• 5-jadval
  • “Nechta farzandingiz bor?” savoliga berilgan javoblar




    Download 3,74 Mb.
    bet31/97
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,74 Mb.
    #246640
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97
    Bog'liq
    Оилавий низолар психолгияси

    “Nechta farzandingiz bor?” savoliga berilgan javoblar



    Farzandlar soni

    “Ijtimoiy fikr”

    “Oila”

    shahar

    qishloq

    shahar

    qishloq

    1 ta

    16,4

    9,8

    17,4

    19,2

    2 ta

    33,6

    20,6

    34,9

    37,7

    3 ta

    25,2

    21,2

    29,4

    24,0

    4 ta

    12,7

    27,9

    10,2

    16,2

    5 va undan ko‘p

    12,1

    27,9

    0

    1,5

    Ideal ustanovkalar (5-jadval) 2002 yilga nisbatan 2004 yilda 2 ta farzandli oila hisobiga o‘zgargan: masalan, “Ijtimoiy fikr” ma’lumotlarida ham 2002 yilgi 31,6 foiz, 2004 yilda 35,6%ga ko‘tarilgan. “Oila” markazining ma’lumotlarida ham 15,6 foiz 26,5 foizga o‘zgargan. 4 nafar va undan ortiq bolali oilalar “Oila” markazi hisobotlarida kamaygan: 42,4 dan 30,8 ga, lekin “Ijtimoiy fikr”da biroz o‘sish bor: 28,8 dan 30,8 gacha oshgan.


    5-jadval

    “Sizningcha oilada nechta farzand bo‘lishi kerak?” savoliga olingan javoblar (“Ijtimoiy fikr” va “Oila” markazi ma’lumotlari)


    Yillar

    Tashkilotlar

    1 ta

    2 ta

    3 ta

    4 va undan ortiq

    Boshqa javoblar

    2004

    “Ijtimoiy fikr”

    2,7

    35,6

    27,5

    24,4

    4,9

    “Oila”

    3,4

    26,5

    33,8

    30,8

    5,5

    2002

    “Ijtimoiy fikr”

    2,2

    31,6

    29,0

    28,8

    4,1

    “Oila”

    0,7

    15,6

    33,2

    42,4

    8,1

    Ko‘rib turganimizdek, reproduktiv madaniyat oshgani sari real va ideal ustanovkalarda ham muayyan o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Muhimi – yurtdoshlarimiz bugungi kunga kelib, oilada farzandning borligi uning mustahkamligi omili ekanligini chuqur anglagan holda, sog‘lom onadan tug‘ilgan sog‘lom bola uning baxt-saodati ekanligini to‘la anglaydilar. Shu bois ham olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faollashib borayotgan o‘rni ularning reproduktiv xulqlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.


    Perinatal psixologiya
    Psixologiya fanida ishlatiladigan “perinatal” tushunchasi bilan tibbiyotda ishlatiladigan tushuncha o‘rtasida muayyan farq bor. Tibbiyotda perinatal davr o‘z ichiga homilaning ona qornidagi 28 haftalik taraqqiyot davri bilan bola tug‘ilgandan keyingi 7-10 kunlik davr oralig‘ini nazarda tutadi. Perinatal psixologiyada esa homila paydo bo‘lgan davrdan toki chaqaloqning ona bilan birgalikda, emotsional bog‘liqlikda kechadigan yaxlit davrigacha bo‘lgan vaqt nazarda tutiladi. Psixologiya uchun bolaning er va xotin qo‘shilishi natijasida qanday konstruktiv yoki destruktiv motivlar asosida paydo bo‘lishi ham ahamiyatlidir. Ayniqsa, ayolning homiladorlik davridagi his-kechinmalari, bolaning qanchalik kutishi kabi psixologik omillar keyinchalik u bilan amalga oshiriladigan psixoterapevtik ishlarda amaliy ahamiyat kasb etadi. I.V. Dobryakov (2003) homilador ayollarning shu davr mobaynidagi psixologik kechinmalarining shakllarini shunday tafovutlaydi:
    optimal tip;
    gipogestagnozik tip, ya’ni, turli sabablarga ko‘ra, homilador ayol va uni o‘rab turganlarning uning holatiga e’tibori kamligi ko‘rinishida (masalan, talaba bo‘lgan homilador ayol o‘qishi tashvishlari bilan homilasiga yetarli vaqt ajratib e’tibor berolmaydi);
    eyforik tip, ya’ni homilador ayolning yangi holatidan o‘ta lazzatlanishi, butun vujudi bilan “maza” qilishi holati;
    xavotirli tip;
    depressiv tip.
    Ayolning homiladorlik davrini qanday boshidan kechirishi uning ona bo‘lganidan keyingi xulq-atvorini belgilaydi. Tug‘ish bilan bog‘liq tashvishlar psixoanalitik yo‘l bilan O.Rank va S.Grofflar tomonidan batafsil o‘rganilgan. Tug‘ruqdan keyingi davr esa yana psixologik jihatdan alohida davr bo‘lib, u ikkala tomonning farzand tug‘ilishiga bo‘lgan hissiy munosabati xarakteridan kelib chiqadi.
    Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi va qadrlanadi. Lekin masalaning muhim jihati shundaki, nikohga kirishning eng dolzarb motivi farzand ko‘rish bo‘lgani sababli, aksariyat oilalarda ayolning petenatal davrida unga alohida mehr ko‘rsatish, g‘amxo‘rlik qilish ham milliy an’analarimizga aylangan.



    Download 3,74 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97




    Download 3,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Nechta farzandingiz bor?” savoliga berilgan javoblar

    Download 3,74 Mb.