olish, tahsil davomida ularning tub mohiyatini oydinlashtirish usullari kabi
masalalar ko‘pchilik tadqiqotchilar izlanishlarida o‘z aksini topgan [A.M. Coxop, A.A. Stolyar
va S.A. Shaporinskiy203,210,266].
Har qanday tizimda, shu jumladan, noorganik kimyo fanining mazmunida ham mazkur
tizimni hosil qiluvchi elementlar o‘rtasida bog‘liqlik va o‘zaro nisbat kuzatiladi. Ushbu
bog‘liqliklar va o‘zaro nisbatlar tizimlarning ichki tuzilishi va tashkil topish shaklini, ya’ni
tuzilmaviy tarkibini belgilab beradi. Noorganik kimyo mazmuni ham moddalar va kimyoviy
reaksiyalar haqidagi ma’lumotlar, ya’ni tushunchalar, atamalar, xossalardan iborat
mustaqil kichik tizimlarni o‘z ichiga olgan tizim sifatida qaralishi mumkin.
Noorganik kimyoning dastlabki qismi elementlari mazkur bo‘limga xos tushunchalardan
iborat kichik tizimlarni o‘z ichiga oladi. Bu kichik tizimlarni har biri nisbatan kamsonli
bo‘lgan asosiy tushunchalar tashkil qiladi. Tushunchalarning kichik tizimlarni rivojlantirish
atomistika, davriylik qonuni, atomning tuzilish nazariyasi, elekrolistik dissotsiatsiya
nazariyasi, elektron nazariya kabi umumiy nazariyalar bilan belgilanuvchi nazariy darajada
amalga oshiriladi. Tushunchalarning kichik tizimi tuzilmaviy tarkibining keng miqyosli
elementlari qatoriga kiritilgan. Ayrim bir alohida tushunchalargina kichik tizimning tor
miqyosdagi elementlari sifatida qaraladi. Keng miqyosli tushunchalarning tuzilmaviy
557
tarkibidagi o‘rni va ahamiyati noorganik kimyo kursini tuzilmasining umumiy
konsepsiyalari bilan belgilanadi. Mazkur konsepsiyalar kimyo bo‘yicha bilimlarni
shakllantirishga qaratilgan umumiy yondashuvlar haqidagi tasavvurlarni o‘z ichiga oladi.
Kurs tarkibidagi tor miqyosli elementlarning maqomi yoki holati ular mohiyatini ifoda
etuvchi alomatlarning o‘zaro aloqadorligiga qarab belgilanadi. Qoidaga ko‘ra, tuzilmaviy
tarkibdagi keng miqyosli elementlarning nazariy darajalari bilan chegaralangan bo‘ladi.
Mazmunning tuzilmaviy tarkibga kirmaydigan “ko‘chib yuruvchi” elementlari sirasiga
xususiy qonunlar va hodisalar taalluqlidir. Ularning kursdagi o‘rni qat’iy
barqarorlashtirilmagan, ya’ni aniq belgilanib berilmagan.
Kursni o‘zlashtirish samaradorligini oshirishda mazmun muhim o‘rin tutadi. Kimyo
kursi bo‘yicha o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining mazmunlarini tahlil
etish natijasida elementlar kimyosi kursining tarkibini tuzish uchta: an’anaviy, tizimli-
tuzilmaviy, tizimli-shajaraviy tarkib ko‘rinishda amalga oshirilinadi.
Kimyo kursining an’anaviy tarkibi asosida o‘qitishda o‘quv fanlarining mantig‘i qat’iy
ilmiy asoslanganlikka ega bo‘lmaydi. Kursning alohida mavzulari mantiqiy bayon
vositasida bog‘lanilmaydi.
Bilimlarni nazariy jihatdan shakllantirish mazmun tuzishning ikki ko‘rinishi – tizimli-
tuzilmaviy va tizimli-shajaraviy elementlardan foydalanish orqali ta’minlanadi.
O‘rganilayotgan obyekt predmeti har biri tizimning barqarorligi va davomli mavjudligini
ta’minlashda muqobillik xususiyatiga ega bo‘lgan darajalardan va murakkab tizimlardan
iborat bo‘lgan hollarda tizimli-tuzilmaviy elementlardan foydalaniladi. Bunda tizim hosil
qiluvchilar sifatida mazkur darajalarning amal qilinishida yuzaga keladigan bog‘lanishlar
olinadi.
Tizimli-shajaraviy elementlar asosida tuzish kelgusida tizim hosil qiluvchi tushunchalar,
ya’ni “katakchalar”ni ta’limning dastlabki davriga (boshlanishiga) ko‘chirishni nazarda
tutadi. Tizimlashtiruvchi, kelgusida esa tizim hosil qiluvchi mazkur tushunchalar
o‘rtasidagi asosiy aloqalarning rivojlanish, genezis kabi ko‘rinishlari mavjud. Bu hol ta’lim
oluvchilarga o‘quv fani bo‘yicha mustaqil nazariy harakatlarni amalga oshirish imkonini
beradi.
