554
ruhiy va psixik nuqsoni bor o‘smirlarning tez va juda oson ilakishib qolayotgani hech
birimizga sir emas. Farzanddagi korreksion nuqson yoshligidayoq aniqlansa, ota-ona uni
bartaraf etish uchun harakat qilmog‘I shart. Negaki, dono xalqimiz aytganidek, “
Farzandning yomoni bo‘lmaydi, danagidan mag‘zi shirin”. Agarda bu illatga qarshi o‘z
vaqtida chora ko‘rilmasa, tasavvur qilib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biz
pedagoglar esa o‘smirlarning ta’lim muassasasida diognostik va korreksion faoliyatni
tashkil etishda, avvalo, o‘smirning fe’l-atvoriga, dunyoviy, diniy va ilmiy qiziqishlariga ota-
ona va vatanga bo‘lgan muhabbatidagi o‘zgarishga bo‘lgan munosabati kabi tushunchalarni
qay tarzda idrok etayotganligiga qarab dars mashg‘ulotlarini tashkil etishimiz lozim.
Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish kerakki, befarqlik sabab bolalarimiz kelajagi yodmizdan
chiqib qolyapti. Zero, e’tiborsizlik har qanday zamonda va faoliyatda eng katta
dushmanimiz bo‘lib kelmoqda. Har bir kishi o‘zidagi loqaydlik tuyg‘usini tarbiyalamas ekan
muammolar yechimsiz, jamiyat esa rivojlanishsiz qolaveradi.