|
Oilaga yo‘naltirilgan siyosat dasturi: XXI asr
|
bet | 39/97 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 3,74 Mb. | | #246640 |
Bog'liq Оилавий низолар психолгиясиOilaga yo‘naltirilgan siyosat dasturi: XXI asr
oilasi konsepsiyasi
XXI asr konsepsiyasini yaratish va uni hayotga joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – milliy an’analar, urf-odatlar, umuminsoniy kadriyatlar va jamiyat taraqqiyoti istiqbollarini hisobga olgan oila va uning ijtimoiy muhofazasiga aloqador tashkilot va jamoatchilik muassasalari uchun, oila borasida ilmiy izlanishlar olib boruvchi olimlar va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga mas’ul bo‘lgan ta’lim va tarbiya masakanlari, ota-onalar uchun o‘zbek mentaliteti, xalqimizning o‘lmas madaniy meroslari, milliy qadriyatlarni inobatga olgan va uning ertasini belgilovchi metodologik hamda nazariy-amaliy qarashlar majmuini yaratishdan iboratdir. Bu ish Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazida “Ona va bola yili” davlat dasturi doirasida ishlab chiqildi.
XXI asr oilasi konsepsiyasini yaratishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikasining asriy an’analari, oilaviy urf-odatlari, milliy qadriyatlarini tarixiy-etnografik asosda o‘rgangan holda O‘zbekiston oilalarining istiqbolini belgilovchii ustivor vazifalarni va faoliyat strategiyalarini belgilashdan iboratdir.
O‘zbekiston oilalariga xos bo‘lgan ustivor xususiyatlar, milliy qadriyatlar darajasiga ko‘tarilgan oilaviy udumlar, rasm-rusmlar va an’analarning shaxsga tarbiyalovchi ta’sir ko‘rsatuvchi jihatlari ilmiy jihatlarini ochishga yo‘naltirilgan ushbu hujjat Respublikamizda istiqlol yillarida oilani ijtimoiy jihatdan himoya qilish, ota-onalarga berilgan imtiyozlar va bola tarbiyasi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularning komil inson tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarini inbatga olgan holda mavjud bo‘lgan muammolar doirasida oilaning istiqboli, rivojlanish tendensiyalarini belgilaydi. «XXI asr oilasi» konsepsiyasi asosida oilani kompleks o‘rganish dasturi taklif etilgan.
Mamlakatimizda izchillik bilan olib borilayotgan oila siyosatining tom ma’nosi XXI asr oilasining istiqboldagi rivojlanishi va taraqqiyotining ustivor yo‘nalishlari jamiyat taraqqiyotining kafolatlari to‘g‘risidagi ezgu g‘oyalarimizga hamohangdir. Shunga tayangan holda XXI asrda oilalar rivojlanishiga asos bo‘luvchi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy omillar va tamoyillar quyidagicha ifodalanishi mumkin:
XXI asr oilasi jamiyatda ustivor bo‘lgan demokratik tamoyillarga asoslangan, hech qanday siyosiy kuchlarning subyektiv xohish-irodasiga qaram bo‘lmaydigan, jamiyatni olg‘a rivojlanishiga to‘siq bo‘luvchi illat va asoratlarni bartaraf etishga qodir bo‘lgan maskan rolini o‘ynaydi;
Yangi asr oilasi milliy urf-odatlar, milliy qadriyatlar, an’analar va udumlarning jamiyat rivoji va oila barqarorligiga xizmat qiluvchi jihatlarini ilg‘or, insoniyat taraqqiyotiga aloqador an’analar bilan uyg‘unlashtiruvchi tabiiy makondir;
XXI asr oilasi insonparvarlik va demokratiya tamoyillarining tom ma’noda jamiyatda ustivor bo‘lishi va har bir jamiyat a’zosi bo‘lgan fuqaro tomonidan ongli tarzda idrok qilinishi uchun ma’rifat maktabini o‘ynaydi;
XXI asr oilasi umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, mamlakatda tinchlik va xavfsizllikni ta’minlanishi uchun ma’naviy qo‘rg‘on rolini o‘ynaydigan ijtimoiy institutdir;
XXI asr oilasi “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat”, “Inson va uning manfaatlari har narsadan ulug‘” degan tamoyillarni o‘z a’zolari ongiga singdirish uchun qulay bo‘lgan mafkuraviy muhitdir;
XXI asr oilasi xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon sivilizatsiyasining eng ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradigan va shu asnoda har tomonlama barkamol sog‘lom avlodni tarbiyalovchi maskandir;
XXI asr oilasi har bir fuqaroning kuch va iqtidorini o‘z halol va safarbar mehnati orqali ro‘zg‘orning iqtisodiy takomilini ta’minlash, shu orqali jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining samaradorligi va qudratini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar makonidir. Oila iqtisodini barqarorlashtirishda oilaviy tadbirkorlik, ijara, oilaviy ishlab chiqarish, kasanachilik shakllaridan oqilona foydalanadi va oila budjetini yaxshilash, turmush tarzini farovonlashtirish uchun zamonaviy texnika va texnologiyalardan, maishiy xizmat shahobchalari xizmatidan unumli va o‘rindi foydalanadi;
XXI asr oilasi o‘z fuqarolarida yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish orqali insonlarga berilgan huquq va erkinliklarga ongli munosabatini ta’minlovchi, bunda milliy, umuminsoniy va demokratik tamoyillar ma’no-mohiyatini yetkazuvchi ijtimoiy institutdir;
XXI asr oilasi o‘zining intellektual salohiyati, aql-zakovati va iqtidori bilan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanish orqali innovatsion kashfiyotlar va yuksak texnologiyalarni oila barqarorligiga yo‘naltiruvchi, sog‘lom ijodiy muhitni ta’minlovchi makondir.
|
| |