• 1.10. Laboratoriyada birinchi yordam ko’rsatish;
  • 2 -Laboratoriya ishi .
  • Qarshi davlat universiteti kimyo biologiya fakulteti organik kimyo kafedrasi




    Download 135.56 Kb.
    bet5/11
    Sana14.02.2023
    Hajmi135.56 Kb.
    #42230
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Tabiiy birik.laboratoriya
    212021, 1-2. Намуна Объективка.lotincha doc, 10- тема Электрон педагогика, 14 Obrazlarni anglashning asosiy masalasi (1), Ish va energiya haqida tushuncha, 212 bxa Bekchanova Zaynab Misr statistikasi, Chrome OT, Chrome OT, Сектор
    Idishlarni yuvish
    Tajribalar uchun ishlatiladigan idishlar toza bо‘lishi kerak. Tajriba bajarilishidan oldin kimyoviy idishlar yaxshilab yuviladi. Bu idishlar oldin maxsus chо‘tkalar yordamida suv bilan yuviladi, sо‘ngra distillangan suv bilan bir necha marta chayiladi. Idishlar hech qachon qum bilan yuvish yaramayda, chunki qum bilan yuvilgan idishlar tiraladi va ulardagi mustahkamligi yо‘qoladi. Agar idish juda iflos bо‘lga va mexarnik usulda tozalash imkoni bо‘lmasa kimyoviy usul qо‘llaniladi. Buning uchun xromli aralashmadan foydalaniladi. Xromli aralashma shishani yaxshi hо‘llashini ta’minlaydi. (Xromli aralashma katta chinni havonchada tayyorlanadi, 10 g atrofida kaliy bixromat mayda kukun holigacha eziladi 3–5 ml suvbilan hо‘llarniladi va uiga aralashtirib turib 100 ml konssrteilangan (96% li) sulfat kislota quyiladi. Tindirilgan eritma qalin shliflangan shisha idishda saqlanadi. Idish xromli aralashma bilan yuvilgandan keyin, aralashma yana о‘z idishiga quyiladi (vodoprovod rakovirasiga qо‘yish mumkin emas) va vodoprovod suvida yaxshilab yuviladi, sо‘ngra distillangan suv bilan chayiladi. Ayrim hollarda idishlarni yuvish uchun ishqoining spirtdagi eritmasi ishlatiladi (Ishqorning spirtdagi eritmasini–5–10 g о‘yuvchi natriyni 100 ml etil spirtida eritib tayyorlanadi). Yuvilgan kimyoviy idishlarning ichki tomorni hech qachoin sochiq bilan artilmaydi, agar quritish kerak bо‘lsa, quritish shkafida quritiladi. О‘lchov idishlarni hech qachon qizdirish yо‘li bilan quritish mumkin emas.
    1.10. Laboratoriyada birinchi yordam ko’rsatish;
    1. Agar teriga (qo‘l, yuz va boshqa joylarga) kons. kislota (sulfat, nitrat, xlorid va boshqa) tekkanda, tezlik bilan 3–5 minut davomida kuygan joyni kuchli suv oqimi bilan yuviladi. Keyin taninning 3% li yoki kaliy permanganat eritmasi bilan xo‘llangan paxta boylami qo‘yiladi.
    2.Teri ishqor eritmasi bilan kuyganda, kuygan joy suv bilan to silliqlik yo‘qolguncha yuviladi, keyin taninning 3% li spritli eritmasining yoki kaliy permanganat eritmasi bilan ho‘llangan paxta boylami qo‘yiladi. Birinchi holda ham, ikkinchi holda ham kuchli kuyganda, birinchi yordamdan keyin tezlik bilan vrachga murojaat qilinadi.
    3. Ko‘zga kislota yoki ishqor sachrasa, tezlik bilan uy temperaturasidagi ko‘p miqdor suv bilan yuviladi va darhol vrachga murojaat qilinadi.
    4. Agar teri issiq narsalar (shisha, metall va boshqalar) dan ko‘ysa, avval taninning 3% li spirtli eritmasi yoki kaliy permanganat eritmasi bilan xo‘llangan paxta boylami qo‘yiladi, keyin yog’li surtma moy (kuyishga qarshi) boylami qo‘yiladi.
    5. Xlor, brom, vodorod sulfid, uglerod (CO) oksid bilan zaharlanganda, jabrlangan darhol toza havoga chiqariladi, keyin vrachga murojaat qilinadi.
    6. Fosfor ta’siridan ko‘ygan joyga mis sulfatning 2% li eritmasi bilan ho‘llangan bog’lam qo‘yiladi.
    7. Mishyak va simob birikmalari hamda sianid tuzlari bilan zaharlanganda tezlik bilan vrachga murojat qilinadi.
    8. O‘qituvchining ruxsatisiz biron moddaning mazasini tatib ko‘rish yoki hidlash, shuningdek kimyoviy idishlardan suv ichish taqiqlanadi. Laboratoriyada ishlatiladigan hamma moddalar oz yoki ko‘p darajada zaxarli ekanini talabalar esdan chiqarmasliklari lozim.
    9.Ishni bajarishda biron tushunmovchilik tug’ilsa, ishni to‘xtatish va o‘qutuvchiga yoki laborantga murojat qilib tushinib olgandan keyin davom ettirish lozim.
    10. Simob metali va uning kuchli ta’sir qiluvchi tuzlari zaharli. Shuning uchun simobli asboblar, simobli termometrlar singanda to‘kilgan simobni yaxshilab yig’ib olish shart. Simob to‘kilganligi haqida o‘qituvchiga va laborantga albatta xabar berilishi kerak.
    11. Kislota, ishqor va ammiakning konsentrlangan eritmalarini hamda oson bug‘lanuvchan suyuqliklarni pipetkada og‘izda tortib olish mumkin emas.
    2 -Laboratoriya ishi .

    Download 135.56 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 135.56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti kimyo biologiya fakulteti organik kimyo kafedrasi

    Download 135.56 Kb.