O‘zbekistonda oilalarning mustahkamligiga qaratilgan ijtimoiy-




Download 3,74 Mb.
bet38/97
Sana20.05.2024
Hajmi3,74 Mb.
#246640
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   97
Bog'liq
Оилавий низолар психолгияси

O‘zbekistonda oilalarning mustahkamligiga qaratilgan ijtimoiy-
demografik tadqiqotlar
Mamlakatimizdagi ijtimoiy-demografik ahvolning yana bir muhim xususiyati – jamiyatning asosi bo‘lgan kuchli oila tizimidir. O‘zbekistonda nikohdan o‘tish darajasi yuqori va eng muhimi, oilalarning buzilishi dunyo bo‘yicha eng past darajada. Oila bizning xalqimiz uchun millatning ko‘p asrlik an’analari va ruhiyatiga mos bo‘lgan g‘oyat muhim hayotiy qadriyatlardan biridir. Respublikada mavjud oilalar soni bugungi kunda 5 milliondan ziyod bo‘lib, ularning aksariyati bo‘linmagan, ko‘p avlodli, turli avlod vakilllari birga yashaydigan va birga xo‘jalik yuritadigan xonadonlardir. Oilaning bunday o‘zimizga xos bo‘lgan shakli bolalarni tarbiyalash, ularni umuminsoniy ma’naviy qadriyatlardan, an’analardan bahramand qilish, shu bilan birga milliy an’analarimizning saqlanishi, bilim darajasini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratdi. Xuddi ana shunday oilalarda odamlar bolalik chog‘laridanoq mehnatsevarlikni, kattalarga hurmatni, bilim egallashga intilishni, tug‘ilib o‘sgan yurti, qishlog‘i, shahri, yaxlit Vatanini sevishni o‘rganadilar.
O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy istiqboliga bevosita aloqador ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikasida huquqiy-demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurish jarayonlarida jamiyatning negizi hisoblangan oilalar borasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi, yo‘nalishlari va tamoyillarini belgilash orqali oilaga yo‘naltirilgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy, iqtisodiy faoliyatning dasturini va oila institutini milliy va umuminsoniy qadriyatlar muvofiqligida mustaqhkamlashning ilmiy asoslangan strategiyasini ishlab chiqishdan iboratdir.
Respublikamizda 90-chi yillardayoq oilalarning ko‘p bolalik shaklidan o‘rtacha bolalik shakliga o‘tish ro‘y berayotganligi bashorat qilingan edi. Chunki 1998-1999 yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda shahar oilalarining 75-76, qishloq oilalarining 53-54 foizi oilada farzand tug‘ilishini rejalashtirayotganligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lingan edi. Lekin muhtaram Prezidentimizning “Sog‘lom avlod yili” davlat dasturi asosida “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” ijtimoiy harakatini takmomillashtirishga qaratilgan Davlat dasturidagi chora-tadbirlarning belgilanganligi tufayli, ayni paytda oila va salomatlik sifatlari sog‘lom tug‘ilgan bola va uni dunyoga keltirgan onaning holatiga bog‘liq ekanligini aholi tobora teranroq tushunib bormoqda va bu tushuncha aholining farzand ko‘rishga nisbatan reproduktiv ustanovkalarida aks etmoqda.
Oilalar miqdorining ortib borishi oxirgi yillarda asosan yosh oilalar va nuklear tipli, ya’ni, er-xotin va ularning farzandlari alohida yashaydigan oilalar hisobiga sodir bo‘lmoqda. Mavjud oilalarning salkam 50 foizi – bu nuklear oilalar, bir xonadonda bir necha alohida oilalar istiqomat qiladigan patriarxal oilalar jami oilalarning salkam 23,5 foizini tashkil etadi. Nuklear, yosh oilalarning aksariyati 9 yildan kam bo‘lgan turmush tajribasiga ega bo‘lganlar bo‘lib, sodir bo‘layotgan nikohning barbod bo‘lishi holatlari aynan shu kabi oilalarga to‘g‘ri kelmoqda. YA’ni, ilmiy izlanishlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 70 foizdan ortiq nikoh ajrimlari yosh oilaga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, oila borasidagi yangi holat shuki, agar 90-chi yillarda migrantlar orasida ayollar ko‘pchilikni tashkil etgan bo‘lib, ular asosan turmushga chiqish oqibatida turar manzilini o‘zgartirigan bo‘lsa (jami migrantlarning 53%), oxiirgi yillarda aksincha erkaklarning mehnat migratsiyasi ko‘lami ortib bormoqda va bu ham oilaning holati va sifatiga kuchli ta’sir etmoqda. Ushbu holat ham jiddiy tadqiqotlarni talab etadi.
