• Nikotin zaharli bo‘lgani uchun u bilan ishlashda ehtiyot bo‘lish lozim! Xom ashyo va reak ti vlar.
  • 3 - Laboratoriya ishi
  • Qarshi davlat universiteti kimyo biologiya fakulteti organik kimyo kafedrasi




    Download 135.56 Kb.
    bet6/11
    Sana14.02.2023
    Hajmi135.56 Kb.
    #42230
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Tabiiy birik.laboratoriya
    212021, 1-2. Намуна Объективка.lotincha doc, 10- тема Электрон педагогика, 14 Obrazlarni anglashning asosiy masalasi (1), Ish va energiya haqida tushuncha, 212 bxa Bekchanova Zaynab Misr statistikasi, Chrome OT, Chrome OT, Сектор
    Tamaki о‘simligi tarkibidagi alkaloidlar summasini
    miqdor analizi


    Nikotin–3–(1–metil–2–pirrolidin)–piridin bo‘lib tamakida uchraydigan asosiy alkaloid hisoblanadi. U ituzumlar—oilasiga kiruvchi o‘simlik — chilim tamaki va tamakida limon kislotaning tuzi holida uchraydi. Har ikkala o‘simlik bargi tarkibida o‘simlikning naviga, o‘sadigan yeriga qarab 0,3—6 % nikotin bo‘ladi.
    Tamaki bargidan limon hamda nikotin kislotalari (PP vitamin) ham olinadi.
    Nikotin zaharli bo‘lgani uchun u bilan ishlashda ehtiyot bo‘lish lozim!
    Xom ashyo va reaktivlar.
    Tamaki ……………………….. 100 g
    Dietil efir………………………. 150 ml
    So‘ndirilgan ohak ……………... 15 g
    Oksalat kislota ………………. 20—30 g
    O‘yuvchi natriy; xlorid kislota; 2 protsentli
    kremniy; volfram kislota; metil yodid; metil spirt;
    pikrin kislota; sirka knslota; n– butil spirt;
    dragendorf reaktivi.


    100 g tamaki chinni hovonchada 15 g so‘ndirilgan ohak bilan ezib maydalanadi va aralashma yumaloq tubli kolbaga solib suv bug’i bilan haydaladi; haydash xlorid kislota qo‘shib, kislotali muhit hosil qilingan namuna distillat 2 protsentli kremniy volfram kislota eritmasi bilan cho‘kma bermaguncha davom ettiriladi. So‘ngra distillat maydalangan oksalat kislota bilan kislotali muhitga keltirilib, suv hammomida sharbat holiga kelguncha bug’lantiriladi. Quyultirilgan eritma so–vitilgapdan so‘ng nikotin oksalati va tamakida bo‘lgan boshqa alkaloidlarning tuzlari cho‘kadi. Cho‘kma filtrlanadi va erkin holdagi alkaloidni olish uchun cho‘kma 30 % li ishqor eritmasi bilan ishlangandan so‘ng, eritma 3—4 marta (har gal 30– 40 ml dan) efir bilan ekstraksiya qilinadi.Efirli ekstrakt potash bilan quritilib haydaladi va kolbada qolgan organik asosning yigindisi (summasi), pipetkasimon qilib tayyorlangan shisha nay yordamida, ikki yonida yopiq o‘simtasi bo‘lgan 3—5 ml sig‘imli haydash kolbaga solib, parifin hammomi bilan vakuumda haydaladi, distillat oldindan tortilgan pipetkasimon nayga yig‘ilib, uning miqdori aniqlanadi va olingan modda shu idishning o‘zida kavsharlangan holda saqlanadi.
    Bu olingan asosning tarkibida oz mnqdorda bo‘lsa ham boshqa alkaloidlar bo‘ladi.
    Nikotinning qaynash temperaturasi 247,3°C (760 mm sim. ust.); 120°C (14 mm).Yangi haydalgan nikotin rangsiz, hidsiz moysimon suyuqlik bo‘lib, u turishi bilan yopishqoq holga kelib qorayib ketadi. Nikotin ko‘p organik erituvchilarda va suvda yaxshi eriydi.
    3 - Laboratoriya ishi

    Download 135.56 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 135.56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti kimyo biologiya fakulteti organik kimyo kafedrasi

    Download 135.56 Kb.