Milliy g‘oya va shaxs tarbiyasida oilaning roli




Download 3,74 Mb.
bet40/97
Sana20.05.2024
Hajmi3,74 Mb.
#246640
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   97
Bog'liq
Оилавий низолар психолгияси

Milliy g‘oya va shaxs tarbiyasida oilaning roli
Milliy g‘oyani omma ongiga singdirishni eng avvalo oiladan boshlash, oilaning etnopsixologik xususiyatlarini, oila a’zolari ongiga sog‘lom fikrlarni singdirishning pedagogik tamoyillarini, psixologik mexanizmlarini, oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ma’naviy-madaniy jihatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Bugun barchamizga istiqlol mafkurasi va milliy g‘oya mamlakatimiz erishayotgan va erishajak yutuqlarning asoslaridan birini tashkil qilishi, millatni millat, xalqni xalq qilib birlashtiruvchi, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining zaruriy mezoni ekanligi tarixiy haqiqatdir. “Oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo‘lib yetishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i ekanini tan olishimiz darkor”.
Ma’lumki, iymonlilik, insonparvarlik, diyonat, e’tiqodlilik kabi shaxs mafkuraviy tasavvurlarining asosida yotgan fazilatlar o‘smirning eng avvalo oilaviy munosabatlar tizimida tutgan o‘rnidan, ota va ona, oiladagi boshqa katta avlod vakillarining ijtimoiy mavqelari va roli mazmunidan kelib chiqadi. Zero, mafkuraviy tasavvurlar hamda ular asosida shakllanuvchi insoniy fazilatlar shaxsning yaxlit strukturasidagi muhim omillardan hisoblanadi.
Milliy g‘oyani oila muhitida bolaning ongi, qalbiga singdirishning muhim vositasi – bu oilaviy qadriyatlarni saqlash va ilg‘or oilaviy an’analarni kundalik tarbiya tizimiga joriy etish, turmush tarzining bir bo‘lagiga aylantirishdir. Bunda ota-onaning o‘rni va roli bevosita xarakterga ega bo‘lib, faqat sog‘lom muomala va samimiyat muhitigina o‘smirning dunyoqarashi shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo‘yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o‘rtaga qo‘yilgan maqsadlarga erishish o‘zlariga bog‘liq ekanligini, ya’ni bu narsa ularning sobitqadam g‘ayrat-shijoatiga, to‘la-to‘kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog‘liq ekanligini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir.
Shu nuqtai nazardan, oilaviy an’analar, rasm-rusmlar va odatlar orqali bolalarimiz ongiga milliy g‘oyani va istiqlol mafkurasini singdirishni ta’minlovchi psixologik omillar va shart-sharoitlarni aniq bilish o‘ta dolzarb va muhim vazifadir.
Xalq psixologiyasida mafkuraviy ta’sirchan omillar mohiyatini bilish, yangicha rasm-rusmlar marosimlarning ahamiyatli tomonlarini kundalik turmush tarziga aylantirish yoshlar e’tiqodiga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi pedagogik texnologiyalarga kiradi.
Ta’kidlash joizki, oila ijtimoiy institut sifatida o‘zining barcha vazifalarini bajargan taqdirdagina, mafkuraviy tarbiyaning kafolatli o‘chog‘iga aylanadi. Zero, har bir oilaning muqaddas vazifasi – qobiliyatli farzandlarni o‘stirish, ularni jismoniy, intellektual va ma’naviy tomondan yetuk qilib, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdan iborat. YA’ni, ham ma’naviy, ham jismoniy jihatdan sog‘lom, barkamol inson faqat sog‘lom oilada shakllanishi mumkin. Oiladagi sog‘lom muhit va barqarorlik esa yaxlit jamiyat ma’naviy takomilining aslosidir.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra bugungi kunda ayrim G‘arb mamlakatlarida bir yilda o‘nta nikohdan yettitasi buzilar ekan. Shuning o‘ziyoq ma’naviy hayot, ahloq-odob masalasiga beparvolik va loqaydlik, erkinlikni o‘zboshimchalik deb tushunish qanday og‘ir va ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, asrlar davomida o‘zbek oilasi mustahkam va baxtli bo‘lishi uchun o‘zida yaxshi ma’nodagi paternalizm tamoyilini asrab kelmoqda. Paternalizm (lot. Pater – ota, paternus – otalarcha,) – kishilar ongiga “otalarcha g‘amxo‘rlik” va “ijtimoiy sheriklik” g‘oyasini singdirishga qaratilgan qarash va faoliyat majmui. Oila muhitidagi paternalizm – otaning obro‘-e’tiborliligi, farzandlar tarbiyasi va oila farovonligidagi o‘z o‘rni va mas’uliyatini anglashi va buning oila a’zolari tomonidan ongli e’tirof etilishidir. Bundan tashqari, ushbu tushuncha oiladagi keksalar, qariyalar, yoshlar, yordamga muhtojlar yoki iqtidorlilarga hamisha ko‘maklashish, ular uchun yetarli hayot sharoitini yaratishni ham nazarda tutadi. Paternalizm g‘oyasi o‘zida insonparvarlik, hamkorlik g‘oyalarini ifodalab, xalqning umumiy qiziqish va intilishlarini aks ettirgani uchun ko‘p hollarda jamiyatni birlashtirib, uning ravnaqi uchun xizmmat qiladigan omil hisoblanadi, bu tom ma’noda mohiyatan o‘zbek oilalarida o‘z ifodasini saqlab qolgan. Bu qadriyat “oilaviy burch”, “hamjihatlik ruhi”, “fidoyilik”, “vatanparvarlik”, “oilaviy qadriyatlarga sadoqat”, “kattalarga hurmat”, “kichikka g‘amxo‘rlik” kabi tushunchalarga asoslanadi.



Download 3,74 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   97




Download 3,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Milliy g‘oya va shaxs tarbiyasida oilaning roli

Download 3,74 Mb.