Kislota, asos, tuzlar bilan ishlash qoidalari




Download 135.56 Kb.
bet4/11
Sana14.02.2023
Hajmi135.56 Kb.
#42230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tabiiy birik.laboratoriya
212021, 1-2. Намуна Объективка.lotincha doc, 10- тема Электрон педагогика, 14 Obrazlarni anglashning asosiy masalasi (1), Ish va energiya haqida tushuncha, 212 bxa Bekchanova Zaynab Misr statistikasi, Chrome OT, Chrome OT, Сектор
1.9. Kislota, asos, tuzlar bilan ishlash qoidalari.
Mashg’ulotning birinchi kunidanoq har bir talaba kimyo laboratoriyasida ishlashning xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishib chiqishlari zarur va laboratoriyadagi texnika xavfsizligi jurnalida bu narsa qayd qilinishi lozim.
Har bir talaba, pala–partish ishlash, e’tiborsizlik, asboblarni, moddalarning xossalarini va xavfsizlik texnikasi qoidalarini yaxshi bilmaslik baxtsiz xodisalarga sabab bo‘lishi mumkinligini chuqur anglab olishlari lozim.
Xar bir ishni bajarishdan oldin, ishni bajarilishi bilan yaxshilab tanishib olish va o‘qituvchidan ayni ishni bajarishning xavfsizlik texnikasiga oid ma’lumot olishi lozim.
Laboratoriyada ishlayotganda quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilish zarur:
1.Zaharli va qo‘lansa hidli moddalar bilan qilinadigan tajribalarning hammasini mo‘rili shkafda o‘tkazing.
2. Ajralib chiqayotgan gazni idishga yaqin engashib hidlamang. Gazni hidlash zarur bo‘lsa, ehtiyot bo‘lib, havoni qo‘lingiz bilan idish og‘zidan o‘zingiz tomon yelpib ma’lum masofada xidlang.
3. Konsentrlangan kislotalarni, ayniqsa sulfat kislotani suv bilan suyultirishda suvni kislotaga qo‘ymay, kislotani suvga jildiratib aralashtirib turgan holda qo‘yish kerak.
4. Reaktivlarni quyishda ularni o‘zingizga yoki kiyimingizga sachramasligi uchun hech vaqt idishning tepasiga engashmang.
5. Suyuqlikni qizdirayotganda probirka og’zini o‘zingizdan va yaqin turgan kishilardan chetga qaratib tuting.
6.Suyuqlikni qizdirayotganda idish ustiga engashib qaramang, chunki suyuqlik qaynaganda sachrashi mumkin.
7.Ishlaganda reaktivlarning (ayniqsa kislota va ishqorlarning) yuzga, qo‘l va ust–boshga tegmasligini doimo kuzatib boring. Yuzingizga yoki qo‘lingizga suyuqlik sachrasa, suv bilan darhol yuvib tashlang. Kuchli kislota sachrasa, avval ko‘p miqdor suv bilan, so‘ngra esa sodaning suyultirilgan eritmasi bilan yuving. Teriga ishqor sachraganda uni suv bilan to silliqlik yuo‘qolguncha yuvish kerak.
8. Oson o‘t oluvchi, o‘chuvchan moddalar bilan qilinadigan tajribalarni o‘tdan uzoqroqda va imkoni boricha mo‘rili shkafda o‘tkazish lozim.
9. Benzin, spirt, efir o‘t olib ketsa, alanga ustiga qum sepib o‘chiring. Issiq asbob yoki idish stoldagi maxsus "taglik" ustiga qo‘yilishi lozim:
10. Biror yeringiz gaz gorelkasi alangasidan yoki qizdirilgan narsalardan kueib qolsa, kuygan joyingizga kaliy permanganatning kuchli eritmasi bilan, kuygan joy to qo‘ngir rangga kelguncha ho‘llanadi yoki kuyganda ishlatiladigan suyuqlik (aptechkadan olinadi) bilan ho‘llangan paxta kuygan joyga qo‘yiladi.
11.Zaxarlanib qolganda va qattiq kuyganda darhol vrachga murojat qilinadi.
12. Mashsulot dasturida ko‘rsatilmagan tajribalarni o‘tkazish qat’iyan ta’qiqlanadi.
13. Laboratoriyadan ketayotganingizda o‘z ish joyingizni tartibga keltiring, gaz gorelkalarini, vodoprovod jumraklarini ochiq–yopiqligini, elektr asboblarining o‘chirilganligini tekshirib ko‘ring.

Download 135.56 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 135.56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kislota, asos, tuzlar bilan ishlash qoidalari

Download 135.56 Kb.