YA’ni, O‘zbekiston aholisi katta demografik salohiyatga va qulay tarkibga ega. O‘tgan o‘n yilliklarda tug‘ilish darajasi nisbatan kamaydi, ammo mavjud ko‘rsatkichlar ham bu salohiyat va tarkib muayyan davr oralig‘idagina saqlanib qolishini ko‘rsatadi. O‘zbekiston aholisining 37 foizini 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi, aholining umumiy tarkibida mehnatga yaroqli aholi ulushining nisbatan pastligi va O‘zbekistondagi demografik vaziyatning boshqa xususiyatlari bozor munosabatlariga o‘tish davrida aholini faol ijtimoiy muhofaza qilishni taqozo etadi. Shu bois, aholining ijtimoiy muhofazasi O‘zbekiston siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biridir va bu tizim izchil takomillashtirib borilmoqda.
Bugungi kunda davlat ijtimoiy siyosatining muhim jabhalaridan biri aholi nufuzi, sifati masalasidir. Aholi sifati deganda, asosan aholi salomatligi darajasi, bolalar va onalar salomatligi darajasi, o‘rtacha umr ko‘rish darajasi, reproduktiv ustanovkalari, aholi ma’lumoti va ish bilan bandligi darajasi, milliy qadriyatlar va an’analar saqlanganligi kabi qator tavsiflar tushuniladi. YA’ni, ta’kidlash joizki. mamlakatimiz ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishshini jadallashtirishning muhim sharti aholi sifatini oshirishdir. Bunga erishish uchun davlatimizda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda, lekin ularning samaradorligini oshirish ilmiy asoslangan milliy siyosat asosidagina ta’minlanishi mumkin. Bunda aniq ilmiy ma’lumotlar, jumladan, aholining tarkibi, stratifikatsion xususiyatlari, milliy tarkib albatta inobatga olinishi lozim.
O‘zbekiston aholisining milliy tarkibi aholi o‘rtasida amalga oshiriladigan siyosatning tarkibiy qismi bo‘lib, davlatimizdagi demografik vaziyatni ilmiy – asosli baholash va uning monitoringini olib borishga asoslanadi.
Shunday qilib, mamlakat mustaqilligining 16 yili mobaynida amalga oshirilgan ishlar ana shu xalqning yaratuvchanlik yo‘lida yagona g‘oya atrofida birlashayotganligining isboti bo‘lib, bu ishlarning ko‘lami O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi e’tirofiga sabab bo‘ldi. Oliy Majlisning 9 sessiyasida yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek: “..yurtimizdagi o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayonining ko‘lami kengayib, samaradorligi oshib borgan sari jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish va demokratlashtirish zarurati tobora ko‘proq sezilmoqda”. Demokratik ko‘nikma va fuqarolik fazilatlari tarbiyalanadigan muhim maskanlardan biri – oiladir.
Oilaga doir bunday muammolarni o‘rganish, ilmiy tadqiq qilish o‘ta dolzarb xisoblanadi. Ayniqsa, muammolar yechimini topishda yurtimizdagi demografik vaziyat bilan bog‘liq holda ish olib borish maqsadga muvofiqdir. Chunki mustaqillik yillaridagi mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlarida oila taraqqiyotining barcha jabhalarida o‘zgarishlar kuzatilmoqda va o‘z-o‘zidan yangicha demografik vaziyat yuzaga kelmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek “Respublikadagi alohida demografik vaziyat o‘z ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini tanlab olish zarurligini belgilab beruvchi g‘oyat muhim xususiyatlardan biridir”.
Oila siyosatining uzoqni ko‘zlagan, istiqbolli yo‘nalishi jamiyatda oila institutini mustahkamlashga qaratilgandir. Bunday siyosatning fuqarolar tomonidan anglanishi ularda oila-nikoh munosabatlariga nisbatan cheksiz mas’uliyat hissini, o‘zi qurgan oilaga nisbatan g‘urur va uni qadrlash psixologiyasini shakllantiradi, albatta.



Download 3,74 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   97




Download 3,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda oilalarning mustahkamligiga qaratilgan ijtimoiy-

Download 3,74 Mb.