• I.7. Tajriba natijalarini tekshirish.
  • Reaktivlardan foydalanish va ishlash qoidalari
  • I.6. Uskunalarni ishga tayyorlash




    Download 135.56 Kb.
    bet3/11
    Sana14.02.2023
    Hajmi135.56 Kb.
    #42230
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Tabiiy birik.laboratoriya
    212021, 1-2. Намуна Объективка.lotincha doc, 10- тема Электрон педагогика, 14 Obrazlarni anglashning asosiy masalasi (1), Ish va energiya haqida tushuncha, 212 bxa Bekchanova Zaynab Misr statistikasi, Chrome OT, Chrome OT, Сектор
    I.6. Uskunalarni ishga tayyorlash.
    Uskunalarni yig‘ishda ularni tozaligiga, biriktirish moslamalariga e’tibor berish tajribani samaradorligini yaxshilaydi. Kimyoviy idishlarni yuvishda xromli aralashmadan foydalanish zarur. Metaldan yasalgan uskunalar: reaktor, kublarni kerosin, benzinda yuvib, toza havoda quritish kerak. Shundan so‘ng ishni olib borish mumkin, tajribani olib borishdan avval, ishni bajarish usuli bilan to‘liq tanishib chiqish kerak.
    I.7. Tajriba natijalarini tekshirish.
    Laboratoriya ishlarini olib borishda o‘lchash va tortish ishlarini aniq bajarish kerak. Material balanslari talabga javob berib, yo‘qotilish 0,10–1,6 foizdan oshmasligi zarurdir. Hisoblash ishlari to‘g‘ri bo‘lishi uchun aniq o‘lchash va qaytahisoblash lozimdir. Ish bajarilib bo‘lgandan so‘ng, quyidagi tarzda hisobot topshirilishi zarur:

    1. Ishdan maqsad, ishni olib borish tartibi.

    2. Apparat va sxemalarni ta’rifi.

    3. Tajribani tavsifi.

    4. Tajribani olib borilish sharoitlari.

    5. Hosil bo‘lgan mahsulotlar xarakteristikasi.

    6. Xulosa.

    7. Foydalanilgan adabiyotlar.

      1. Reaktivlardan foydalanish va ishlash qoidalari

    Eritmalar va quruq reaktivlar jips berkitilgan shisha tiqin (shliflangan), rezena yoki yog‘och probka bilan berkitilgan shisha idishlarda saqlanishi kerak. Reaktiv solingan har bir idishga reaktivning nomi, sifati (markasi) va konsentratsiyasi (eritmalar uchun) yozilgan etiketka yopishtirib qo‘yilishi kerak. Reaktivlardan foydalanilganda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
    1.Reaktivlardan keragidan ortiq miqdorda sarflash yaramaydi. Bajariladigan tajriba uchun reaktivdan qancha olish kerakligi aytilmagan bo‘lsa, ulardan mumkin qadar kamroq oling.
    2.Ishlatilmay ortib qolgan reaktivni shu reaktiv olingan idishga qaytarib solmang, laborant ko‘rsatgan boshqa idishga solib qo‘yish kerak.
    3. Tajriba o‘tkazish reaktivdan kerakli miqdorda olingandan keyin berkitib, o‘z joyiga qo‘yish kerak.
    4. Quruq reaktivlarni chinni yoki metall qoshiqchalarda yoxud shpatellar bilan oling. Ular har doim toza va quruq bo‘lishi kerak.
    5.Suyuq, reaktivni pipetka bilan olsangiz, pipetkani yuvmasdan unda yana boshqa idishdan reaktiv olmang. Umumiy foydalanish uchun qo‘yilgan reaktivlarni har kim o‘zi ishlatayotgan shpatel yoki pipetka bilan olishi yaramaydi.
    6.Umumiy foydalanish uchun qo‘yilgan asbob va reaktivlarni o‘z ish joyingizga olib ketmang, aksincha ularning o‘z joyini o‘zgartirmang, chunki u boshqalar uchun ham kerak bo‘ladi.

    Download 135.56 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 135.56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I.6. Uskunalarni ishga tayyorlash

    Download 135.56 Kb.