Hozirgi vaqtda xorijiy pedagogik OTMlarda o‘qitiladigan umumiy va noorganik kimyo
kursining tuzilmaviy tarkibi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: birinchi bo‘lim – chiziqli-
majmuaviy tamoyil asosida tuzilgan umumiy kimyo kursi va ikkinchi qism – elementlar
kimyosi
Universitetlardagi andazaviy kurs birinchi va ikkinchi semestrlarda, ba’zan esa uchinchi
semestrda ham o‘rganiladi va unda matematika bilan bog‘liqligi yuqori darajada bo‘ladi,
shuningdek, laboratoriya xonalari dastlabki ishlardanoq kimyoviy jihatdan hamda
jihozlarga talab nuqtai nazaridan yetarlicha murakkab fizikaviy kimyo kurslarida
bajariladigan laboratoriya mashg‘ulotlaridek, sintez jarayonlarining borishi va natijalarini
kuzatish uchun zarur bo‘ladigan tahlil qurilmalari bilan jihozlnadi [3].
Pedagogika yo‘nalishidagi OTMlarda o‘qitiladigan umumiy va noorganik kimyo
kurslarining nazariy mazmunida qat’iy andozaviylik va nisbatan sodda matematik
vositalardan foydalanish ko‘zda tutiladi. Kursni yetarlicha uzoq muddatlar ichida
o‘zlashtirish mo‘ljallangan. Ikkinchi semestrdagi laboratoriya xonalari probirkalarda
amalga oshiriladigan kimyoviy reaksiyalar hamda katta hajmdagi reaksiyalarni
ko‘rsatishga mo‘ljallangan qurilma va vositalar bilan jihozlanadi. Sintezni amalga
oshirishga qaratilgan laboratoriya mashg‘ulotlari uchinchi kursga ko‘chirilgan bo‘lib,
modda tuzilishini chuqurlashtirilgan holda o‘rganish yuqori kurslarda amalga oshiriladi.
Yaqin istiqbolda bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning mazmunida, shu jumladan,
noorganik kimyoning mazmunida hamda o‘quv jarayonlarini tashkil etishda ham jiddiy
o‘zgarishlar sodir etilishi kutilmoqda. Xususan, kutilayotgan ko‘p darajali ta’lim tizimiga
o‘tilish munosabati bilan, umumiy kimyoning “Noorganik birikmalar sinflari” bo‘limini
558
yanada kengaytirish lozim. Bu tadbir elementlar kimyosini batafsil o‘rganmasdan ham
bakalavriat ta’lim doirasidagi kimyoviy fanlarni o‘rganish uchun zamin yaratadi.
Elementlarning noorganik kimyosini magistratura asoslarida, kolloid, fizikaviy hamda
analitik kimyo kurslarini o‘rganish so‘ngida chuqur va keng o‘rganish maqsadga
muvofiqdir.
- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).
Aytish mumkinki, OTMlarning elementlar kimyosini o‘rganish bo‘yicha foydalaniladigan
o‘quv adabiyotlarida moddalar va ularning xossalarining invariantlilik xususiyatlari
haqidagi g‘oyani joriy etishda izchillik va ketma-ketlikka rioya qilmaydi hamda bunda
talabalarning bilish ehtiyojlari hisobga olinmaydi. Noorganik kimyo o‘quv mazmunining
tarkibi va tarkibiy-tuzilmasining alohida ko‘rsatilishining tub maqsadi, mazkur tuzilma
bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar ilmiy tizimni o‘quv fanlari tizimiga ko‘chirish g‘oyasining
afzalliklariga tayanadi. Holbuki, oliy kasbiy ta’lim muassasalarida, asosan, OTMlarida
maxsus fanlarning, birinchi navbatda kimyoviy majmuaga kiruvchi fanlarning o‘quv
mazmuni bilan ishlash metodikasi ilmiy tizimning o‘quv fanlari tizimga ko‘chirilish g‘oyasi
hamda kasbiy kontekstni hisobga olish asosida tanlanishi va qayta ishlanishi lozim. Bu o‘z
navbatida kasbiy jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan kamsonli noorganik moddalar
to‘plamiga tartib berish va ularning tizimli xususiyatlarini tavsiflash hamda tadqiqotchilik
va ijodiy metodlar yordamida mazkur noorganik moddalarning xossalarini bayon etish
malakasini o‘zlashtirishga qaratilgan o‘quv faoliyatini tashkil qilish metodikasini ishlab
chiqishni taqozo etadi.
|